O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 8 ta
konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul qildi, 200 dan ortiq
ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni
amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning samaradorligini vaqt o‘zi
ko‘rsatib turibdi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Asosiy Qonunimizga nisbatan bunday yuksak va xolis baholar berilishi bejiz emas. Buni,
jumladan quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda
sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam
etgan hujjatdir.
Dostları ilə paylaş: