SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 8
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 250
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING NAZARIY VA HUQUQIY
ASOSLARI
Sarvarbek Rasuljonovich Abduazizov
Fargʻona politexnika instituti, magistr
sarvarbek.abduazizov@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada davlat moliyaviy nazoratining nazariy va huquqiy asoslari,
moliyaviy
nazoratning tushunchalari va mohiyati, uning mazmuni va turlari boʻyicha moliyaviy
huquq sohasidagi olimlarning qarashlari oʻrganildi. Oʻrganib va koʻrib chiqilgan nazariy
qarashlar va tavsiyalar moliya sohasidagi olimlar va amaliyotchilar uchun qiziqarli va
foydali boʻlishi mumkin.
Kalit soʻzlar: davlat
moliyaviy nazorati; moliyaviy nazorat;
davlat moliyaviy
nazoratining mazmuni; moliyaviy nazoratning mohiyati; moliyaviy nazoratni tasniflash;
nazorat belgilari, nazorat turlari.
THEORETICAL AND LEGAL BASIS OF STATE FINANCIAL CONTROL
ABSTRACT
The article examines the views of scientists in the field
of financial law on the
theoretical and legal foundations of state financial control, the concepts and essence of
financial control, its content and types. The considered theoretical provisions and
recommendations may be of interest and useful both for financial
scientists and for
practitioners in the field of finance.
Keywords: state financial control; financial control; the content of state financial
control; the essence
of financial control; classifications of financial control; signs of
control, types of control.
Kirish. Davlat moliyaviy nazorati-davlat boshqaruvining eng muhim vazifalaridan
biri boʻlib,
u qonuniylik, muvofiqlik va moliyaviy resurslarni hamda boshqa davlat
mulkini boshqarish samaradorligining qabul qilingan qonunlar va standartlaridan chetga
chiqishlarni nazoratni oʻz ichiga oladi.
Moliya sohasidagi huquqiy fan va amaliy faoliyat uchun "davlat moliyaviy
nazorati" va "davlat auditi" tushunchalarini ajratish muhim ahamiyat kasb etadi, [7, 21]
shu maqsadda ushbu tadqiqotda davlat moliyaviy nazoratining
nazariy va huquqiy
asoslarini, moliyaviy nazoratning kontseptsiyasi va mohiyatini koʻrib chiqish hamda
oʻrganish vazifasini oldi.