Dasturiy injiniring kavedrasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə25/35
tarix02.01.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#43059
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
GAIBOV ZARIFJON-converted

Семинар (Seminar) – o`quv elementi talabalar ishini o`zaro baholash, jamg`arish, ko`rib chiqish hamda taqriz berish imkonini yaratadi. Talabalar o`z ijodiy ishlarini har qanday fayl ko`rinishida taqdim etishlari mumkin. Masalan, Word hujjati, Excel elektron jadvali, shuningdek, matn maydoni yordamida matn ko`rinishida ham taqdim etishi mumkin. Taqdim etilgan ma’lumotlar bir qancha baholash mezonlari asosida topshiriq bergan o`qituvchi tomonidan baholanadi. Talabalarning bir yoki bir nechta kursdoshlarini baholash vakolatlari mavjud. Taqdim etilgan ishlar va taqrizlar zarur bo`lsa, yashirin holatda bo`lishi mumkin. Talabalar seminar uchun ikkita bahoga ega bo`ladilar. O`zining ishi uchun baho hamda bajargan ishi uchun kursdoshlari tomonidan berilgan baho. Olingan bahoning har ikkisi ham baholash jurnaliga yoziladi.

Опрос (So`rov) – elementi professor-o`qituvchilarga so`rov o`tkazish imkonini beradi. Yaratilgan so`rov tarkibida faqat bitta savol bo`ladi. Javoblar soni esa istalgancha bo`lishi mumkin. So`rov javoblaridan bir yoki bir necha variantlarini tanlash imkoniyati ham mavjud bo`lib, bu imkoniyat so`rov yaratilish jarayonida belgilanadi. So`rov natijalari belgilangan muddatda keyin namoyon bo`lishi yoki umuman natijalar ko`rsatilmasligi mumkin. Natijalar talabalar nomi bo`yicha yoki yashirin holda aks etishi ham mumkin.

So`rov quyidagi hollarda foydalaniladi:



Задание (Topshiriq) – o`quv elementi talabalar ishlarini jamlash, baholash va ularni sharxlash hamda o`qituvchilarga kommunikativ topshiriq qo`shish imkonini yaratadi. Talabalar har qanday raqamli fayllarni yuborishlari mumkin. Jumladan, Word hujjatlari, elektron jadvallar, rasmlar, audio yoki video fayllar. Qo`shimcha yoki yordamchi o`qituvchilar talabalardan javoblarini matn muharriri orqali kirishini talab qilishlari mumkin. Tizimdan tashqarida bajariluvchi yoki raqamli fayl bo`lmagan topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday hollarda topshiriq javobi matn muharriri orqali topshiriladi. Topshiriq o`qituvchi tomonidan baholanib, faylga javob mulohaza ko`rinishida, talaba yuborgan faylni to`g`rilangan shaklida yoki audio fayl ko`rinishida javob qaytarilishi mumkin. Javoblar ballar, foydalanuvchilarning baholash shkalalari yoki “Ilg`or” uslublar yordamida baholanishi mumkin. Natijaviy ko`rsatkichlar baholar jurnaliga kiritiladi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin