Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli


Hozirgi zamon davlati siyosiy rejimi va uning ko‘rinishlari. Totalitarizm



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə6/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Hozirgi zamon davlati siyosiy rejimi va uning ko‘rinishlari. Totalitarizm.


Davlatlar u yoki bu tarixiy tipga tegishliligi, shuningdek, muayyan davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilish shakliga ega bo‘lishlaridan tashqari bir-birlaridan o‘z siyosiy rejimlari bilan ham farqlanadilar.
Siyosiy rejim (davlat rejimi) deganda hokimiyat tepasida turgan guruhlar, sinf yoki qatlamlarning davlat hokimiyatini amalga oshirish uslublari yig‘indisi tushuniladi.
Siyosiy (davlat) rejim davlat shaklining eng harakatchan (dinamik) qismi bo‘lib, u atrofdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy muhitda sodir bo‘ladigan eng muhim jarayonlar va o‘zgarishlarga, xususan, ijtimoiy-siyosiy kuchlar nisbatiga sezgirlik bilan e’tibor beradi.
Ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotda siyosiy rejimning tor va keng ma’nodagi talqini mavjud. Tor ma’noda u davlat rahbarligining usul va vositalari yig‘indisi deb deb tushunilsa, keng ma’noda esa, u - shaxsning demokratik huquq va siyosiy erkinligining kafolatlanganlik darajasini, rasmiy konstitutsiyaviy va huquqiy shakllarning siyosiy amaliyotga muvofiq kelish darajasi, hokimiyat tuzilmalarining davlat va ijtimoiy hayotning huquqiy asoslariga nisbatan bo‘lgan munosabatini anglatadi.
Siyosiy (davlat) rejimi - bu davlat hokimiyatining amalga oshirishda hokimiyat subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuidir.
Davlat rejimi ham boshqarish va tuzilish shakli kabi bevosita hokimiyat bilan aloqadir, biroq bu bog‘liqlik o‘ziga xosdir. Siyosiy rejim to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat organlari tizimi, yoki davlatning hududiy bo‘linmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki, umuman, davlatning amal qilishi, hokimiyatning tashkiliy-rasmiy ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Siyosiy rejimning tushunchasi to‘g‘risida yurist-olimlar orasida fikrlar xilma-xilligi mavjud. Yuqoridagi ta’rif keng tarqalgani hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda siyosiy rejimni «davlat hokimiyatning tashkil etilish shakli, ifodasi bo‘lib, u jamiyatdagi demokratiyaning (xarakteri) va siyosiy erkinlikning xarakteri va holatida, ahvolida ifodalanadigan» kategoriya sifatida ham tushunish mavjud (V.S.Petrov).
Yana bir yondashuvga ko‘ra, siyosiy rejim davlat xokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalari yig‘indisi bo‘lib, ular orqali davlat hokimiyati o‘zining mavjudligini va faoliyatini legitimlashtiradi. Legitimlash deganda, hokimiyat mohiyatining xalqning adolat to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos kelishi tushuniladi.
Siyosiy rejimni butunlay boshqacha tushunuvchi yondashuvlar ham mavjud: M.Orniu (Osnovo‘ publichnogo prava. M, 1929) siyosiy rejimni hokimiyatning davlatiy va nodavlatiy holati sifatida tavsiflaydi. U ma’muriy va konstitutsiyaviy rejimlarni ham ajratadi, qisqasi u siyosiy rejim tushunchasini davlat tuzumi bilan, konstitutsiyaviy rejimni ijtimoiy tuzum bilan cheklashtiradi.
Siyosiy rejim davlat shaklining eng dinamik, harakatchan tarkibiy qismi bo‘lib, u jamiyatdagi o‘zgarishlarga juda sezuvchandir. Davlat rejimini anlamasdan turib, davlatning mohiyat va mazmunini anglash qiyin. (Masalan, nima uchun monarxiya boshqaruvi bo‘lsada, ba’zi davlatlarda demokratiya kuchliroq, ba’zi respublika shaklidagi davlatlarda esa aksincha va h.k.).
Davlat rejimi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmasdan, balki qator obyektiv va subyektiv faktorlar ta’siri ostida tarkib topadi.
Siyosiy rejim mohiyatini anglashda davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro ta’siri qanday yo‘llar va usullar bilan amalga oshirilishi, siyosiy sohada ijtimoiy qatlamlarning haqiqiy munosabati qanday namoyon bo‘ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy mavqei qanday, aholini boshqarish bo‘yicha davlat organlari aslida qanday rol o‘ynaydilar kabi savollarga javob topish mumkin.
Siyosiy rejimlarning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud. Muayyan siyosiy rejimning shakllanishiga juda ko‘p omillar, chunonchi, davlat mohiyati va shakli, qonunchilik xarakteri, davlat organlarining real vakolatlari va ular faoliyatining huquqiy shakli, ijtimoiy-siyosiy kuchlar nisbati, hayot darajasi va standartlari, iqtisodiy ahvol, sinflararo munosabat, mamlakatning tarixiy an’analari, ijtimoiy-siyosiy muhit, xalqaro ahvol ta’sir o‘tkazadi.
Muayyan siyosiy rejimning shakllanishiga ta’sir etuvchi obyektiv omillar quyidagilardir:

  1. 1) iqtisodning xarakteri: uning markazlashuvi yoki
    nomarkazlashuvi, rejalashtirilganligi yoki bozor iqtisodiyotining
    amal qilishi;

  2. jamiyatning rivojlanish darajasi;

  3. jamiyatning umumiy, siyosiy va huquqiy madaniyati;

  4. davlat tipi va shakli;

  5. jamiyatda ijtimoiy-sinfiy kuchlar nisbati;

  6. tarixiy, milliy, diniy va madaniy an’analar;

  7. jamiyat tepasida turgan siyosiy elitaning xususiyati. Siyosiy rejimga ta’sir etuvchi subyektiv omillar:

- xalq ruhi va irodasi
Xalq siyosiy rejimga o‘zining sust, zaif, befarq munosabati bilan salbiy hamda faol, maqsadga yo‘naltirilgan munosabati bilan ijobiy ta’sir etishi mumkin.
Siyosiy rejimning tarkibiy qismi sifatidagi davlat rejimini tavsiflovchi jihatlar quyidagilardir:
1.Davlat hokimiyati organlarini shakllantirish usuli va tartibi;
2.Davlat organlari o‘rtasida vakolatlar taqsimoti tartibi va o‘zaro munosabati;
3.Fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlanganlik darajasi;
4. Huquqning jamiyat va davlat ishlarini hal etishdagi roli;
5.Davlat mexanizmida armiya, politsiya, razvedka va boshqa maxsus xizmatlarning o‘rni;
6.Fuqarolar va ular birlashmalarining jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtiroki;
7.Jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etishning asosiy vositalari.
Turli tarixiy davrlarda turlicha rejimlar shakllangan, masalan, quldorchilik tuzumiga despotik, teokratik monarxiya, aristokratik oligarxiya, quldorlik demokratiyasi rejimlari mansub bo‘lgan bo‘lsa, feodalizm davrida mutlaq, «feodal demokratiya-si»ning o‘ziga xos rejimlari: klerikal-feodal, harbiy-politsiya, «ma’rifatli absolyutizm» rejimlari bo‘lgan, kapitalistik tuzumda esa liberal, burjua-demokratik yoki konstitutsion, bonapartcha, harbiy-politsiya, fashistik, shuningdek, «fashistsimon», masalan, korporativ yoki irqchi-millatchi, yana diktator-monopol, qo‘g‘irchoq, ba’zi islom davlatlarida klerikal-fundamental siyosiy rejimlar amal qilgan.
Siyosiy rejimlarning turlichaligiga qaramay ularni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:

  • demokratik siyosiy rejim;

  • g‘ayridemokratik siyosiy rejim.


Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin