Page 254
Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat moliyaviy nazoratining vazifalari 2014 yil 1
yanvaridan kuchga kirgan “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi” asosida
tashkil etiladi, bu byudjet mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligi va
tejamkorligi, byudjetning ishonchliligi, byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni
nazorat qilishning asosi hisoblanadi. [14, 25]
Xulosa va takliflar. Shunday qilib, quydagi xulosalarni berish mumkin.
Birinchidan, siyosiy tizimning ishlashini ta’minlashda muhim rol oʻynaydigan
davlat moliyaviy nazorati bir vaqtning oʻzida quyidagi funktsiyaga ega boʻlishi
mumkin:
ijtimoiy boshqaruv;[16]
siyosiy rahbarlik;
demokratiya;
huquqiy tartibga solish.
Ikkinchidan, davlat faoliyatining muayyan shakli sifatida nazorat faoliyati oʻz
funktsiyalariga ega:
ogʻishlarni aniqlash;
tahlil qilish;[26]
tuzatishlar;
ijtimoiy ogohlantirishlar;
huquqni muhofaza qilish.
Shunday qilib, tizimli yondashuvni qoʻllash orqali biz davlat moliyaviy
nazoratining mohiyatini va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini aniqladik, davlat moliyaviy
nazoratining maqsad va vazifalarini, asosiy funktsiyalarini koʻrib chiqdik.
REFERENCES 1. Шохин С.О., Воронина Л. Н. Бюджетно-финансовый контроль и аудит. Теория
и практика применения в России: научно-методическое пособие. М.: Финансы и
статистика, 1997. 2. Воронин Ю. М. Государственный финансовый контроль. М.: Финансовый
контроль, 2005.
3. Рябухин С. Н. Аудит эффективности использования государственных ресурсов:
монография. М.: Наука, 2004.
4. Бурцев В. В. Организация системы государственного финансового контроля в
Российской Федерации: Теория и практика: монография. М.: Дашков и К , 2002.
5. Temirkulov, A. A. (2020). The correct acceptance of the investment decision is a
factor of success of implementation of the process. ISJ Theoretical & Applied Science,
05 (85), 689-692.