2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri qachondan
kuchga kirdi?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran
kuchga kirdi.
3.
O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deganda nimani
tushunasiz?
Huquqiy davlatda
barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat
xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z bilan qarash
talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi,
davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlarning
muqarrar ijrosini ta’minlaydi.
O‘zbekiston o‘zini
ijtimoiy davlat
deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib
turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. . Oddiyroq
aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi
ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Dunyoviy davlatda
davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy e’tiqodidan
qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid masalalarda neytral pozitsiyani
egallaydi.
Dostları ilə paylaş: