Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə7/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Demokratik siyosiy rejim - bu davlat hokimiyatini ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi va ozchilikning qonuniy manfaatlari hamda huquqlarini hurmat qilish asosida amalga oshirish uslublari yig‘indisidir.
qadimgi demokratiya siyosiy rejimi quldorlarga keng huquq va erkinliklar bergan, qullarni esa barcha huquqlardan mahrum etgan. Bunday rejim aristokratik rejim deb nomlangan.
Bunga yaqin turgan siyosiy rejim bu oligarxiya (ozchilik hokimiyati) - bir guruh ekspluatatorlar hukmronligidir. Uning bir turi bo‘lgan moliyaviy oligarxiyada aristokratik rejimdan farq qilib, hokimiyat meros tariqasida o‘tmay, balki eng boy odamlar hokimiyati bo‘lgan. Jamiyat rivojlana borgan sari bu siyosiy rejimlar ularga nisbatan demokratik bo‘lgan rejimlar bilan almashgan.
«Demokratiya» so‘zi ―xalq hokimiyati‖ degan ma’noni anglatadi -unda hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan kollegial organ tomonidan amalga oshiriladi. Ayni paytda demokratik siyosiy rejim turli davlatlarda har xil bo‘ladi, bu aholining saylab qo‘yiladigan organda vakilligi darajasi, xalqning davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilinishida bevosita ta’siri imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois bevosita va vakillik demokratiyalari farqlanadi. Bevosita demokratiyada aholining davlat va jamoat hayotiga oid masalalarni hal etishda referendum, manifestatsiya, zabastovka, mitinglar yo‘li bilan qatnashishi tushuniladi.
Vakillik demokratiyasida esa, xalq o‘zi shakllantirgan davlat organiga - parlament, prezident, ta’sis majlislariga o‘ziga tegishli hokimiyatning ma’lum qismini beradi. Demokratik davlat mana shu bevosita va vakillik demokratiyasini qo‘shib olib borilishiga asoslanib quriladi.
Fayridemokratik siyosiy davlat rejimi - bu davlat hoki-miyatini ko‘pchilik yoki ozchilikning ham fikrini hisobga olmasdan o‘zboshimchalik asosida amalga oshirish uslublari yig‘indisidir.
Ayni bir siyosiy rejim davlat turli boshqaruv shakllarida mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqaruv shakliga ko‘ra Angliya -cheklangan monarxiya, Germaniya va Italiya - parlament respublika-lari, AQSH - prezidentlik respublikasi, Fransiya - aralash respublika, biroq bu mamlakatlarda burjua demokratiyasi rejimi mavjud, va aksincha, davlat boshqaruv shakli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda siyosiy rejim turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqaruvning parlamentlik respublika shakli joriy qilingan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat rejimlari turlicha: demokratiyadan to fashistik rejimgacha.
Demak, siyosiy (davlat) rejim davlat shakli kabi yetarli darajada mustaqil namoyon bo‘ladi. Uning yordamida hukmron sinflar davlat boshqaruvi va tuzilishining formal asoslarini bo‘zmay, davlat shaklini mamlakatdagi o‘zgaruvchan siyosiy vaziyatga moslashtirishlari mumkin. Davlat rejimi mamlakatdagi vaziyatga eng beriluvchan barometrdir. U o‘zining mohiyatini o‘zgartirmasdan turib, davlatning u yoki bu rivojlanish bosqichida turli jihatlari bilan namoyon bo‘ladi va doimiy tarzda davlat tuzilishiga, boshqaruv shakliga, davlat apparatining tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat siyosiy rejimiga xos bo‘lgan qonuniyat shundan iboratki, jamiyatda umumiy yoki xususiy manfaatlarning muayyan nisbati davlat rejimining o‘zgarishiga olib keladi va, aksincha davlat shaklining o‘zgarishi siyosiy rejimni o‘zgarishiga olib keladi.

Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin