20-modda.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning,
davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart.
3.
Insonning huquq va erkinliklari qaysi qonunlar bilan muhofaza qilinadi?
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va
erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir
choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga
erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan
qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.” – deb
mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: