3-bob bo’yicha xulosa Demak budjet jarayonining tashkil etilishining xorij amaliyotiga nazar tashlaydigan bo’lsak, xususan Xitoy Xalq Respublikasining budjet jarayoni O’zbekiston Respublikasiniki kabi 4 bosqichdan iborat. Bunda budjet jarayoni bosqichlari budjetni soliq to’lovchilarning talablariga ko’ra ishlab chiqish, muhokama qilish, qabul qilish va auditdan o’tkazish hisoblanadi. Xitoy budjet jarayonining ahamiyatli tomoni shundaki, budjet loyihasi xalq bilan muloqat asosida ularning talablari asosida ishlab chiqiladi. Uning kamchiligi esa budjet loyihasiga yil davomida kirgiziladigan o’zgartirishlar hisoblanadi, bu daromad va xarajatlar o’rtasidagi tafovutlarni keltirib chiqaradi.
AQSh budjet jarayoni esa 5 bosqichni o’zida qamrab oladi. Bular:
Budjet jarayoni ishtirokchilari Prezident, Kongres, parlament 12 subqo’mitalari va Senat hisoblanadi.
Budjet jarayonini takomillashtirishda budjet nazoratini samarali tashkil etish ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonida uning tamoyillariga to’la rioya qilinishi turli omillar va manfaatlar hisobga olingan holda iqtisodiy hayotda samarali boshqaruvni, bir maromdagi rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaziy va mahalliy davlat hokimyati idoralarining barcha bo’g’inlari o’z budjetlarini tayyorlash va ijro etishda mustaqil bo’lsalarda, budjet loyihasini tayyorlash, ko’rib chiqish, tasdiqlash, qabul qilish va ijro etish masalalarini tartibga soluvchi protsessual huquqiy qoidalar, barcha budjet bo’g’inlari uchun umumiy bo’lgan tartiblar belgilab qo’yilgan.
Barcha darajadagi budjetlar ijrosi davlat hokimyat organlarining muntazam nazorati ostida bo’ladi. Budjet ijrosi ustidan nazorat olib borish tartibi va tashkiliy ko’rinishlari tegishli davlat hokimyati organlari huquqiy aktlari bilan belgilanadi. Ijroiya hokimyat organlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda budjet ijrosining borishi ustidan nazorat olib boradilar.
Budjet jarayonida uning tamoyillariga to’la rioya qilinishi turli omillar va manfaatlar hisobga olingan holda iqtisodiy hayotda samarali boshqaruvni, bir maromdagi rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan har bir tashkilot, korxona va muassalarning uzluksiz va samarali faoliyat olib borlishi, ya’ni maktab, litsey va kollejlarda ta’lim olayotgan har bir talaba-o’quvchining sifatli bilim olishi, shifoxonalarda tibbiy muolajalarga muhtoj fuqaroning o’z vaqtida davolanishi ularning tegishli mablag’lar bilan o’z vaqtida ta’minlanishiga bog’liq ustuvor masaladir. Bu esa bevosita budjet jarayonini to’g’ri tashkil etilishi, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining faoliyati ustidan qat’iy budjet nazoratini o’rnatilishi bilan bog’liq vazifalarning amalga oshirilishi bilan bog’liq deb hisobladik.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda davlat budjetining o‘rnini uning mablag‘laridan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishda foydalanish ko‘lamlari, investitsiyalarni qo‘shma moliyalashtirishdagi davlat budjetining xissasi, zararga ishlovchi ayrim korxona va tarmoqlarga beriladigan subsidiyalar hajmlari bilan izohlash ilmiy va nazariy jihatdan to‘g‘ri emas, albatta. Aslida davlat budjeti dastak va vositalaridan iqtisodiyot taraqqiyotining ildam o‘sish sur’atlarini rag‘batlantirish, modernizatsiya va tarkibiy qayta qurishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, asoslangan va samarali moliyaviy va iqtisodiy imtiyozlar tizimini qo‘llash, ijtimoiy sektorning samarali ishlashini ta’minlovchi zarur mablag‘larni jamlash va ularni so‘nggi ijobiy natijalarni ko‘zlagan holda oqilona sarflashda foydalanish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning: “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu - hammaga ravshan va rad etibbo‘lmaydigan haqiqat” - deb ta’kidlagan fikrlarida o’z ifodasini ko’rsatdi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida amalga oshirilgan tahlillar natijalariga asoslangan holda quyidagi ilmiy xulosalarni va amaliy tavsiyalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldik:
-Budjet jarayoni-Davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni
-Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:
XULOSA VA TAKLIFLAR
8Malikov T.S., Haydarov N.H. Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. O’quv qo’llanma / - T.: “IQTISOD MOLIYa”, 2008, 84 b.
budjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish);
budjetni ko’rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash;
budjetni ijro etish;
budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
-O’zbekiston Respublikasi budjet jarayonini takomillashtirishda
respublikmizda bir qancha qonunlar tizimi ishlab chiqilgan.
Budjet jarayonida uning tamoyillariga to’la rioya qilinishi turli omillar va manfaatlar hisobga olingan holda iqtisodiy hayotda samarali boshqaruvni, bir maromdagi rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Budjet jarayonining budjet loyihasini ishlab chiqish, uni ijro etish asosiy va muhim bosqichi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaziy va mahalliy davlat hokimyati idoralarining barcha bo’g’inlari o’z budjetlarini tayyorlash va ijro etishda mustaqil bo’lsalarda, budjet loyihasini tayyorlash, ko’rib chiqish, tasdiqlash, qabul qilish va ijro etish masalalarini tartibga soluvchi protsessual huquqiy qoidalar, barcha budjet bo’g’inlari uchun umumiy bo’lgan tartiblar belgilab qo’yilgan.
Budjet loyihasini tuzish va ijro etishda vakolatli davlat organlari jumladan Vazirlar Mahkamasi, Moliya Vazirligi, faoliyati muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat budjeti ijrosini ta’minlaydi, respublika budjetini ijro etadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning ijro etilishiga rahbarlik qiladi.
Bugungi kunning eng rivojlangan iqtisodiyotiga ega bo’lgan AQSh va Xitoy Xalq Respublikasining budjet jarayoni tahlili O’zbekiston Respublikasi budjet jarayoniga o’xshash jihatlarini ko’rsatadi.
-Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida budjet jarayonini tashkil etishda davlat budjeti nazoratini samarali tashkil etish budjet daromadlari va xarajatlarini to’g’ri taqsimlanishini, mablag’larning maqsadli va rejali bajarilishini, o’z vaqtida yetkazilishini amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi.
-O’zbekiston Respublikasining davlat budjeti xarajatlari 2016-yilda 40 930 mlrd so’mni tashkil etdi. Ushbu mablag’ning yarmidan ko’pi ijtomiy sohaga, 10
foizdan ziyodrog’i iqtisodiy xarajatlarga sarflanishi ushbu tarmoqlarning mamlakatimizda g’oyatda ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi.
-2016-yilda O’zbekiston Respublikasi daromadlari 410 030.7 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, uning 88.4 foizini soliqli tushumlar, 11.6 foizini boshqa daromadlar tashkil etgan.
Qilingan xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti bo’yicha quyidagi xulosalar berildi:
O’zbekiston Respublikasining budjet daromadlarinining asosiy qismi soliqlar evaziga shakllantirilishi barchamizga ma’lum, shunday ekan aholining soliq, moliya savodxonligini oshirish lozim. Har bir fuqaroning to’layotgan soliq mablag’lari xalq farovonligi uchun o’zlariga qaytib borishini anglab yetishi davlat budjetini shakllantirishda o’zining samarasini ko’rsatadi.
Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishida fuqarolarning ehtiyojlarini o’rganuvchi maxsus komissiyalar tashkil etilishi va soliq to’lovchilar uchun budjet jarayoni natijalarini kuzatish imkoniyatini yaratilishi, xususan budjet jarayoni ochiqligi (shaffofligi)ni ta’minlash maqsadida har chorakda yoki yarim yillikda budjet ijrosi yuzasidan erishilgan natijalalar haqida ma’lumot yetkazish, ya’ni xalqni xabardor etib borish budjet jarayonini samaradorligini oshirishning yo’llaridan biri deb hisobladik.
25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017-y. Xalq so’zi gazetasi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston, 2012 y..
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. O‘RQ-360-son. 26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y. N°52-I-son.
“Budjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. O’RQ-361-son. 27.12.2013.
«Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 26.08.2004.
O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni
“Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabr 414-son Qarori (O’zR Vazirlar Mahkamasining 16.06.07 148-son qarori bilan tasdiqlangan yangi tahriri).
“Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori. PQ-594-son, 28.02.2007 y..
“O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori. PQ-2699- son. 27.12.2016.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-1257 sonli Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi Nizom”