Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat
Xulosa
Mazkur bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida birinchi navbatda o`qituvchi uchun bevosita amaliy ahamiyat kasb etadigan yondashuvlar, innovacion texnologiyalar va xususiy innovacion texnologiyalar tahlil qilindi. Innovacion texnologiya ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi, innovacion texnologiyalarini akademik litseylarda matematikada qo`llab o`tish jarayoni to`laligicha ochib berishga harakat qilindi.
Biz bu malakaviy bitiruv ishini asosiy ikkita bob dan tashkil etib, bu boblarda mavzularni to`liq yoritishga harakat qildik.
Biz birinchi bobni “Innovacion texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari” deb nomladik va bu bobda innovacion texnologiyalarning maqsadi, mazmuni, vazifalari, mohiyati, tarixi, loyihalari va xususiy innovacion texnologiyalar haqida to`liq malumot berishga harakat qildik.
İkkinchi bobni “Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi” deb nomladik biz bu bobda esa innovacion texnologiyalarni maruza va amaliy mashg’ulot darslarida qo`llash jarayoni bilan tanishtirishga harakat qildik
O`ylaymizki ushbu malakaviy bitiruv ishini tayyorlash jarayonida orttirgan tajribalarimiz va olgan bilimimiz kelgusi amaliy faoliyatimizda o`zimiz uchun ham, hamkasblarimiz uchun ham foydali bo`lib qoladi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar