«Davlat budjeti» fanidan kurs ishi mavzu: Budjet munosabatlarining qon



Yüklə 399,3 Kb.
səhifə3/10
tarix30.01.2023
ölçüsü399,3 Kb.
#81686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
«Davlat budjeti» fanidan kurs ishi mavzu Budjet munosabatlarini

I bob bo’yicha xulosa
Budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.
Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z


10O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi




ichiga oladi:
-budjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish);
-budjetni ko’rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash;
-budjetni ijro etish;
-budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
O’zbekiston Respublikasining budjet jarayoni davlat budjet loyihasini tuzishdan boshlanadi. Budjet loyihasini tuzish budjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanib, davlat budjetining loyihasini tuzish (yaratish , ishlab chiqish) bo’yicha ishlar yangi budjet yilining boshlanishidan 7 oy oldin boshlanadi va budjet jarayonining so’nggi bosqichi, ya’ni budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlashda davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot budjet ijrosining yakuni (natijalari)ni o’zida ifoda etadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida budjet jarayonini tashkil etishda davlat organlari faoliyatini takomillashtirish masalalalarini ko’rib chiqish, me’yoriy-huquqiy qonun hujjatlarini davr talabiga moslashtirib, rivojlantirib borish budjet jarayonining samarali ijrosini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi.
Ushbu bobda biz O’zbekiston Respublikasi budjet jarayoni qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli davlat organlarining, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hamda maxsus organlar, jumladan Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet jarayoniga tegishli vazifalarini to’laqonli ado etishlari orqali yuzaga kelishini o’rganib chiqi b, samarali budjet jarayonini tashkil etish uchun budjet tizimida vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimlarini hisobga olgan holda budjet qonunchiligini takomillashtirib borish, budjet jarayonida ishtirok etuvchi barcha vakolatli davlat organlari vazifalarini zamon talablariga moslashtirib borish, butun mamalakat miqyosida budjet jarayonini qamrab oluvchi mahalliy hokimyat organlari faoliyatida budjet jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi muammoli masalalarni bartaraf etish yodlarini o’rganib chiqish kerak degan xulosaga keldik.




  1. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET LOYIHASINI TUZISH
    VA IJRO ETILISHINING AMALDAGI HOLATI




Yüklə 399,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin