Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə54/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Nazorat savollari:

  1. Dasturni tayerlash bosqichlarini ko’rsating.

  2. Dasturlashning maksadini ko’rsating?

  3. Unversal dastur vazifasini ko’rsating

  4. Dasturni tesdan o’tkazishning maqsadi

  5. Qanday testlash uslublarini (usullarini) bilasiz va ularning vazifalariga xarakteristika bering?

Adabiyotlar

  1. Ван Тассел Д. Стиль, разработка, эффективност, отладка и испитаниэ программ. М. , Мир, 1991.

  2. Лингер Р. , Теория и практика структурного программирования М. , Мир, 1985.

  3. В. В. Липаэв. “Проэктированиэ программных средств”, М. :”ВШ”, 1991.

  4. Фокс Дж. “Программноэ обеспечениэ и эго разработка”. Пер. с англ. М. : Мир, 1985.

  5. С. С. Гуломов. “Иқтисодий информатика”. Тошкент 1999 й.

16-ma`ruza. O‘xshash ifodalar va grammatika


R E J A :
1. Maxsulot kontseptsiyasi.
2. Dasturiy maxsulotni loyxalash usullari.


Tayanch so’zlar: Dasturiy maxsulotni loyxalash usullari va komponentlari.

Maxsulot kontseptsiyasi.

Dastur maxsulot sifatida xukuk tomonidan ximoyalangan tovardir. Dasturni xukuk tomonidan Uzbekiston Respublikasining tegishli konunlari ximoya qiladi.
Tuzilgan dastur maxsulot sifatini olish uchun va uning muallifi himoyalanishi uchun Respublikada tuzilgan "Algoritm va dasturlar fondiga" murojat qilish va undan tuzilgan dasturni qayd etish zarur.
Dastur mahsulotini tayorlash vositalari va komponentlari.
Dastur maxsulotini tayorlashda quyidagilar zarur:
- Taqdimnoma
- Diskda yozilgan bajariluvchi fayl (exe va com fayllarida)
- Dasturni matni
- Tushuntirish xati
- Testdan o’tkazish kiymatlari
- Test natijalari
- Modifikatciya qilish yo’llari
Dasturni va dasturiy komplekslarni loyihalash kiska vaqt ichida loyihalovchilar yordamisiz foydalaniladigandasturiy maxsulot yaratishni taminlashi lozim. Dasturiy maxsulot sifatida dasturning teksti, mashinada ifodalovchi sifati ko’rinishi(magnit disk) va dasturni hujjatlari sifatida kuriladi. Dasturiy maxsulotlar dastur va algoritm fondida hisoba olinadi. Ularning vazifasiga foydalanuvchi uchun dastur va uning hujjatlarini nusxalarini chiqarib berish kerak. Dasturiy maxsulot sifatiga quyidagilar talab kilinadi: Funktcionalligi, ishonchligi, foydalanishga qulayligi (kerakli hujjatlarni yaratishda va dasturiy kompleksni loyihalashni to’g’ri bajarish hisobiga) Murakkab dastur va dasturiy komplekslar uchun dastur loyihalash algoritm va ma`lumotlar tarkibini loyihalash bilan birgalikda bajariladi.
Loyihalashda vazmfani bir nechta kichik vazifalarga bo’lib, ularni echish uchun dasturiy modul xosil kilinadi. Bu holatda dastur ko’p moduli struktura sifatida loyihalanadi. Ko’p modulli dasturlarni ikkita loyihalash usuli mavjud: kutariluvchi va pasayuvchi. Kutariluvchi loyihalash( pastdan yuqoriga qarab loyihalash). Bunda bir nechta yirik modullarga ajratib ularni ayrim funktciyalari umumiy dasturda amalga oshmriladi.
Modullarni ajratilaetgan vaqtda foydalaniladigan funktciyalarni tushinish uchun osonligicha, ma`lumotlar tarkibini oddiyligicha, berilgan funktciyalarni amalga oshirish uchun modul va dasturlarni tayer holatda borligicha, yangi maksdlarda tayer dasturni o’zgartirishga imkoniyat borligicha va kelajakdagi modulning o’lchami va axamiyatiga endashadi. Kutariluvchi loyihalashda har bir modul avtonom ravishda dasturlanadi, testdan utkaziladi va sozlanadi. Shundan keyin aloxida bo’lgan modullar podtizimga boshqaruvchi modullar yordamida birlashtiriladi. Bu holatda modullar chaqirish ketma ketligi, kiritish, chiqarish, natija va ma`lumotlar nazorati yordamida birlashtiriladi. Shunga asosan uz navbatida podtizimlar murakkab tizim va umumiy dasturiy kompleksga birlashtiriladi. Bunda modullararo aloqalar to’g’riligiga kommpleks sozlashdan utkaziladi.
Bunday endashishlar uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni loyihalashda foydalanish maslaxat beriladi. Agar kichik dasturlarning o’lchamlari katta bo’lmasa, unda kichik dasturlarni ajratib ularni loyihalashni boshlagan maoqulokdir.
Kutariluvchi loyihalashning asosiy nuksonlari sifatida modullarni yagona tizimga birlashtirishda, loyihalashning boshida yo’l quyilgan xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni kurish mumkin. Undan tashqari aloxida bo’lgan modullarni butun tizimni tarkibini tasavur etmagan xolda yaratish mumkin. Bu esa birlashtirishni murakkablashtiradi. Juda murakkab bo’lgan dasturlarni loyihalashda pasayivchi loyihalash maslaxat beriladi. Bu usulda echilaetgan masalani umumlashtirish pogonalariga buysunishiga asoslanadi. Umumlashtirish pogonalarini buysunish sxemasi dasturini fikrini oldin nima qilish kerak va undan so’ng qanday qilish kerakligiga to’g’rilaydi. Asosiy dastur yuqori pog’onadagi dastur, chaqiriklarni boshqaruvchi ancha quyi pogonaga eziladi. Bu quyi pog’onadagi modullar uz navbvtida yana ham quyi pog’onada bo’lgan modullar chaqiriklarni boshqaradi. Bunday loyihalash maydoni murakkab va nozik bo’lgan dasturlarni uncha katta bo’lmagan oddiy modullardan yaratishga yordam beradi: vazifa o’lchami umumlashtiruvchi modullar sonida tasvirlanadi.
Dasturni yuqori sifatiga birinchi urinda loyihalash vaqtida algoritm sxemasini chukur ishlab chiqish hisobiga erishiladi. Bu avvalambor dasturni bexatoligi, dasturchini xatolar yo’qligiga ishonch va foydalanuvchini dasturni to’g’rililigiga ishonchidir. Dasturni bu xatoligiga ishonchlilik , uni tushunarligi, odiyligi, oson o’qilishi, mualiflar va foydalanuvchilar tomonidan oson interpretatciyalashdir. Chunki xatolar uni yaratishda va foydalanishda ham paydo bo’lishi mumkin.
Loyihalash vaqtida xato kilmaslikni iloji yo’q, shuning uchun ularni oldini olish uchun quyidagi maslaxatlar beramiz. Bu maslaxatlar yordamida siz tezda xatolarni va ularni sabablarini aniqlashingiz, hamda oldini olishingiz mumkin.
1. Quyilgan vazifani, uni matematik modelini yaratish vaqtidaek chukur, to’liq va yaxshi tushunishga intilish kerak. Bunday intilishlar dastur ob`ektlari o’rtasidagi mantiqiy o’zaro tasirlarni tushunishga olib keladi.
2. Vazifalarni echish algoritmi EVM da hisoblash jarayonlarini kobiliyatini to’liq hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi.
3. Algoritmni loyihalash vaqtida iloji boricha tushunarli va sodda bo’lishiga intilish kerak. Bu dasturni yozishdagi dasturlash tili shakliga ham bogligdir. Tarkibiy dasturlashda qo’llaniladigan standart usullar, dasturni tushunarli qiladi, ammo bir xilgi xollarda u nozik va samarasiz bo’lib kolish xollari ham uchraydi. Shuning uchun sodda va tushunarli dastur samarali dasturga nisbatan ustun turadi. Tarkibiy dasturlash tizimli endashishning asosiy printcplariga asoslanadi: dastur mayda qadamlardan tashkil topishi kerak. Qadam o’lchamlari dasturchi tomonidan shu qadamda qo’llaktgan echimlar soniga asosan ulchanadi. Murakkab vazifalar etarli ravishda sdda, qabul qilishga oson bo’lgan blokka bo’linadi. Ularning har biri bittadan kirish va chiqishga ega bo’ladi. Dasturning mantiqiy oddiy tarkibiy boshqaruvchi bazalarning eng oz soniga tayanadi. Tarkibiy dastur bittadan kirish va chiqishdan iborat bo’lgan ketma-ket yoki bir-biriga kiydirilgan bloklar tizimidan tashkil topgan. Bunda bloklar o’lchami dasturlash tili (operator) ning elementar tallifi bugimigacha etadi. Eng sodda dasturga ega bo’lish uchun, siz loyihalash vaqtida ma`lumotlar tarkibini aniqlab olishingiz kerak. Chunki bu tarkiblar ustidan ishlagandan so’ng siz intilgan natijaga erishasiz. Dastur ma`lumotlar bilan algoritmlar o’rtasidagi teskari tasvir sifatida ko’rinishi kerak. Dasturda kiritish chiqarish jarayonlari, tashkil etishga, dastur tashqarisidan kiritilaetgan boshlangich ma`lumotlarni raspechatkasi va yozishda ma`lumotlar tarkibini va ularni interpretatciyasini tablitca6 grafika va x. k sifatida ko’rsatish kerak. O’zgaruvchilarni initcializatciyalash ni ulardan foydalanishdan oldin bajarish lozim. Ma`lumotlarni to’g’riligini, ularni algoritmga kiritishda tekshirish dasturni sifatini oshiradi. O’zgaruvchilarni solishtiruvchilari maonoli yuklashlardan iborat bo’lishi kerak. Juda ko’p xollarda o’zgaruvchilarni tasvirlovchilar dasturda oson rasshifrovkalovchi so’zlarning bosh harflaridan tashkil topgan bo’ladi.
Boshlangich ma`lumotlarni tubanlashishida dasturni to’g’ri bajarilishiga intilish kerak. Bunda saralovchi dastur bitti elementdan tashkil topgan ro’yxatni saralashi kerak; matritcalar bilan ishlovchi dastur matritca bitta elementdan tashkil topganda kayta shakllanishi kerak; noto’g’ri boshlangich ma`lumotga ega bo’lgan dastur xatolar borligi xaqida xabar beruvchi vazifa bilan tugashi kerak. Dasturni o’qish oson kechishi uchun aloxida so’zlar va jumlalar urtasida joy(probel) qoldirish maslaxat beriladi.
Dasturni tarkibiy qismida dastur to’g’rismda ma`lumot beruvchi ilovalar bo’lishi kerak.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin