Bunda boshqaruv shakli: oliy davlat hokimiyati va boshqaruvning yuqori organlarini tashkil etish va tuzishning muayyan tartibidan;
Davlat tuzilish shakli: davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar o‘zaro munosabatlarining muayyan tartibidan;
Siyosiy (davlat) rejimi: davlat (siyosiy) hokimiyatni amalga oshirish uslublari va yo‘llaridan iborat.
Davlat shakli tushunchasi o‘z ichiga qo‘ydagilarni oladi:
A) oliy davlat hokimiyatini tashkil etishni, oliy davlat
hokimiyati manbalarini, hamda oliy davlat organlarining o‘zaro va
aholi bilan o‘zaro munosabati prinsiplarini;
B) davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishini, yaxlit tuzilma sifatidagi davlatning o‘z tarkibiy qismlari bilan o‘zaro aloqasini;
B) davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va
metodlarini.
1. Davlat shakliga ta’sir etuvchi omillar:
davlatning mohiyati;
davlatning tipi;
siyosiy kuchlar nisbati;
aholining milliy tarkibi;
tarixiy an’analar;
mamlakatning hududiy sathi.
Taniqli rus yuristi va faylasufi I.A.Ilinning ta’kidicha «aholining ko‘p millatli tarkibi davlat shakliga nisbatan qator talablar qo‘yadi. U davlatning tarqab ketishiga omil bo‘lishi va halokatli fuqarolik urushlariga olib kelishi mumkin».
Ushbu fikrning isboti tariqasida Yugoslaviya, Checheniston voqealarini keltirishimiz mumkin.
I.A.Ilinning ushbu fikri davlatlarga ogohlanirishdek tuyuladi: har bir xalqning o‘ziga hos, o‘ziga mos alohida individual davlat shakli va faqat uning o‘zigagina mos keladigan konstitutsiyasi bo‘lishi shart. Dunyoda bir hil xalqlar bo‘lmagani kabi, bir hil shakl va Konstitutsiya ham bo‘lmaydi. Boshqa davlatlar shakli va Konstitutsiyasini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish va ularga taqlid etish bema’nolik bo‘lib, u xavfli va halokatga olib kelishi mumkin.
a) XX-asr (ning oxiri) va XXI asr davlat shakli masalasiga o‘z korrektivlarini kiritmoqda. Davlat shakli, xususan boshqaruv shaklining turli ko‘rinishlari o‘rtasida o‘zaro yaqinlashuv jarayonlari sodir bo‘lib, natijada «aralash», «gibrid» shakllar vujudga kelmoqda. Bunday holat hozirgi zamon siyosiy taraqqiyotida yangi tendensiyalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda va u, ya’ni davlat shaklidagi bunday o‘zgarishlar davlatning boshqariluvchanligini oshirish, ijro hokimiyati organlariga keng mustaqillik berish va barqaror etish zaruratidan kelib chiqmoqda.
Bunday holat, ma’lum darajada obyektiv xarakterga ega. Chunki, davlat shakli, huddi uning mohiyati kabi, hech qachon o‘zgarmaydigan, uzil-kesil belgilab qo‘yilgan bo‘lmaydi ham. Davlat shakli ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy g‘oyaviy va boshqa omillar ta’siri ostida doimiy rivojlanish va o‘zgarish jarayonini boshdan kechirib kelmoqda.
L.Gumplovichning o‘rinli ta’kidicha, «davlatning farqlanishi yoki davlat shakllarining xilma-xilligi haqidagi ta’limot, huddi davlat tushunchasining ta’rifi kabi aniq belgilanmagan va o‘zgaruvchandir».
Demak, davlat shakli haqida aniq ta’limotning yo‘qligi obyektiv tusga ega bo‘lib, bu holat davlat shaklining turli omillar ta’siri ostida doimo o‘zgarib turishi bilan ham bog‘liq.
Masalan, boshqaruv shaklining bir ko‘rinishdan ikkinchisiga o‘tish hollari ko‘p kuzatilmoqda. RF, xususan prezidentlik respublikasi hisoblansada, unda boshqaruv shaklining boshqa ko‘rinishlariga xos bo‘lgan holatlar mavjud: hukumatni Prezident nazorat qilishi prezidentlik respublikasiga hos jihat bo‘lgani holda, parlamentning quyi palatasi hukumatga ishonchsizlik bildirishi mumkin, garchi bu holatda hukumat taqdirini Prezident hal etsa-da.
v) Tuzilish shakli - davlatning tuzilish shaklida milliy aspekt katta ahamiyatga ega, ko‘p millatli davlat sharoitida har bir millatning xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
Ko‘p millatli davlatda davlat tuzilish shaklining maqbul ko‘rinishi bo‘lib, milliy davlat federatsiyasi hisoblanadi.
Siyosiy-huquqiy (atama, hodisa) hisoblangan «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash» huquqi mazmunida ham o‘zgarish bo‘lmoqda, masalan, hozirgi kunda «inson huquqlarining millat, xalq huquqidan ustuvorligi» prinsipi yoyilmoqda. Ayni paytda birontayam davlat Konstitutsiyasida federatsiya tarkibidan chiqish huquqi mustahkamlanmagan.
Ko‘p millatli davlatlar davlat tuzilishida avtonomiya shaklini qo‘llaydilar. Avtonomiyaning: