Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə55/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Nazorat savollari:

  1. Dastur maxsulotini tayyorlash vositalari va komponentlariga tushuncha bering.

  2. Dasturiy maxsulotni loyihalash usullarini vazifasini ko’rsating.

  3. Dasturni tesdan o’tkazishning maqsadi

  4. Qanday testlash uslublarini (usullarini) bilasiz va ularning vazifalariga xarakteristika bering?

Adabiyotlar

  1. Ван Тассел Д. Стиль, разработка, эффективност, отладка и испытаниэ программ. М. , Мир, 1991.

  2. Лингер Р. , Теория и практика структурного программирования М. , Мир, 1985.



17-ma`ruza. Abstrak ma’lumot tiplari.


R E J A :
1. Dasturiy maxsulotlarni konstruktciyalash.
2. Dasturiy maxsulotlarni baholash.
3. Ishlatilishi.


Tayanch so’zlar: Dasturiy maxsulotni loyihalash va analiz qilish usullari. Kichik xajimdagi dasturlarni ishlab chiqarish usullari. Katta xajimdagi dastur loyihalarni tadbik qilish yo’llari.

Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar kategoriyalariga ko’ra barcha dasturlarni ikki sinfga - utilitar dasturlar va dasturiy maxsulotlarga bo’lish mumkin. Utilitar dasturlar - shu dasturlarni ishlab chiqaruvchilar extiyojini qondirish uchun mo’ljallangan. Ko’proq utilitar dasturlar ma`lumotlarni kayta ishlash texnologiyasida servis rolini bajaradi yoki keng tarkalish uchun muljallanmagan funktcional vazifalarni xal etish dasturlari bo’ladi. Dasturiy maxsulotlar foydalanuvchilar extiyojlarini qondirish, keng tarqatish va sotish uchun mo’ljallangan. Xozirgi paytda dasturiy maxsulotlarni ochik (legal) tarqatishning boshqa variantlari ham mavjud, ular yalpi (global) va mintaqaviy kommunikatciyalardan foydalanish bilan yuzaga keladi.


Freeware-erkin tarkatiladigan foydalanuvchining uzi kullab-kuvvatlaydigan bepul dasturlar, u bularga zaruro’zgartirishlar kiritishga xakli. Shareware-notijorat (shartli-tulovsiz) dasturlar, ulardan odatdatulovsiz foydalanish mumkin. Bunday maxsulotlardan doimiy foydalanilganda muayyan summa badal tulanadi. Bir qator ishlab chiqaruvchilar OEM-dasturlar (Original Equipment Manufacturer), ya`ni kompyuterlarga o’rnatilgan e hisoblash texnikasi bilan birgalikda keltirilgan maxsus dasturlardan foydalaniladi. Dasturiy maxsulot foydalanishga tegishli ravishda tayerlanishi zarur texnik hujjatlariga ega bo’lishi, shuningdek davlat ro’yxati kodi mavjud bo’lishi lozim. Faqat shunday sharoitlardagina yaratilgan dasturiy majmua dasturiy maxsulot deb nomlanishi mumkin.
Dasturiy maxsulot-sanoat maxsulotining istalgan turi kabi realizatciyaga tayerlangan ommaviy extiyojli muayyan muammo (vazifa)ni xal etish uchun o’zaro bog’langan dasturlar majmuasidir.
Dasturiy maxsulotlar quyidagtcha yaratilishi mumkin: buyuormaga ko’ra individual ishlanma; foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma.
Individual ishlanmada firma-ishlab chiqaruvchi muayyan buyurtmachi uchun ma`lumotlarni kayta ishlash o’ziga xosligini hisobga oluvchi dasturiy maxsulotni yaratadi. Ommaviy tarqatish uchunishlanmani yaratishda firma-ishlab chiqariuvchi, bir tomondan, ma`lumotlarni kayta-ishlashni bajarilaetgan funktciyalar universalligi, boshqa tomondan, muayyan bir qo’llash sharoitida dasturiy maxsulotning moslanishi va sozlanishini ta`minlash lozim. Dasturiy maxsulotlarning ajralib turuvchi xususiyati uning tizimliligi-jamlikda qo’llanilgan xolda amalga oshiriladigan kayta ishlash vazifalarining funktcional tlakonligi va tugalligi bo’lmogi lozim.
Dasturiy maxsulot dasturlashtirishning zamonaviy asbobsozlik vositalari qo’llangan xolda loyiha ishlarini bajarish sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Uning o’ziga xaosligi axborot va asbobsozlik vositalaridan foydalanishni kayta ishlash xususiyatiga bog’liq xolda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish jarayonining noebligidadir. Dasturiy maxsulotlarni yaratishga ko’plab mexnat, moddiy, moliyaviy zaxiralar talab etiladi; yuqori malakali mutaxasislar zarur.
Dasturiy maxsulotni tayyorlash (kuzatish) -dasturiy maxsulot ishga layoqatligini qo’llab-quvvatlash, unga yangi versiyalar, o’zgartirishlar kiritish, topilgan xatolarni tugralash va xokazolarni uz ichiga oladi.
Dasturiy maxsulotlar an`anaviy dasturiy maxsulotdardan farkli ravishda dasturlarni yaratishda beriladigan sifat xususiyatlarining kat`iy belgilangan turkumiga ega emas yoki bu xususiyatlarni oldindan aniq ko’rsatish yoki baholash mumkin emas, chunki dasturiy vosita ta`minlaydigan bir xil kayta ishlash vazifalari turli ichki ishlanmalarga ega bo’lishi mumkin. Xatto dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqishga sarflanadigan vaqt va hujjatlarni ham oldindan katta aniqlikda belgilash mumkin emas.
Dasturlarni asosiy tavsiflariquyidagilar;
* algoritmik murakkablik(axborotni kayta ishlash algoritm mantiqi);
* kayta ishlashning amalga oshirilgan vazifalari ishlanmalar-
ning tarkibi va chuqurligi;
* kayta ishlash vazifalarining to’laqonligi va tizimliligi;
* dasturlar fayllari hajmi;
* dasturiy vosita tomonidan kayta ishlashning operayion tizi-
mi va texnik vositalarga talblar;
* diskli xotira hajmi;
* dasturni tushurish uchun operativ xotira o’lchami;
* protcessorlar turlari;
* operatcion tizimlar versiyalari;
* hisoblash tarmoklarining mavjudligi va boshqadar.
dasturiy maxsulotlarning sifat kursatkichlari xilma-xil,
ular quyidagi jixatlarda aks etadi:
* dasturiy maxsulotni qanchalik yaxshi (oddiy, ishonchli, samarali) foydalanish mumkinligi;
* dasturiy maxsulotdan qanchalik engil foydalanish mumkinligi;
* dasturiy maxsulotni qullashda sharoit o’zgarganda undan foydalanish mumkinligi yoki yo’qligi va boshqadar.
Xarakatchanlik-dasturiy maxsulotlarda ma`lumotlarni kayta ishlash tizimi texnik majmuasi, opertcion muxit, ma`lumotlarni kayta ishllashning tarmok texnologiyasi predmetli soxa o’ziga xosligi va xokazolardan mustakillikni anglatadi. Xarakatchan (ko’p platformali) dasturiy maxsulot hisoblash tarmogi sharoitida foydalanishga xech qanday cheklanishlarsiz kompyuterlar va operatcion tizimlarning turli modellariga urnatilishi mumkin. Bunday dasturiy maxsulotlarni kayta ishlash funktciyalari biron-bir o’zgarishsiz ommaviy foydalanish uchun makbuldir. Ishonchlilik-dasturiy maxsulot ishida uzliksizlik va barkarorlik, kayta ishlashni bajarishning aniqligi, ish jarayonidagi xatolarni oldindan bilish bilan belgilanidi.
Samaradorlik-dasturiy maxsulot faoliyatida uning ham bevosita vazifasi-foydanuvchi talabi, ham foydalanish uchun zarur bo’lgan hisoblash zaxiralari xarajatlari nukta`i nazaridan baholanadi.
Inson omilini hisobga olish oxirgi foydalanuvchi uchun dustona interfeysni ta`minlash, dasturiy vosita tarkibida konteksli-bog’liq xolda aytib beruvchi yoki ukituvchi tizim, dasturiy vositaga kiritilgan funktcional imkoniyatlarni uzlashtirish va ulardan foydalanish uchun yaxshi hujjatlar mavjudligini anglatadi.
Modifikatsiyalanganlik-dasturiy maxsulot ishida o’zgartirishlar kiritish, masalan, kayta ishlash funktciyalarini kenggaytirish, kayta ishlashning boshqa texnik bazasiga o’tish va boshqadarga kobillikni anglatadi.
Kommunikativlik-dasturiy maxsulot ishida boshqa dasturlar bilan eng ko’p integrayiyasi, umumiy takdim etish shakllarda ma`lumot almashuvini ta`minlash(ma`lumotlar bazasining eksport va importi, kayta ishlash ob`ektlarini tadbik etish yoki boglash va boshqadarga asoslangan).
Dasturiy maxsulotlar bozori mavjudligi sharoitlarida muxim xususiyatlar quyidagilardir:
* narx;
* sotilgan maxsulot soni;
* bozorda turish vaqti(savdo davomiyligi);
* firma-ishlab chiqaruvchi va dasturlari mashxurligi;
* xuddi shunday dasturiy maxsulotlarning mavjudligi.
Ommaviy tarkatiladigan dasturiy maxsulotlar bozor extiyoji va kon`yunkturasini (rakiblar dasturlari mavjudligi va narxlari) hisobga oluvchi narxlarda sotiladi. Firma olib boradigan marketing ishlari katta axamiyatga ega, u quyidagilarni uz ichiga oladi:
* bozorni egallash uchun narx-navo siesatini shakllantirish;
* dasturiy maxsulotni keng reklama qilish;
* dasturiy maxsulotni sotish uchun saovdo tarmoklarini barpo qilish(dilerlik va distribyuterlik markazlari deb ataladi);
* dasturiy maxsulot foydalanuvchilarga kafolatli xizmat ko’rsatishni ta`minlash, tezkor liniyani yaratish(dasturiy maxsulotlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollarga tezkor javob);
* dasturiy maxsulot foydalanuvchilarini ukitish.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin