34
cheklanish unchalik qattiq qo„yilmaydi. Bunday tuzilmalarga –
navbat, stek,
dek va
satrlar kiradi.
2.2. Navbat
Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"),
shunday o„zgaruvchan
uzunlikdagi ketma-ketlik, ro„yhatki, unda tuzilmaga
elementlar
faqat bir tomondan, ya‟ni navbatning oxiridan qo„shiladi va
elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya‟ni navbat boshidan amalga
oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar
- yangi elementni qo„shish,
- elementni chiqarib tashlash,
-
uzunligini aniqlash,
- navbatni tozalash.
Navbatni statik xotirada vektor ko„rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya‟ni
navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini)
ko„rsatuvchi ko„rsatkichlar olinadi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Navbat tuzilmasi
Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko„rsatkichi
ko„rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko„rsatkichi bittaga
oshiriladi.
Navbatdan
elementni
o„chirishda
navbat
boshi
ko„rsatkichi
ko„rsatayotgan adresdagi element o„chiriladi va shundan keyin bu ko„rsatkichning
qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda
navbat oxiri
ko„rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi.
Bunda navbat to„lgan hisoblanadi.
Navbat boshi
Navbat oxiri
R=9
chiqish
kirish
35
Agar navbatdan elementlar o„chiriladigan bo„lsa, navbat boshida bo„sh joy
ajratiladi. Vaholanki, navbat oxiri ko„rsatkichi chegaraga yetib qolganligi sababli,
navbatga yangi element kiritib bo„lmaydi. Shu sababli navbatda har safar element
o„chirilganda qolgan barcha elementlar bitta oldinga surilishi kerak bo„ladi.
Natijada navbat oxirida bo„sh joy ochiladi. Bu holatda navbat boshi ko„rsatkichiga
xojat qolmaydi.
Lekin shuni aytish kerakki, bu yondashuv bir muncha noqulay
hisoblanadi. Shuning uchun har safar elementlarni surib o„tirmaslik uchun navbatni
halqasimon shaklda tashkil etamiz. Ya‟ni bunda xotirada navbat sohasining oxiriga
yetib borilganda navbat boshiga o„tib ketiladi. Ushbu holatda navbat boshi va oxiri
ko„rsatkichlari xotiradagi navbat sohasining boshini ko„rsatadi.
Bu ikkala
ko„rsatkichlarning tengligi navbatning bo„shligini anglatadi. Halqasimon navbatda
element qo„shish amali o„chirish amalidan ko„proq bajarilsa, navbat oxiri
ko„rsatkichi navbat boshi ko„rsatkichiga “yetib oladi”. Bu holat navbat to„laligini
anglatadi. Halqasimon navbatda elementni o„chirish ikkala ko„rsatkich
ko„rsatayotgan bitta adresda amalga oshiriladi. Bunday navbatning uzunligi boshi
va oxiri ko„rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: