Davlat mexanizmi



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə3/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Davlat mexanizmi bu – davlat hokimiyatini amalga oshiradi-gan, davlatning funksiyalarining bajarilishini ta’minlaydigan davlat organ-lari tizimidir. Boshqa ta’riflar ham shaklan farq qilsada mazmunan ushbu ta’rifga yaqin turadi.
Davlat mexanizmi bu - real, mavjud moddiy kuch bo‘lib, uning asosida davlat hokimiyati amalga oshiriladi. Davlat mexanizmi davlatning tuzilishini, uning doimiy amal qilishining tuzilmaviy-moddiy ifodasi hisoblanadi.
Davlat mexanizmi – bu davlat hokimiyatini, uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarxik (pog‘onaviy) tizimidir.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi yaxlit bir tizim bo‘lib, u qator xarakterli belgilarga egadir:
1. Davlat mexanizmi bu davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarxik (pog‘onaviy) tizimidir. Davlat mexanizmining yaxlitligi uni tashkil etish va faoliyatining prinsiplari, faoliyatining maqsadi, vazifalari mushtarakligi, umumiyligi orqali ta’minlanadi;
2. Davlat mexanizmining birlamchi tarkibiy elementlari boNlib, davlat organlari va davlat muassasalari hisoblanadi va ularda maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xizmatchilar - davlat xizmatchilari ishlashadi. Davlat organlari o‘zaro bo‘ysunish munosabatlari bilan bogiangandir;
3. Davlat mexanizmi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun kerakli bo‘lgan vositalar - qurolli otryadlar, turma va boshqa kuch ishlatuvchi tuzilmalar bilan ta’minlangan, chunki ularsiz hech bir davlat normal faoliyat yurgiza olmaydi;
4. Davlat mexanizmi orqali bevosita davlat hokimiyati amalga oshiriladi, davlatning vazifa va funksiyalarining bajarilishi ta’minlanadi.
V.A.Chetvernin va Z.Islomovlarning umumiy fikrlariga ko‘ra, davlat mexanizmi deganda ham, yoki davlat apparati deganda, ko‘rinib turganidek, bir narsa haqida, ya’ni davlatning institutsiyaviy elementi haqida gap ketmoqda. Apparat yoki mexanizm deganda, baribir, gap asosan davlat hokimiyati organi haqida ketadi. Shu bois bu ikki olimning fikricha, «davlat apparati» va «davlat mexanizmi» sinonimlar sifatida e’tirof etiladi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan ikki olimning fikriga ko‘ra, bu tushunchalar o‘z ichiga kuch ishlatuvchi tuzilmalarni ham olgani holda, davlat organlari tizimini anglatadi. Ayni paytda, davlat apparati bilan davlat muassasalarini bir-biridan farqlash zarur. Davlat muassasalari, jumladan, xo‘jalik birliklari, kommunikatsiyalar tizimi, ommaviy axborot vositalari, transport, ilmiy, maYifiy, tibbiy va boshqa ijtimoiy-madaniy muassasalar bevosita davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etishmaydi, biroq, davlatning vazifalari bajarilishiga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.
«Mexanizm» atamasi davlat hokimiyatini amalga oshirishga nisbatan alohida bir mazmun kashf etadi. «Mexanizm» - bu doimo biror sub’ektga funksional jihatdan, ya’ni uning vazifalaridan kelib chiqqan holda baho berishdir. Shu bois ham «mexanizm» atamasi davlat organlarining tuzilmaviy tizimini ifodalash uchun emas, balki davlat apparati va uning tarkibiy elementlarining funksional xususiyatlarini tavsiflash uchun asqotishi mumkin. Shu ma’noda, demak, davlat hokimiyatini amalga oshirish yoki davlatning amal qilishi haqida so‘z yuritish mumkin.
Davlat mexanizmi murakkab tuzilma bo‘lib, u qator tarkibiy qismlardan iborat. Davlat mexanizmining tarkibiy elementlari o‘rtasida o‘zaro ierarxik bo‘ysunish mavjud, masalan, davlat organlari tizimidagi bo‘g‘inlarning o‘rinlari har xil, ular bir - biri bilan subordinatsiya (bo‘ysunish) va koordinatsiya munosabatlariga kirishadi.
Davlat mexanizmi davlat paydo bo‘libdikim, mavjuddir. Biroq ular qadimgi davrdan to hozirga qadar juda uzoq va murakkab tarixiy taraqqiyot davrini boshdan kechirganlar. Dastlab davlat mexanizmi, sodda,tuzilmaviy jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan bo‘lsa, jamiyat rivojlanishi bilan davlat apparati ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib, takomillashib, hozirgi kunda u qudratli bir tizimni tashkil etadi.
Davlat mexanizmi tarkibiga kiruvchi tuzilmalar tarkibi turli vaqtlarda, turli davrlarda turlicha bo‘lib kelgan. Borgan sari, davlat mexanizmi takomillashib, uning tarkibida ixtisoslashgan organlar ko‘paya borgan. Hozirgi zamon mamlakatlaridagi davlat mexanizmi juda murakkab tuzilmali bo‘lib, u xilma-xil organu idoralardan iborat bo‘lib, ularda millionlab davlat xizmatchilari faoliyat ko‘rsatishadi.
Agar bir davlatning mexanizmini, yirik bir tizim deb oladigan bo‘lsak, bu tizim, co‘z navbatida,o‘z ichiga bir necha kichik tizimlarni oladi. Masalan, O‘zbekistonning davlat mexanizmi yirik bir tizim bo‘lsa, uning tarkibiga kiruvchi kichik tizim sifatida davlatning yuqori organlarini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston davlatining yuqori organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respub-likasi prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kabi organlarni kiritish mumkin.
Huquq tartibot, sud, prokuratura va kuch ishlatishga vakolatli boshqa tuzilmalar birlashib yana bir tizimni tashkil etishadi. Davlatning yuqori organlari faoliyati butun jamoatchilik, katta xalqaro hamjamiyat diqqati markazida turadi. Kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar, masalan, armiya, ichki qo‘shinlar va boshqa tegishli tuzilmalar davlat organining qaroriga asosan harakat qilishadi, ya’ni muayyan majburlov choralarini amalga oshirishadi, masalan qo‘shin va politsiiya (militsiya) eng qattiq choralarni, zarur hollarda, qonunda belgilangan tartibda qo‘llashga haqli1.
Professor Z.M.Islamovning fikricha, davlat apparati bilan davlat muassasalarini bir-biridan farqlagan ma’qul. Davlat muassasalari davlat apparatiga bo‘ysunadi,ular garchi davlat hokimiyatini amalga oshirishmasada, biroq bu vazifaning amalga oshirilishiga yordam beradi.
Yuqorida nomi qayd etilgan olimning ta’kidlashicha ilmiy adabiyotda davlat boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, ya’ni ijroiya davlat hokimiyati organlari bilan birga yana davlat organlari tizimida qonun chiqaruvchi, sud organlari, prokuratura organlari ajratiladi. Ba’zan esa kuch ishlatishga haqli bo‘lgan organlar, jumladan, armiya, politsiya, xavfsizlik organlari va shunga o‘xshash organlarni ko‘rsatishadi. Ularni davlat boshqaruv organlari tarkibiga kiritish to‘g‘riroq. Biroq, davlat bu faqat davlat organlari tizimini bilan cheklanib qolmaydi.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin