Davlat mexanizmi


Davlat organlarining turlari



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə7/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Davlat organlarining turlari
Ma’lumki davlat faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lib, uning vazifa va funksiyalarini bajaruvchi davlat organlari ham shunga mutanosib ravishda ko‘pqirrali bo‘lib tashkil etilgan. Shu bois ham, davlat organlari turlicha asos va mezonlar bo‘yicha turli guruhlarga ajraladi.
Ilmiy adabiyotda davlat organlari quyidagi mezonlar asosida tasniflanadi:
1. tashkil etilish usuliga;
2. hokimiy vakolatlarining hajmiga;
3. kompetensiyalarning kengligiga;
4. hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga;
5. qarorlarni qabul qilish tartibiga qarab va sh.k.
Davlat organlari tashkil etilish tartibiga qarab birlamchi va hosila, ya’ni ikkilamchi organlarga ajratiladi.
Birlamchi davlat organlari deb shunday davlat organlariga aytiladiki, ular boshqa bironta organ tomonidan tashkil etilmaydi, ya’ni ular yo meros qoldirish tartibi bo‘yicha, (masalan merosiy monarxiya), yoki belgilangan tartibga ko‘ra saylab qo‘yiladi va o‘z vakolatlarini bevosita saylovchilardan olishadi.
Davlat organlarining hosila, ya’ni ikkilamchi turiga shunday organlar kiradiki, ular birlamchi organlar tomonidan tashkil etiladi va davlat-hokimiyat vakolatlar beriladi. Ular sirasiga ijro etuvchi-farmoyish beruvchi organlarni, prokuratura organlarini kiritish mumkin.
Davlat organlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan hokimiyat vakolatlar hajmiga qarab, yuqori va mahalliy organlarga bo‘linadi. Davlatning yuqori organlari o‘z faoliyatida bevosita davlat hokimiyatini o‘zlarida ifoda etishadi va o‘z hokimiyatini butun mamlakat miqyosida amalga oshiradi, mahalliy organlar esa, odatda ma’muriy hududiy bo‘linmalarda tashkil etilib, o‘z faoliyatlarini aniq bir mahalliy hududga tarqatadi, xolos.
Hamma mahalliy organlar ham davlat organi bo‘lavermaydi (masalan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi). Davlat; oliy organlari davlat hokimiyatini eng ko‘p darajada o‘zida mujassamlashtiradi va uni davlatning butun hududiga tatbiq etadi. Davlatning mahalliy organlari ma’muriy-hududiy birliklar (grafliklar, okruglar, kommunalar, uyezdlar, viloyatlar va hokazo)da faoliyat ko‘rsatadi, ularning vakolati faqat o‘z hududlari doirasida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari davlat organlari yana saylab qo‘yiladigan va tayinlanadigan davlat organlariga bo‘linadi. Davlat mexanizmi, uning oliy organlari tasnifiga bevosita hokimiyatni taqsimlash tamoyili ta’sir ko‘rsatadi. Unga ko‘ra qonunchilik, ijroiya va sud organlari tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining ham saylab qo‘yiladigan davlat organlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi – Parlamenti (Qonun chiqaruvchi organ), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalq deputat-lari viloyat, shahar va tuman Kengashlarini kiritish mumkin.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin