Davlat mexanizmi


Davlat organlarini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə8/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Davlat organlarini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq,
- qonun chiqaruvchi davlat organlari,
- ijro etuvchi davlat organlari,
- sud hokimiyati organlariga ajratiladi.
Qonunchilik organlari. Odatda qonun chiqarish huquqi oliy hokimiyat vakillik organlariga tegishli bo‘ladi. Ular umumiy «parlament» tushunchasi bilan ifodalanadi. Angliya, Kanada, Hindiston va boshqa mamlakatlarda «parlament» termini - qonunchilik organining nomini bildiradi, boshqa mamlakatlarda esa uning nomi o‘zgacha.
Dunyo davlatlari hamjamiyati mushtarak halqaro tizim sifatida maydonga chiqadi. Ushbu umumbashariy tizimning alohida mustaqili bo‘lgan davlatlar barcha sohalar bo‘yicha hamkorlikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda va bog‘liq holda rivojlanadi. Har bir aloida olingan davlat boshqa davlatning siyosiy – huquqiy, qonunchilik va davlat qurilishi borasidagi ilg‘or, ijobiy tajribasidan foydalanish mumkin.
Siyosiy – huquqiy tizimlarni demokratik tarzda qayta tuzayotgan, parlament islohotlari orqali ikki palatali qonun chiqaruvchi organni shakllantirish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun xorijiy mamlakatlarning parlamentrizm tajribasini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi, albatta.
Parlamentarizmning taraqqiyoti burjuaziya davlatchilik-ning shakllanishi va taraqqiyoti davriga to‘g‘ri keldi. Aynan shu paytda uning asosiy vakolatlari doirasi qaror topdi: qonunlar qabul qilish, budjetni tasdikdash, hukumatga so‘rovlar va uning faoliyatini muhokama qilish shaklvda nazorat etish, ishonch yoki ishonchsizlik bildirish va shu kabilar. Ijtimoiy hayot murakkablashgani sayin, odatda, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqklyot jarayonida hukumat rolining o‘sishi va parlament rolining pasayishi kuzatiladi.
Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida parlamentlar yuqori va quyi palatadan iborat bo‘ladi. Kichik mamlakatlar (Daniya, Finlyandiya) parlamentlari bir palatali bo‘ladi. Yuqori palata, odatda, demokratik bo‘lgan quyi palatani muvozanatlashga xizmat qiladi.
Davlat boshlig‘i. Uch qismga bo‘lingan davlat hokimiyati o‘z yagonaligi va suverenligini yo‘qotmaydi: uning hukmronligini ta’minlovchi manba yagona - xalq; u mamlakat aholisining yagona tub manfaatlarini ifodalaydi. Shu sababdan qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining mustaqilligi mutlaq bo‘lmay, nisbiydir. Davlat boshlig‘i bu organlarning yaxlit davlat irodasi manfaati yo‘lida va umumdavlat maqsadlari yo‘lidagi faoliyatning muvofiqlashtirilishini ta’minlashi kerak. Zamona-viy davlatlarda davlat rahbarlari odatda yagonadir: konsti-tutsion monarxiyada – monarx, respublikalarda – prezident.
Monarx konstitutsiyaviy qarorlar yoki qaror topgan an’analarga ko‘ra, parlamentga nisbatan qator hukukdarga ega: sessiya chaqirish, sessiyani tarqatish (odatda kuyi palata-da), yuqori palata a’zolarini tayinlash, qonunlarni tasdiklash va e’lon qilish kabi. U partiyaviy fraksiyalar ko‘pchiligi yoki parlament fraksiyalari koalitsiyasi fikrini e’tiborga olgan holda hukumat rahbari va vazirlarni tayinlaydi (yoki tasdikdaydi). Rasmiy jihatdan u oliy bosh qo‘mondon hisob-lanadi va xalqaro munosabatlarda mamlakat nomvdan ish ko‘radi. Amalda bu vakolatlar hukumat (yoki tegashli vazirlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Prezident chet ellik diplomatik vakillarni qabul qiladi, boshqa davlatlarga elchilar tayinlaydi, qator mamla-katlarda xalqaro shartnoma va bitimlarni tasdiklaydi, harbiy kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Ayrim mamlakat-larda prezident parlamentni tarqatib yuborish, qonunni tasdiqlashdan bosh tortish, uni ikkinchi bor parlament ixtiyoriga havola etish huquqiga ega.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin