Глоссарий (Izohli lug`at) – elementi foydalanuvchilarga resurs va ma’lumotlarning tizimlashtirilgan hamda faoliyat doirasida foydalaniladigan lug`at tashkil etish imkonini beradi. Professor-oq`ituvchilar izohli lug`atga fayllarni
biriktirish uchun ruxsat berishlari mumkin. Biriktirilgan faylli yozuvlar o`qituvchi tasdig`idan so`ng izohli lug`atda ochiq holatda namoyon bo`ladi. Izohli lug`at yozuvlarini alifbo, kategoriya, kiritilgan sana va muallifi bo`yicha qidirb topish mumkin.
Agar izohli lug`atda avtobog`lanish filtri yoniq bo`lsa, u holda kursda ishlatilgan
so`zlar va jumlalarga mos kelgan termin haqida ma’lumot olish mumkin bo`ladi. Izohli lug`atdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
Atamalarning qo`shma banki sifatida foydalanish;
Yangi talabalarning ismi va shaxsiy ma’lumotlarini kiritishni o`rgatuvchi maydon;
Foydali video, grafikli va audio ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy muhit sifatida va boshqa holatlarda.
Dostları ilə paylaş: |