Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə5/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Malayziya - 13ta shtat va 2ta federal territoriya(Kuala-Lumpur va Labuan oroli); Meksika - 31ta shtat va 1ta poytaxt federal okrugi; Nigeriya - 30ta shtat va Abudja federal poytaxt hududi; Pokiston -4ta provinsiya va Islomobod federal poytaxt okrugi; RF - 88 ta teng huquqli subyekti: 21ta respublika, 5ta o‘lka, 49ta viloyat, federal ahamiyatidagi 2ta shahar, 1ta avtonom viloyat, 10ta avtonom okrug; AQSH - 50ta shtat va Kolumbiya federal okrugi; Tanzaniya - 2ta subyekti bor: mamlakatning materik qismi - Tanganika va orol qismi - Zanjibar; Shveytsariya - 23ta kanton va 3ta yarim kanton; Efiopiya federativ demokratik respublikasi - 9ta shtat; Yugoslaviya Ittifoq respublikasi - Serbiya va Chernogoriyalardan iborat.
Konfederatsiya - bu suveren davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy vazifalarni birgalikda yechish uchun tuzilgan ittifoqidir (lotincha «konfederatsio» - hamjamiyat).
Konfederatsiya federatsiyadan farq qilib, u muayyan, cheklangan maqsadlarga erishish uchun muayyan tarixiy davr doirasida tuziladi. Konfederatsiyani tuzgan davlatlar suveren bo‘lib qolaveradi, xalqaro munosabatlar subyekti bo‘laveradi, o‘z fuqaroligini, hokimiyat organlari va boshqaruv tizimlarini, sudlov tizimini saqlab qoladi.
Ta’kidlash lozimki, konfederatsiya kam uchraydigan va uncha barqaror bo‘lmagan tuzilma, shu bois ko‘zlangan maqsadlarga erishgach, tarqalib ketadi (masalan, Misr va Siriya arab-isroil nizosi vaqtida Birlashgan Arab Respublikasini tuzgan edilar, u Yaqin Sharqda ahvol normallashgach, tarqalib ketgan) yoki ba’zan federativ davlatga aylangan, masalan, Shveytsariya federatsiyasi 1848 yilgacha konfederatsiya shaklida mavjud bo‘lgan.
Konfederatsiya doirasida qabul qilingan aktlar, a’zolarning oliy hokimiyat organi tomonidan ma’qullanishi lozim. Konfederatsiya a’zolari o‘zlarining mustaqil daromad manbalariga ega bo‘lib, ularning ma’lum qismini konfederatsiya budjetiga o‘tkazishadi. Armiya ham a’zo davlatlar harbiy qismlaridan iborat bo‘lib, u umumiy qo‘mondonlik ixtiyoriga umumiy qarorga ko‘ra jo‘natiladi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi - MDHni ham o‘ziga xos konfederatsiya shakli degan fikrlar ilmiy adabiyotda uchrab turmoqda, chunki u bir payt yagona bo‘lgan davlat - SSSRning tarqalib ketishi natijasida paydo bo‘ladi, shu bois unda iqtisodiy, siyosiy, harbiy maqsadlar bilan bir qatorda, ushbu davlatlar xalqi o‘rtasida tarixiy, etnik, madaniy birlikni mustahkamlash, uni yo‘qotmaslik kabi vazifalar turibdi. Bunday birlik bu ittifoqning tezda to‘laqonli bo‘lishiga xizmat qilmog‘i lozim edi, ammo amalda u hali shakllanish bosqichini o‘tmoqda.
Keyingi paytlarda qit’aning 25 davlatini birlashtirgan Yevropa Ittifoqi konfederativ birlashuvga misol bo‘la oladi, degan fikr ilmiy adabiyotlarda uchrab turibdi. Fikrimizcha, bu masala munozarali bo‘lib, u keng ilmiy jamoatchilikning e’tirofiga muhtoj.



Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin