Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matematika


§ I.2. Innovacion texnologiya loyihalari



Yüklə 58,86 Kb.
səhifə3/10
tarix13.05.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#113084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat

§ I.2. Innovacion texnologiya loyihalari


O`zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida jamiyatning potentsial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, kuchli intellektual va manaviy salohiyatni shakllantirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Fuqarolik jamiyatini barpo etish kontseptsiyasi vevosita talim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yangi texnonogiyalarni loyihalash va pedagogik amaliyotga tadbiq etish bilan uzviy bog’likdir.
Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning XIV sessiyasida “yangi darsliklarni, zamonaviy innovacion va axborot texnologiyalarini o`z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni taminlashni nazorat ostiga olish zarur”ligini alohida takidladilar. Bugun olimlar va o`qituvchilar ilg’or innovacion texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga masuldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham etibor kuchaytirilmoqda. Quyida rossiyalik olimlar tomonidan taklif etilgan yani innovacion texnologiya loyihalari bilan tanishasiz.
Bu yovdashuv asosida yozuvchi asosiy g’oya: innovacion texnologiyalarni loyihalash va yaratish didaktik aksiomalar tizimi talablariga tayanishi kerak.
Muallifning fikricha innovaciona fani azal-azaldan aksiomalardan foydalanib keladi. Malumki, isbot talab qilinmaydigan holat aksioma deyiladi. Bunday holatlarni innovacion jarayonda ko`plab uchratish mumkin: sinf-dars tizimi, 45 minutlik dars, mavzuli reja va boshqa.
Keyingi yillarda biz talim fazosini standartlashtirish jarayonining guvohi bo`lyapmiz. Bu ish ancha murakkab va bajaruvchilar uchun kutilmagan holat bo`ldi. Talim standartlarining yuzaga kelishi mavjud vaziyatni birmuncha qiyinlashtirib yubordi, chunki standartning shartsiz bajarilishini kafolatlaydigan va pedagogik amaliyotga joriy etiladigan texnologiyalar ishlab chiqilmagan edi. Har bir o`quvchi(talaba) talim standarti darajasiga erishishi uchun o`quv yurtlaridagi mavjud ananaviy metodikalar o`rniga yangi innovacion qurollar zarur bo`ladi. O`quv jarayoni loyihasini texnologiya darajasiga chiqarish va bu loyihaning joriy etilishi o`qituvchini yuqori malakali mutasassisga aylantirish bilan birgalikda o`rganuvchining mavqeini ham kuchaytiradi va ijodiy hamkorlikning yangi
ufqlarini ochadi. Endi o`qituvchi loyiha muallifi bo`lib oladi, bu esa yangi vazifadir.
Muallif aksiomalar tizimini uch guruhga ajratadi. Birinchisi - innovacion texnologiyalarni bir butun talimiy kenglikka qo`shish aksiomalari, ikkinchisi - o`quv jarayonini modellashtirish aksiomalari, uchinchisi - o`quv jarayonini meyorlash aksiomalari. O`z navbatida ularning har biri o`zida uchtadan aksiomalarni birlashtiradi
Birinchisi (A1) - innovacion texnologiyaning talim makoniga talab qo`yish aksiomasi; A2 - innovacion texnologiyaning “o`qituvchi” tizimiga moslik aksiomasi; AZ - innovacion texnologiyaning predmet metodikasi tizimiga nisbatan universallik aksiomasi.
İkkinchi guruhga (A4) innovacion texnologiya asosini tashkil etuvchi o`quv jarayoni modelini loyihalash aksiomasi kiritiladi. Bu axborotli model quyidagi parametrli topshiriqlar yordamida tavsiflanadi:

  1. - parametr (maqsadga joizlik) o`quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsad va yo`nalishini mikromaqsadlar tizimi ko`rinishida ifoda etadi.

  2. - parametr (tashxis) mikromaqsadlarga erishish yoki erishmaslik dalili to`g’risida boshqaruv axborotlarni mujassamlashtiradi.

  3. - parametr (miqdorli o`lchov) o`quvchilarning mustaqil faoliyati xususiyatlari, xarakteri va hajmi haqida tashxisning muvaffaqiyatli o`tishini kafolatlash uchun etarli bo`lgan mazmunli va sonli axborotlar beradi.

  4. - parametr (mantiqiy tuzilma) - bu o`qituvchining metodik fikrlarini o`quv jarayonining yaxlit va mantiqan ko`rsatmali modeliga aylantirish bosqichini etiborga oladi va o`qituvchi mahoratining yuksak darajasini belgilab beradi. Bu faoliyat shunchalik o`quv jarayoning mantiqiy tuzilmasi fotografiyasi emas, balki maxsus shakllangan ishchi maydon bo`lib, unda barcha elementlar texnologik qonuniyatlar asosida ifodalanadi va malum muolajalar yordamida etarlicha muqobillashtiriladi.

  5. - parametr (tuzatish) innovacion yaroqsizlik, yani tashxisdan o`tmagan o`quvchilar haqida va tuzatishning metodik yo`llari to`g’risidagi axborotlarni

tasvirlaydi.
Shuningdek, ikkinchi gruhga (A5) o`quv jarayoni modelining tashkil etuvchi ko`rsatkichlari tizimi yaxlitligi va takrorlanuvchanligi aksiomasi ham kiritiladi.
O`quv jarayonini texnologiyalashtrish obekti har qanday predmetning o`quv mavzusi bo`lishi kerak, uning hajmi esa qatiyanligi bilan ajralib turadi: minumum - 6-8 dars, maksimum 22-24 dars. Ana shu mavzu loyihasida bo`lajak uquv jarayoni yuqorida nomlangan beshta parametr yordamida yaxlit beriladi va aynan shu o`quv mavzusi har qaysi predmet bo`yicha o`kuv jarayonini loyihalashga imkon beradigan bir xildagi muolajalar ko`rinishida texnologiyalashtirish va loyihalashning takrorlanuvchanligini taminlaydi.
İkkinchi guruh tarkibiga kiradigan yana bir aksioma(Ab) - bu o`quv jarayonining axborotli modelini texnologiyalashtirishdir. V.M. Monaxov tajribasida bir mavzu doirasida beshta parametrlarni o`zida mujassamlashtirgan o`quv jarayoni loyihasining texnologik xaritalari yaratilgan. Texnologiya o`qituvchini loyihalash muolajalari tizimi bilan qurollantirsa, texnologik xaritalar o`quv mavzusi bo`yicha o`tuv jarayoni loyihasining pasporti sifatida kerak bo`ladi. Muallif uchinchi guruh aksiomalarini (o`quv jarayoni loyihasini meyorlash) innovacion texnologiya mavjudligining asosiy mahsuloti sifatida tavsiflaydi.
O`qituvchnning kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish aksiomasi (A7) kasbiy faoliyatning quyidagi inovatsion komponentlariga tegishli:

  • o`quv jarayoni loyihasining innovacion g’oyalarini butun bir o`quv yili uchun o`qituvchi tomonidan o`z xususiy metodik tajribasiga, o`quv dasturi mazmuniga va davlat talim stanlarti talablariga tayangan holda mikromaqsadlar ketma-ketligi ko`rinishida ifodalash kasbiy ko`nikmasi. Boshqacha qilib aytganda, bu - standart talablarini mikromaqsadlar tiliga o`tkazishning texnologik muolajasidir, mikromaqsad esa o`quvchilarning bilish va rivojlanish zinopoyasidir. Bu komponent bevosita ananaviy o`quv mavzularini qaytadan tuzish bilan bog’liqdir.

  • texnologik xaritani loyihalash kasbiy ko`nikmasi. Bu jarayon innovacion mahorat cho`qqisi hisoblanadi, sababi o`qituvchi bo`lajak o`quv jarayonini

oldindan ko`ra biladi, o`z g’oyalarini texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlaydi. Takidlash joizki, bu kasbiy ko`nikma etarlicha murakkab, ko`p bosqichli, o`z mohiyatiga ko`ra integrativ bo`lib o`qituvchidan yaxshi rivojlangan refleks qobiliyatni talab etadi;

  • darsning axborotli xaritasini konstruktsiyalash kasbiy ko`nikmasi yoki bu xaritalar yig’indisi har bir o`quv mavzusn uchun bo`lajak o`quv jarayonining aniqlashtirilgan loyihasi hisoblanadi;

  • ikki innovacion obektni taqqoslash kasbiy ko`nikmasi: texnologik xaritalar ko`rinishidagi o`quv jarayoni loyihasi va malum sinfda real o`quv jarayoni natijalari bilan birgalikda darsning axborotli xaritalar tizimi. Taqqoslashni aniq ko`rsatkichlar va texnologik muolajalar bo`yicha o`tkazish kerak. Qiyoslash muolajalari asosida tashxislash natijasiga ko`ra mazkur sinfda o`quv-tarbiyaviy faoliyat rivojini qayd etuvchi maxsus monitoring yotadi.

O`quv jarayoni loyihasini meyorlash aksiomasining (A8) mohiyati quyidagilardan iborat: o`kuv jarayoni loyihasi texnologik xarita tarzda tayyor bo`lgach, bevosita zaruriy hisoblar amalga oshirilishi kerak: o`quv vaqti, didaktik axborotlar hajmi, uni o`zlashtirish tezligi, shu o`quv mavzusi chegarasida o`quvchilarni rivojlantirishning metodik dasturiga ajratiladigan vaqt va boshqa.
Nihoyat, uchinchi guruhning so`nggi aksiomasi shunday ifodalanadi: yakuniy natijani kafolatlaydigan innovacion texnologiyaning maqbul ishlashi uchun ishchi maydonni shakllantirish aksiomasi (A9). Har qanday innovacion texnologiya bu aksioma talablarini bir vaqtning o`zida o`quvchilarning ham o`quv, ham umumiy yuklamasi bo`yicha qanoatlantirishi shart; darsning axborotli xaritasi ichida yosh jihatidan o`z guruhi doirasida o`quvchilarni o`quv-bilish faoliyatlarining asosiy turlari meyorini saqlash zarur. Bu bevosita psixologik- innovacion va fizio-gigienik meyorlarni saqlashga ham tegishlidir.
Shunday qilib, V.M. Monaxov tomonidan taklif etilgan to`qqizta didaktik aksiomalar bilan kitobxonlar tanish bo`ldi. Olimning takidlashicha, bu aksiomalarni bajarish va ularga rioya qilish bevosita innovacion texnologiyalarni loyihalash va talim keng.tigiga asosli ravishda tadbiq etish imkonini tug’diradi.
Modulli talim dastlab AQSh, Olmoniya, Angliya kabi rivojlangan davlatlarning oliy o`quv yurtlari va malaka oshirish tizimida qo`llanila boshlandi va katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi.
Biroq modulli talim o`zining etarlicha ipuxta”ligiga qaramasdan mazmun jihatdan ham, “yosh” jihatdan ham (u 60- yillarda vujudga kelgan) hanuzgacha tortishuvlarga, fikrlar qarama-qarshiligiga uchrab kelyapti. qator xorijiy mualliflar (V.Geldshmidt, M.Goldshmidt va boshqa) modul deganda aniq o`rnatilgan maqsadga erishishga yordamlashadigan yaxlit o`quv faoliyatini shakllantirishni tushunishadi. Modul mohiyati o`quv materialining avtonom bo`laklarini qurish to`g’risidagi birmuncha farqliroq fikr D.J. Rassel tomonidan aytildi. P.A.Yutsyavichenening ko`rsatishicha, “modulli o`qitish mohiyati shundan iboratki, o`rganuvchi qisman yoki to`liq mustaqil ravishda unga taklif etilayotgan o`zida harakatlarning maqsadli dasturini, axborotlar bankini va qo`yilgan didaktik maqsadga erishish bo`ysha metodik ko`rsatmani qamrab olgan individual o`quv dasturi bilan ishlashi mumkin. Bunda pedagog vazifasi axborotli nazorat qilishdan tortib maslahatchi - koordinatsiyalovchilikka qadar turlanishdan iborat bo`ladi”.
Professor M.A.Choshanov ham keyingi fikrga qo`shilgan holda fan rivojinnng hozirgi bosqichida modullilik tushunchasi metodologik mazmunga ega bo`layotganligini alohida takidlaydi.
Muammoli o`qitishning didaktik tizimida birmuncha to`liq tadqiq qilingan tashkil etuvchisi muammoli talim hisoblanadi. U o`rganuvchilarning fikrlash faoliyatini birmuncha faollashtirishga, ularda muammoning echimiga yondashishni shakllantirishga, va nihoyat - ijodiy tafakkurni rivojlantirishga samarali tasir ko`rsatadi. Bu tasir intellektual kiyinlashuvning maxsus vaziyatlarini - muammoli vaziyatlar va ularning echimlarini tuzish bilan taminlanadi. Muammoli vazit o`qitish jarayonida muhim motiv va hayajonli vosita sanaladi. Uning samarasi to`g’risida A.M Matyushkin, M.İ. Maxmutov, İ.Ya. Lerner kabi yirik olimlar o`z nazariyalarini yaratdilar.
Muammoli-modulli o`qitish texnologiyasida asosiy diqqat xatoliklarni izlab topish maqsadiga muvofiq tarzda tuzilgan maxsus vaziyatlar tizimi orqali
o`rganuvchilarda tanqidiy fikrlashni shaxllantirish jihatlariga qaratiladi. U o`zida xatoliklarning uch asosiy guruhini birlashtiradi: gnoseologik, metodik va o`quv. Gnoseologik xatolar bilishga oid xarakterdagi xatolar hisoblanib, bilimlar evolyutsiyasi jarayonida olimlar tomonidan yo`l qo`yiladi. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, o`quv jarayonida gnoseologik xatolardan foydalanish o`quvchi (talaba)larda borliqni tanqidiy mushohidalash, tahlil qilish va o`z xatolarini to`g’rilash ko`nikmalarini shakllantiradi, shuningdek, o`quv predmeti va fanga bo`lgan munosabatlarini o`zgartiradi: o`rganilayotgan fan mazmuni o`rganuvchilar oldida tayyor haqiqatlar yig’indisi sifatida emas, balki g’oyalar va odamlarning tarixiy dramasi tarzda, ijtimoiy maktab va yo`nalishlar kurashi tarzda, odat va yangilanish qarama-qarshiligi sifatida turadi.
Metodik xatolar o`quv xatolari bilan o`zaro bog’liq: o`rganish xatolari ko`p hollarda - o`qitish xatolari natijasidir. O`quv xatolari maxsus tashxislovchi jadvallarda har bir muammoli modul uchun guruhlanada va keyinchalik kuchli tasir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladi. Agar ananaviy o`qitishda bilmaslikdan bilishga o`tish standartli vaziyatlarni qo`llash bilan chegaralansa, muammoli- modulli o`qitishda o`quvchining yaqindan rivojlanishi doirasi yangi bilimlarni yuzaki o`zlashtirish va noto`g’ri qo`llashga olib keladigan tanqidiy vaziyatlar - xatolar sohasigacha kengaytiriladi. Bunday sharoitda bilmaslikdan bilishga o`tish sohasi o`rganuvchi uchun asosiy muammoga aylanmaydi, balki tabiiy zveno bo`lib qoladi, ularning dolzarb rivojlanish mintaqasiga aylanadi.
Muammoli-modulli o`qitish texnologiyasining etakchi sifat belgisi - bu egiluvchanlik hisoblanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda egiluvchan avtomatlashtirilgan tizim muhim sanalgani kabi hozir ham, kelajakda ham innovacion texnologiya samaradorligi ko`p jihatdan uning ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy o`zgaruvchan sharoitga moslasha olish va zudlik bilan tasir etish qobiliyatiga bog’liq bo`ladi. Egiluvchanlik tuzilmali, mazmunli va texnologik holda bo`lishi mumkin.
Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan taminlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog’onaligi, egiluvchan
jadval loyihasining mavjudligi va ko`p vazifali o`quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa.
Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda talim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo`ladi. Bunday imkoniyatning o`zi taklif etilayotgan texnologiyada o`quv materialining blok va modulli printsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi.
Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli talim jarayonining quyidagi jihati bilan taminlanadi: o`qitish metodlarining variantligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
M.A.Choshanovning takidlashicha, kasb maktablarida o`qitish jarayonini muammoli-modulli asosga o`tkazish quyidagilarga imkon beradi:

  • o`quv materialining muammoli modullarini guruhlash yo`li bilan kursni to`liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlarini ishlab chiqishni taminlaydigan dialektik birlikda integratsiyalash va tabakalashtirishni amalga oshirish;

  • bilim darajasiga bog’liq holda talabalarning u yoki bu muammoli-modulli dastur variantini mustaqil tanlashi va ularning dastur bo`ylab individual siljish suratini taminlanishi;

  • muammoli modullardan innovacion dasturli vositalarni yaratish uchun stsenariylar sifatida foyalanish;

  • o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o`qituvchi ishida maslahatchi-koordinatsiyalovchi vazifaga urug’ini ko`chirish;

  • o`kuv materialini bayon qilish tezligi va o`zlashtirish darajasiga putr etkazmagan holda o`qitish metodlari va shakllari majmuasiga moslik asosida kursni qiskartirish;

Shu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli- modulli o`qitishning qator kamchiliklari ko`rsatildi, ular: talim jarayonining bo`laklarga bo`linganligi, yani o`quvchilarning mustaqil ishlari salmog’i birmuncha katta; o`quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o`quvchilarni tayyorlash torligi: o`qitish kursining bog’liq bo`lmagan muammolar yoki masalalar seriyasiga
qadar qisqarishi; umumlashmaga ziyon etkazadigan xususiy, aniq ko`nikmalarnigina shakllantirishi; muammoli modullarni tayyorlash va mashg’ulotni o`tkazishga tayyorgarlikning ko`p mehnat talab qilishi.
Sanab o`tilgan kamchiliklarning ko`pligi modulli o`qitish texnologiyasini o`rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib boradi. Shuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani “toza” holda joriy etish mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo`qmi, o`quv jarayonini tashkil etishning ananaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to`g’ri keladi.
Talim mazmunini muammoli-modulli loyihalash quyidagi asosiy tayanchlardan iborat bo`ladi:

  • bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga qo`yib tuzish. Misol uchun, matematika kursida bunday metodlarga matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy metodlar kirada;

  • tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning muhim shartin bilish faoliyati metodlarining printsipli mazmuni hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu o`qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga olishni taqoza etadi:

  • fundamental, uzviylik, uzluksizlik va talimni insonparvarlashtirish;

  • echimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo`llashni talab etadigan yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o`ziga xosligini hisobga olib ajratish;

  • ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni taminlashga yo`naltirilgan o`zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash, shuningdek, muammoli-modulli dasturlarning turli - to`liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlari bo`yicha o`quvchilarning yakka tartibda olg’a siljini uchun sharoitlar yaratish.

Muammoli modullarni qo`llash kulami quyidagi tartibotlarni qamrab oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqoza etadi. Avtonom -malumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan - integrativ kurs doirasida
qo`llanishi lozim.
Shunday qilib, muammoli-modulli o`qitish texnologiyasining mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: o`quvchilarning talab etilgan darajada bilimdonligiga erishish uchun o`quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash, unga mos holda o`qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga oshirilib, ular o`quvchilarni to`liq, kisqargan yoki chuqurlashgan o`qitish variantlarini mustaqil tanlash va o`tishga yo`naltiriladi. Muallifning takidlashicha, muammoli-modulli o`qitish texnologiyasi bo`yicha 70 foiz o`quv materiali yuqori darajada o`zlashtirilgan va aniq o`rnatilgan komponentlik darajani kafolatli taminlangan.

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin