База данных (Ma’lumotlar ombori)– elementi foydalanuvchilarga barcha joydan yozuvlarni izlash, yaratish va xizmat ko`rsatish kabi imkoniyatlar yaratadi. Yozuv strukturasi o`qituvchilar tomonidan maydonlar soni orqali aniqlanadi. Maydonlarning menyu, matnli soha, bir tanlovli va ko`p tanlovli maydon, qalqib tushuvchi ro`yxat, giperhavola, rasm va fayl yuklovchi maydon kabi turlari mavjud.
Ma’lumotlar ombori ma’lumotlarini ko`rish va tahrirlash visual aks etishi ma’lumotlar ombori qolipi kabi amalga oshiriladi. База данных elementidan mavjud kurslarda andoza sifatida hamkorlikda foydalanishi mumkin. Shuningdek, professoro`qituvchilar ma’lumotlar ombori yozuvlarini import va eksport qilishlari ham mumkin. Agar База данных ning avtobog`lanish filtri yoqilgan bo`lsa, u holda ma’lumotlar omborining har qanday yozuvi mavjud kurslarda uchraydigan so`zlar va jumlalarga avtomatik bog`lanadi. Professor-o`qituvchilar ma’lumotlar ombori yozuvlarini sharxlashga ruxsat berishi mumkin. Shuningdek, yozuvlar professoro`qituvchilar va talabalar tomonidan baholanishi mumkin. Natijaviy ballar
baholar jurnaliga yozilishida birlashtirilishi mumkin. База данных dan quyidagi holatlarda ko`proq foydalaniladi:
Web-havola, kitob, kitobga berilgan taqriz, jurnal havolalari, bibliografik ro`yxat kabi hamkorlik to`plamlari uchun;
Yaratilgan surat, plakat, web sayt yoki ertaklarlarni talabalar ko`rishlari va o`zaro sharxlashlari uchun.
Dostları ilə paylaş: |