SIMM (Single-Line Memory Modules) – bitta chip orqali o’qish va yozish
DIMM (Dual-Line Memory Modules) – xotirani ikkita chipli o’qish va yozish
DRAM (Dynamic Random Access Memory) – xotiraga qisqa vaqt ichida murojaat qilish va avtomatik tarzda qayta yuklanib turadi
SDRAM (Static RAM) – qayta yuklanmaydi va DRAM dan tezroq ishlaydi
Flash Memory – qayta yozish uchun mo’ljallargan va RAM, qattiq disk xususiyatlari birlashtirilgan xotira turi
Shadow RAM – BIOS kodi tomonidan ishlatiladi va ROM da joylashadi (RAM ga qaraganda tezroq ishlaydi
SIMM (Single In-line Memory Module) chiqish bog'ichlarning bir qatorda joylashgan xotira moduli. Har tomondan 72 ta chiqishga ega bo'lsa ham, ikkala tomonda ham chiqish juftlari o'zaro tutash-gan va shuning uchun birtomonlama hisoblanadi. SIMMda xotira xonalari 32 (juftligi 36) bit bo’lib, u Pentium protsessorlariga ega bo'lgan kompyuterlarda faqat juft bo’lib foydalanilishi mumkin. Hozirgi kunda qo'llanilmaydi.
DIMM (Dual In-line Memory Module) chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashgan xotira moduli. U 168 ta, ya'ni plataning har tomonida 84 tadan tutashmaga ega. Hozirgi kunda deyarli qo'llanilmaydi. DDR SDRAM (Double Data Rate SDRAM) tezligi ikki marta oshgan
Masalan, 2 Ggs chastotali protsessorga ish unumi yuqori bo'lishi uchun uning chastotasida ishlaydigan sig'imi 256 Kb dan kichik bo'lmagan kesh-xotira va ma'lumot hajmi 256 Mb dan va tezligi 0,5 Ns dan kichik bo'lmagan RAM mos keladi. Bunday moslikni maxsus dasturlar yordamida testdan o'tkazish mumkin.
Xotirani boshqarish
Mantiqiy manzil – CPU yordamida generatsiyalangan; virtual manzil kabi izohlanadi