Mavzu: Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko`paytma, bo`linma va darajaning logarifmi
Maqsad:
Dars davomida o`quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli misollar orqali tarqatma materiallar, undagi topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish. Dars davomida o`quvchilar tomonidan baholarini egallashga imkoniyat yaratadi.
Darsning tashkiliy qismi bo`ladi va unga 2 daqiqa ajratiladi. So`ngra o`qituvchi uyga berilgan vazifalarni tekshiradi va o`quvchilarning hatolarini to`g’irlaydi, bunga 10 daqiqa vaqt ajratadi. Keyin o`qituvchi doskaga bugungi o`tiladigan amaliy mashg’ulot mavzusi bo`yicha turli ko`rinishdagi, turli qiyinliqdagi misollardan ishlab ko`rsatadi, tushuntiradi va o`quvchilarga tushunmagan joylarini so`rashlari mumkinligini aytadi. O`quvchilar tushunmay qolgan joylaridan o`qituvchiga savollar beradi so`ng o`qituvchi ularning savollariga javob berib o`tadi. Xullas, o`quvchilar bilimini faollashtirish bosqichi o`tkaziladi. Bunga 15 daqiqa vaqt etadi.
12
Misol uchun o`qituvchi tushuntirgan misollar: Hisoblang:
1 . Log
2 64
4 . Log 3
144
2 . Log
3 Log
2 / 3
5 . Log
5 36
5 12
5
2 2 Log 9
3 . Log
3 36
6 . 3 Log
4 Log
7 2 1 / 2 Log
5 2 1 / 3 Log
7 64
5 27
O`qituvchi doskada ishlab ko`rsatgan va tushuntirgan misollarini dsskadan o`chirmagani maqul, o`kuvchilar dars davomida undan fsydalanadilar. Matematika xonalarida formulalar yozilgan devoriy gazetalar bo`ladi yoki bo`lmasa o`qituvchi avvaldan tayyorlab qo`ygan logarifmik formulalar yozilgan plakatni o`quvchilar foydalanishi uchun xonaga dars davomida osib qo`yadi.
Bundan oldingi maruza darslarida mavzu bo`yicha quyidagi savollar bugungi amaliy mashgulotga o`qib, tayyorlanib kelishlari uchun hamma o`quvchilarga berib yuborilgan:
Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat.
Ko`paytmaning logarifmi.
Bo`linmaning logarifmi.
Darjaning logarifmi.
Taxminan xonada 20 ta o`quvchi bo`lsa ularni 5 tadan 4 ta guruhga ajratib olinadi (agar o`quvchilar soni undan ham ko`p bo`lsa 5 yoki 6 ta guruhga ajratiladi) va har bir guruhga avvaldan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallarni beradi. Bu materiallarda bitta savol va 5 tadan missllar bo`ladi. Misol uchun quyidagilar bo`lishi mumkin: Birinchi guruhda.
Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat.
Hisoblang s) Taqqoslang
1) log 2 256
log 4 5
va log 4 9
2) log112321
2) log1/ 3 7
va log1/ 9 7
d) İfodaning ishorasini aniqlang.
log3 10 2
İkkinchi guruhda:
Ko`paytmaning logarifmi.
Hisoblang
1) log10 5 log10 2
4) 36log6 5 101log10 2 8log2 3
2) log3 6 log3 3 / 2
3) log12 2 log12 72
5) log9 15 log9 18 log9 10
Uchinchi guruhda:
Bo`linmaiiig logarifmi.
Hisoblang
1) log 5 75 log 5 3 4) 1/ 2 log 7 36 log 7 14 3log 7
2) log1/ 3 54 log1/ 3 2
3) log8 1/16 log8 32
5) (811/ 41/ 2 log3 4 25log125 8 ) 49log7 2
To`rtinchi guruxtsa:
Darjaning logarifmi.
Hisoblang.
13
1) log 1693/ 4
4) log1/ 3
log 5)
log 2 4 log 2 10
11
2
log 1/ 6
log 2 20 3log 2 2
O`qituvchi har bir guruh azolariga o`z guruhining materiallaridan bittadan nusxa beradi, so`ngra har bir guruh o`z materiallarini hamjixatlikda o`zaro ishlab o`rganadi. Bunga o`qituvchi tomonidan 18 daqiqa vaqt beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga har biri o`z guruhiga berilgan materiallarini qunt bilan o`rganishini va bilmagan tushnmaganlarini guruhning bilgan o`quvchilaridan so`rab o`rganishlarini, bilganlari bilmaganlarga o`rgatishi kerakligini, har bir guruhning ballari yig’ilib, qaysi guruhning bilimi kuchli-yu qaysi biriniki kuchsizligini
aniqlashini aytadi. Shundan so`ng har bir guruh azolari bilmaganlarini so`rashga va o`z guruhining balini ko`tarishga, yani guruhini uyaltirmaslikka harakat qilish masuliyatni his qiladi. Bilganlari esa bilmaganlariga tushuntirib o`z guruhining balini ko`tarishga harakat qiladi. O`qituvchi esa har bir guruhning bajargan ishlarini aylanib kuzatib turadi.
Belgilangan vaqt tugagandan so`ng o`qituvchi qog’ozga avvaldan yozib qo`yilgan raqamlardan har bir guruhning oldiga borib o`sha guruhning azolari har biri bittadan tortib olishlarini so`raydi. Har bir azo birdan beshtacha bo`lgan raqamlardan bittasiga ega bo`ladi, yani qog’oz beshta bo`lib har biriga 1 dan 5 gacha bo`lgan sonlar yozilgan bo`ladi va har bir guruh azosiga bittadan to`g’ri keladi.
So`ngra o`qituvchi ikkinchi guruhga ham xuddi shunday raqam oldiradi, so`ng uchinchi va to`rtinchi guruhlar ham huddi shunday raqamlarga ega bo`ladi. Shundan so`ng o`qituvchi har bir guruhning birinchi raqamli azolarz bir joyga o`tishlarini so`raydi, so`ngra har bir guruhning ikkinchi raqamli azolari bir joyga to`planib o`tirishlrini so`raydi, shu tartibda uchinchi, to`rtinchi va beshinchi raqam egalari ham boshqa-boshqa joylarga to`planadilar, va nihoyat, o`z-o`zidan 4 kishidan iborat bo`lgan 5 ta guruh hosil bo`ladi. Bular 1- raqam egalari bitta gurux, 2-raqam egalari bitta guruh va hokazo.
Har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakil yig’iladi.
Umumiy mavzu bo`yicha to`rt hil variant ham to`planadi.
Yangi tuzilgan guruxning har bir azosi ikkita vazifani, yaniy o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi.
O`qituvchi sifatida navbatma-navbat yangi guruh azolari avvalgi guruxda o`rgangan misollarini yangi guruhga o`rgatadi.
O`quvchi sifatida yangi guruhning har bir azosining variantidagi misollarini qunt bilan o`rganadi, bilmaganlarini so`rab o`rganishga harakat qiladi va misollarni birgalikda tahlil qiladi. O`qituvchi bunga 20 daqikg vaqt beradi.
O`quvchilar bir-birlarining materiallarini o`rganib, o`zaro tahlil qilib bo`lganlaridan so`ng. o`qituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi, yani
mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytishlarini so`raydi.
Hamma dars boshlanishidagi guruhlariga yig’ilgandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga darsdagi berilgan hamma variantlar bilan tanish ekanligini aytib, har bir o`quvchidan variantlarning hohlagan savolini va misolini so`rashini aytadi. Har bir guruhning har bir azosining bali yig’ilib, qaysi guruh yaxshi natijaga erishganligini aniqlashini aytadi.
Baho sistemasida to`liq javob bergan - 5 baho, qo`shimcha -4 baho, luqma tashlansa -3 baho, javob bermasa -2 baho, umuman ishtirok etmasa -1 baho qo`yiladi, bahoni hisoblash uchun har bir guruh o`z guruhidan o`ziga «hisobchi» tayinlashi mumkin. Savol-javob o`tkaziladi. Bir guruh azolari boshqa guruh azolariga savollar berishlari mumkin. Bunga 10 daqiqa vaqt ajratiladi. So`ngra guruhlarning yig’ilgan ballarini hisoblab chiqaradi. Har bir guruhning yig’ilgan ballarini o`z guruhi azolariga teng bo`ladi. Agar guruhda bunga noroziliklar bo`ladigan bo`lsa yani bazilari faol ishtirok etmagan yoki umuman ishtirok etmagan bo`lsa, uning dars jarayonida biror narsani bilib olgani, eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng ketik baholar qo`yiladi. Bu o`quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faol bo`lishiga undaydi.
Har bir o`quvchi baholangach o`qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. O`kuvchi faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan murojat qiladi:
bugungi mashg’ulotda nimalarni bilib oldingiz?
nimalarni o`rgandingiz?
nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi?
yana nimalarni bilishni istaysiz? [z]
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglaydi va ularga minnatdorchilik bildiradi. Bunga 3 daqiqa vaqt etadi.
So`ngra uyga vazifa berib darsni yakunlaydi. Bunga 2 daqiqa vaqt
etadi.
Dostları ilə paylaş: |