Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
OMADBEK - Konstitutsiya seminar 1-topshiriq

4.
 
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga nimalar kiradi? 
18-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat 
prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 
 
 


 
 
VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar 
24-modda. 
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish 
eng og‘ir jinoyatdir. 
25-modda. 
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. 
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi 
mumkin emas. 
26-modda. 
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy 
tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. 
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab 
beriladi. 
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini 
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas. 
27-modda. 
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga 
aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. 
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar 
joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda 
so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. 
28-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. 
Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir. 
29-modda. 
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan 
axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga 


qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan 
mustasnodir. 
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli 
bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. 
30-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va 
mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan 
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi 
lozim. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin