Davlat iqtisodiy siyosati



Yüklə 2,69 Mb.
səhifə3/9
tarix28.08.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#140801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
wen26I8lwp8WYxWcgI4YDeKlo8wJYYZCWBXvjqSh (1)

MA’LUMOT O‘RNIDA
Har bir mamlakatda iqtisodiy o‘sish, inflatsiya, valyuta kurslari va aholining o‘sishi kabi omillar jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIMga taʼsir qiladi. Milliy hisob-kitob usullari va maʼlumotlarini qayta ko‘rib chiqish ham aholi jon boshiga tushadigan YaMMga taʼsir qilishi mumkin. 
Daromadlarni tasniflash chegaralarini real qiymatda ushlab turish uchun ular har yili inflyatsiya darajasiga qarab o‘zgarib boradi va SDR deflyatoridan foydalaniladi, bu Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, АQSh va Yevro hududning YaIM deflyatorlarining o‘rtachasi hisoblanadi. 
Jahon banki tomonidan mamlakatlar daromad darajasi bo‘yicha to‘rtta guruhga ajratiladi: - past, o‘rtadan quyi, o‘rtadan yuqori va yuqori daromadli. Tasniflar har yili 1 iyulda yangilanadi va aholi jon boshiga joriy yilda to‘g‘ri keladigan daromadlarni o‘tgan yilga solishtirish orqali aniqlanadi (АQSh dollarida)
TASNIFLAR IKKITA SABABGA KO‘RA O‘ZGARADI:
SDR (ing. Special Drawing Rights, SDR), maxsus qarz olish huquqlari — xalqaro zaxira va to‘lov vositasi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan chiqariladi. Birinchi marta 1970 yilda 9,5 mlrd. dollar, 1978—81 yillarda umumiy miqdori 21,3 mlrd. dollar miqdorida chiqarilgan. SDR tizimida faqat XVF ga a’zo davlatlargina ishtirok etishlari mumkin.
SDR faqat rasmiy, davlatlararo darajada amal qiladi va Markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan muomalada qo‘llaniladi. SDR emissiyasi XVF Ijroiya kengashining xalqaro likvid zaxiralar yetishmay qolganligi va ularga Fondning maxsus hisobvaraqlarida kredit qaydlari ko‘rinishida ehtiyojlarni baholash to‘g‘risidagi xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi. SDRga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ularning XVF dagi kvotalariga mutanosib holda taqsimlanadi.
SDR ning amal qilishi davlatlararo kelishuvlarga asoslanadi. Tijorat banklari va xususiy shaxslar SDR egalari bo‘la olmaydi. Dastlab SDR qiymati AQSh dollari oltin miqdoriga tenglashtirilgan. 1974-yil iyun oyidan uning kursi eng ko‘p tovar va xizmatlar eksporti zaxiralariga ega bo‘lgan 16 mamlakat valyutalarining o‘rtacha kursi asosida belgilanadigan bo‘ldi. Valyuta savati tarkibi va miqdoriy ko‘rsatkichlari har 5 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Guruhlar

1 iyul, 2021

1 iyul, 2020


Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin