Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matematika


§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar



Yüklə 58,86 Kb.
səhifə4/10
tarix13.05.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#113084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat

§ I.3. Xususiy innovacion texnologiyalar


“BUMERANG” texnologiyasi
Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylalib bormokda. Xuddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham yangi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham akademik litseylarda yuqori samaralarga erishilmoqda. Jumladan xususiy texnologiyalarning ham ahamiyati katta. Xususiy texnologiyalar o`quvchilar bilimini oshirishi bilan bir qatorda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini va fanga bo`lgan qiziqishlarini yana ham oshiradi.
Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuyini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi. [2,]
Hozir sizlarni quyidagi xususiy texnologiyalar bilan tanishtirib o`tamiz.
TRENİNG XAQİDA TUShUNChA.
Ushbu texnologiya o`quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`kuvchilarni baholay olishga qaratilgan.
MAQSAD.
Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh xolatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat munozara orqali, turli savollar orqali tarqatma materiallar. Trening davomida o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga va litsey o`quvchilarining bilimini oshirishga imkoniyat yaratadi.
O`TKAZİSh TEXNOLOGİYaSİ.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o`tkaziladi:

  1. BOSQİCh.

  • Trening to`g’idan-to`g’i tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kiik guruhlarga bo`lishdan boshlanadi;

  • O`qituvchi har bir guruh va uning har bir azosiga mustaqil o`rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yoma taratma material beradi (taqatma materialda) o`qituvchi tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog’liq. Agar 4 ta kichik guruh bo`lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi;

  • Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir guruhga berilgan topshiriqlardan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil topshiriqqa ega, har bir tinglovchi esa o`z guruhiga tushgan topshiriqqa ega bo`ladi.

  1. BOSQİCh.

  • guruhlarga berilgan topshiriqni guruh azolari yakka tartibda alohida o`rganishlari, topshiriqni eslab

olishlari, keyin esa kerak bo`lsa boshqalarga yoki o`qituvchiga gapirib serishlari, iloji boricha topshiriqni o`zlashtirib olishlari kerakligini o`qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun topshiriqni katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. Uzi esa guruh va tinglovchilarining ish faoliyatini kuzatadi.

  1. BOSQİCh.

  • o`qituvchi oldindan tayyorlab qo`yilgan raqamlar kichik qog’ozlar silan har bir guruh yoniga kelib guruh azolaridan ushbu qog’ozlardan bittadan raqam tortib olishini so`raydi (qog’ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog’liq, masalan guruhda 5 kishi bo`lsa, qog’ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4 ta bo`lsa 1 dan 4 gacha va h.). Guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar ezilgan qog’ozdan olishlari kerak. Nechta guruh, bo`lsa shuncha guruh azolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog’ozlar tayyorlanadi.

  • o`qituvchi raqamlar bo`yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so`raydi. Masalan hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar to`rtinchi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarini so`raydi. Guruh azolari yangi guruhga o`tishlarida o`zlari bilan o`rgangan topshiriqlarini ham oladilar.

  1. BOSQİCh.

  • raqamlar bo`yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar

o`z-o`zidan to`planib qoladi, yani 4 ta guruhda 4 xil topshiriq o`rganilgan bo`lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to`planadi, umumiy mavzu bo`yicha 4 tinglovchi va 4 xil topshiriq to`planadi.

  1. BOSKİCh.

  • yangi tuzilgan guruhning har bir azosi endi o`ziga 2 ta vazifa, yani o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi va kuyidagicha faoliyat ko`rsatash:

  1. O`qituvchi (o`rgatuvchi) sifatida, o`zi avval o`rgangan materialni gapirib beradi, tushintiradi, o`zi mustaqil o`rgagan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh azolarnning tushunish va o`zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.

  2. O`quvchi sifatida, guruh azolarini navbatma-navbat so`zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan materiallarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi.

O`qituvchi esa ularga o`z materiallarini faqat so`zlab berishlari kerayukligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn xajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi).
Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o`zlashtirilgan hisoblanadi.

  1. BOSQİCh.

  • guruxdagilar bir-birlariga o`z materiallarini gapirib berib, barchalari ushbu materiallarni bilib olishgach, qituvchi o`rganilgan materiat guruh azolari

tomonidan qanchalik o`zlashtirib olinganini tekshirib ko`rish uchun har bir guruh azosi bir- birlariga o`z materiallaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nzorat savol-javob orqali o`taaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so`zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o`zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.

  1. BOSQİCh.

  • o`qituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini so`radi, yani yana hamma mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.

  1. BOSQİCh.

  • o`qituvchi sinfxonadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozia materiallar bilan tanish

ekanliklari, ular haqida to`liq malumotga ega bo`lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o`quvchidan xohlagan materialni so`rashi mumkinligini aytadi.

  1. BOSQİCh.

  • tinglovchilarga tarqatilgan barcha materialni ular tomonidan qaydarajada o`zlashtirilgakiligi darajasini aniqlash maqsadida o`qituvchi maxsus guruh yoki boshqa guruh tomonidan berilgan nazorat savollariga savollarga reyting ballari orqali baholanishi tushuntiriladi, masalan savollarga berilgan javoblar - agar to`liq javob bo`lsa - 3 ball, qo`shimcha qilinsa - 2 ball, o`tirgan joydan luqma tashlansa - 1 ball, javob berilmasa - 0 ball qo`yilishi belgilanadi.

Baho sistemasida - to`liq javob uchun - 5 baho, qo`shimcha uchun - 4 baho, luqma tashlansa - 3 baho, javob bermasa - 2 baho, umuman ishtirok etmasa - 1 baho qo`yishni belgilash mumkin.
Guruh azolarining javoblarini yuqorida ko`rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo`yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o`ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin. (“hisobchi» ham davradagi savol-javoblarda ishtirok etadi).

  1. BOSQİCh.

Ushbu bosqichda o`qituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6 ta) bilan o`quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma materiallarga tegishli bo`lgani maqul, shuningdek, o`qituvchi sinfxonadagi barcha o`quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi).
Belgilangan savollarga javob berish tugagach, o`qituvchi doskaga guruhlar tomonidan to`plangan ballarni yozadi va mashg’ulotning keyiningi boskichiga o`tadi.

  1. BOSQİCh.

O`qituvchi har bir guruhni o`z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqib bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.

  1. BOSQİCh.

Bu bosqichda guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi
«hisobchilar» esa guruh azolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to`g’ri bo`lsa, savol bergan guruh javobni to`ldirmaydi.

  1. BOSQİCh.

O`qituvchi guruh azolari to`plagan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to`plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To`plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh azolariga tepa-teng buladi (yuqorida kelishilganlik asosida).
İZOH: agar to`plangan ballarni guruh azolariga teppa-teng bo`lishda o`quvchilar tomonidan norozilik bo`lsa yani bazi guruh azolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib umumiy jamoada passiv bo`lgan bo`lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan qiziqmagan bo`lishsa bunday holatda vaziyatni echishni guruh azolariga yuklatiladi. Guruhning echimi to`g’ri hisoblanadi , yoki o`qituvchi o`z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o`quvchi javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.
Umuman olganda agar o`quvchi faollik ko`rsatmagan yoki savol- javoblarda ishtirok etmagan bo`lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani
eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga yosh kichik ball berilishi mumkin. Bu o`quvchi keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo`lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni echimini har bir o`qituvchi sharoitga faoliyatga qarab o`zi hal etishi yoki guruh jamoaga tashlashi mumkin.
Bazida guruhning “hisobchilari” ballarni qo`yishda noaniqlik yoki qo`shib yozishlari mumkin, natijada bazi guruhlarning umumiy to`plagan ballari boshqa guruhlarnikidan juda farq qilishi mumkin. O`quvchilarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan “hisobchi”lariga bog’giq ekanligini o`qituvchi eslatib o`tadi. Agar umumiy to`plagan ballarni guruh azolariga taqsimlanganda shu mashg’ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo`lsa, u holda shu mashg’ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg’ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o`tkazish mumkin.

  1. BOSQİCh

Har bir talabaga ballar qo`yilgach (har bir o`quvchi baholangach) o`qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydilar. Uquvchining faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi.

  • bugungi mashg’ulotdan nimalarni bilib oldingiz?

  • nimalarni o`rgandingiz ?

  • nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi?

  • yana nimalarni bilishni istar edingiz?


  1. BOSQİCh

O`qituvchi o`quvchining javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi.
“MULOQOT” texnologiyasi. Trening haqida tushuncha
Ushbu trening o`quvchida dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo`lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichi; guruhlarga bo`lgan holda o`tkaziladi.
MAQSAD.
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo`lgan munosabatlarni aniqlashga, mustaqil holda umumiy bir fikrlarga kelishiga va to`g’ri hulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratadi.
O`tkazilish tartibi.
O`qituvchi mashg’ulotni boshlaashdan avval tinglovchilarni muloqot, bahs- munozarani o`tkazishga qo`yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so`ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o`tkazilishini tushuntiradi.

  1. BOSQİCh.

O`qituvchi mashg’ulotni o`tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Siz qaysi madaniyat tarafdorisiz: Sharq yoki Evropa? “Shu mavzuni o`rtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madaniyati va Evropa madaniyati tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo`ladi.

  1. BOSQİCh.

Har bir guruhdagi tinglovchilar o`z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o`z fikrlarini tasdiqlovchi ko`rgazmali materiallar, imkoni bo`lsa videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so`zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlari esa o`z fikrlarini qo`shimcha qilishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko`rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi.

  1. BOSQİCh.

Guruhlar himoyaga tayyor bo`lgach o`qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun so`z beradi (himoyaga chiqish ihtiyoriy ravishda bo`lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so`zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so`zini tugatgach, guruhning qolgan azolari o`z fikrlarini bilan qo`shimcha fikrlar bildirishi mumkin.

  1. - BOSQİCh.

Mashg’ulotning 3-bosqichidagi kabi bu ham o`qituvchi navbatdagi guruh
vakiliga himoya uchun so`z beradi. İkkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o`z mavzusiga himoya qiladi. Himoya tugagach, o`qituvchi mashg’ulotning keyingi bosqichiga o`tadi. Har ikkala guruhning himoyasi o`qituvchi iloji boricha halaqit bermaslikka o`z fikr mulohazasini bildirmaslikka savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishga va muloqotni o`tkazishga qo`yilgan talab qoidalarni to`liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichida asosan ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.

  1. - BOSQİCh.

Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida shuningdek o`z guruhlarinig fikrlarini yanada takidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo`shilishlariga davat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o`zlarining chiqishlari bilan barchaga tasir ko`rsatishga, o`z fikrlarini maqullashga harakat qiladilar. Uqituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, yani u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.

  1. - BOSQİCh.

O`qituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, maqullaydigan so`zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o`zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasi bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollirga kerakli javobni berishga harakat qiladi.
Mashg’ulot ohirida o`qituvchi har ikkala guruhni mashg’ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg’ulotni yakunlaydi.

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin