Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
OMADBEK - Konstitutsiya seminar 1-topshiriq

2.
 
“Ijtimoiy davlat”
tushunchasi birinchi marta kim tomonidan ilgari surilgan? 
“Ijtimoiy davlat”
tushunchasi birinchi marta XIX asr o‘rtalarida Lorens fon Shteyn 
tomonidan ilgari surilgan. U davlat g‘oyasi tenglik va erkinlikni tiklash, kam 
ta’minlangan sinflarni boy va kuchlilar darajasiga ko‘tarish, davlat “barcha a’zolarining 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini amalga oshirishi, chunki birining rivojlanishi 
boshqasining rivojlanishining sharti va natijasidir” 
 
3.
 
Ijtimoiy davlat funksiyalarining vazifalari nimalardan iborat? 
Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur iste’mol tovarlarining eng kam 
miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi. Fuqarolar munosib hayot kechirishi uchun 
yetadigan ish haqi ajratish, bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, 
kambag‘allikni qisqartirishni ko‘zda tutadi. Sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, oilalar, 


bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham 
ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi. 
Qayd etish lozim, ijtimoiy davlat – har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga 
erishishini ta’minlash, ijtimoiy tafovutni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun 
moddiy boyliklarni adolat tamoyiliga muvofiq taqsimlashga qaratilgan davlat modelidir. 
Ahamiyatlisi, bu borada mamlakatimizda oxirgi besh-olti yilda ijtimoiy davlatning asosiy 
talablari amalda qo‘llanildi. 
Birinchidan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi
“Monomarkaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar 
daftari” tashkil etildi. Ishlayotgan pensionerga yuz foiz pensiya to‘lashga o‘tildi. 2022 yil 
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deya nomlanishi bejiz emas. Har bir hudud 
kesimida kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish, aholi 
daromadini oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilinmoqda. Eng muhimi, fuqarolarimiz va 
farzandarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan. 
Ikkinchidan, ijtimoiy davlatda ta’lim va tibbiyot katta ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan 
oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 40 foizga ko‘tarildi. Oliy ta’lim muassasalari soni 
2 barobar oshdi, 2017 yil respublikada 72 oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan, hozir 167 tani 
tashkil etadi. Besh yil oldin yurtimizda 5211 maktabgacha ta’lim muassasasi bor edi, 2021 
yil bunday tashkilotlar soni 19 ming 316 taga yetkazildi. Xususiy tibbiyot maskanlari soni 
3810 tadan 6527 taga o‘zgardi. 
Uchinchidan, “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot 
strategiyasi” IV bobida “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini 
rivojlantirish” masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur strategiyaning 43 maqsadi, 
bevosita, har bir fuqaro uchun munosib sharoit yaratish va turmush darajasini muntazam 
ko‘tarib borishga xizmat qiladi. 
Umuman, O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning asosi yaratilmoqda. Keling, ayni 
jarayonda ijtimoiy davlatning belgilari namoyon bo‘lishi, vazifalari belgilab olinishini 
xalqaro me’yorlar nuqtai nazaridan kuzatamiz. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin