Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə3/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

milliy-hududiy

  • milliy-madaniy

  • ko‘rinishlari mavjud.

    Milliy-hududiy avtonomiya - o‘ziga xos milliy davlatlar shaklida bo‘lib, ular o‘z Konstitutsiyasi, qonunchiligi, hukumati, oliy sud organi, fuqaroligiga ega bo‘lishgan.
    Milliy-madaniy avtonomiya - bu alohida etnik guruhlarni maxsus maqomi tushunilib, u ko‘p millatli davlatda uchraydigan ziddiyatlarni hal etishning huquqiy shakli hisoblanadi.
    Milliy-madaniy avtonomiyaning g‘oyalari XX asr boshlarida Avstro-Vengriya uchun Avstriya sotsial-demokratlari liderlari Karl Renner, Otto Bauer va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
    Davlatlararo hamkorlikning hozirgi zamon tashkiliy-huquqiy shakllari
    Davlatlararo integratsiyaning yangi shakllari vujudga kelmoqda, ular «uyushma, davlatlararo ittifoq, hamjamiyat» kabi atamalar bilan nomlanmoqda.
    Davlatlararo birlashma - davlatlararo shartnoma asosida barpo etilgan va qatnashuvchi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy integratsiyasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadigan davlatlar ittifoqidir.
    Davlatlararo birlashmalarga misol qilib, quyidagilarni keltirish mumkin.

    1. Millatlarning Britan hamdo‘stligi - 1946 yilgacha, hozirda esa Hamdo‘stlik deb nomlanadi;

    2. Yevropa Ittifoqi - 1993 yilgacha - Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati deb nomlanadi;

    3. Yevropa Kengashi;

    4. MDH:(1991 yil 10 dekabrda tashkil etilgan).

    5. Belorussiya va Rossiya Ittifoq davlati - 1997 yilda shakllana boshlagan va b.



    Hozirgi zamon davlat boshqaruv shakli xususiyatlari

    Davlatning boshqaruv shakli deganda - davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va markaziy organlari, ularni tashkil topish tartibi va tuzilishi kompetensiyasi, bu organlarning o‘zaro munosabati, davlat oliy hokimiyat organlarini shakllantirishda aholining ishtiroki kabilar tushuniladi


    Muayyan jamiyatda davlat hokimiyati kim tomonidan va qay yo‘sinda amalga oshirilishi masalasi insoniyatni qadim zamondan qiziqtirib kelgan. O‘z zamonasining yirik mutafakkirlari Arastu va Platonlar qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil topishi va amalga oshirilishining turli shakllarini o‘rganib, bu davlatlarda kim va qanday tarzda hukmronlik qilishiga, ya’ni boshqaruv shakllari mezoniga qarab ularni tasniflashga uringanlar.
    Avgustin, Gobbs, Monteskye, Lokk, Russo, Radihev va boshqalarning asarlarida davlat boshqaruv shakllari haqidagi bilimlarni umumlashtirishga va tizimlashtirishga harakat qilingan. XX asrga kelib markscha nazariya vakillari davlat boshqaruv shaklini davlat tipi, uning sinfiy tuzilishi, jamiyatning iqtisodiy bazisi bilan bog‘liqlikda qaraganlar.
    Davlat boshqaruv shakliga boshqa omillar ham ta’sir etadi: tarixiy an’analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatning mafkuraviy va siyosiy darajasi, ekologiya va h.
    Shunday qilib, davlat boshqaruv shakli - bu muayyan davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish uslublari yig‘indisidir. Bu ta’rif kengroq bayon qilinsa, bu oliy hokimiyatni, uning oliy va markaziy organlarini tashkil etish, ularning strukturasi, kompetensisi, bu organlarning tashkil topish tartibi, bu organlar vakolatlarining muddatlari, xalqning bu ishlardagi ishtiroki darajasini anglatadi.
    Davlat boshqaruvining asosiy shakllari: monarxiya va respublika hisoblanadi.
    «Monarxiya» atamasi yunoncha bo‘lib, («monos» - yakka, «arxe» -hokimiyat), «yakkahokimlik», «yakkahukmronlik» ni anglatadi.
    Boshqaruv shakli sifatida monarxiyaga aniq yuridik xususiyatlar xos. Davlat monarx shaxsida namoyon bo‘ladi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i, xalq vakili, millatning «otasi», fuqarolarni davlatga birlashtiruvchi shaxs bo‘lib chiqadi.
    Monarxga hokimiyat to‘laligicha tegishlidir. Uning hokimiyati oliy va suveren hisoblanadi. U davlatda oliy hokimiyat timsolidir, qoida bo‘yicha uning hokimiyati din himoyasiga olinib, muqaddas sanalgan.
    Monarxiyaning belgilari:
    1) monarx hokimiyati meros tariqasida avloddan avlodga o‘tgan;
    2) hokimiyatning bir shaxs qo‘lidan boshqasiga o‘tishida
    xalqning ishtiroki talab qilinmaydi;
    3) monarxning hokimiyat tepasida turishi muddatsiz va umrbod
    bo‘lgan;
    4) u har qanday javobgarlikdan ozod bo‘lgan, ya’ni u o‘z
    boshqaruvining oqibatlari uchun biron yuridik yoki siyosiy
    javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan.
    Monarxiyaning o‘zi ham ikki ko‘rinishda bo‘ladi: mutlaq (cheklanmagan) monarxiya va cheklangan monarxiya.
    Mutlaq monarxiyaning asosiy jihati shundaki, monarxning to‘la hokimiyatini hech bir davlat organi cheklay olmaydi, unga tazyiq va ta’sir eta olmaydi.
    Mutlaq monarxiyada monarx davlatning yagona, birdan-bir oliy hokimiyat organi hisoblanadi. U qonun chiqarish funksiyasini bajargan, chunki monarxning erki huquq va qonun manbai hisoblangan, ijro hokimiyati organlarini boshqargan, odilsudovni nazorat qilgan, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlari monarx qo‘lida to‘plangan. Masalan, XVII-XVIII asrlardagi Rossiya, 1789 yilgi revolyutsiyaga qadar bo‘lgan Fransiya. Biroq, mutlaq monarxiyalarning amal qilish muddatlari o‘zoqqa cho‘zilmagan, feodal tarqoqligiga muqobil-alternativ sifatida vujudga kelib, ma’lum vaqt o‘tishi bilan ular yo shaklan o‘zgargan yoki cheklangan monarxiyaga aylanganlar yoxud burjua revolyutsiyalari natijasida o‘z o‘rnini boshqaruvning boshqa shakliga bo‘shatib bergan (Avstriya, Rossiya, Polsha, Fransiya).
    Cheklangan monarxiyada monarx hokimiyati saylab qo‘yiladigan organ - parlament yoki maxsus huquqiy akt - Konstitutsiya bilan cheklangan bo‘ladi. Shu bilan birga ko‘pgina cheklangan monarxiya davlatlarida ham parlament, ham konstitutsiya vositasi bilan monarx hokimiyati cheklangan bo‘ladi.
    Cheklangan monarxiya ham ikkiga bo‘linadi: dualistik va parlamentlik monarxiyasi.
    Parlamentlik monarxiya davlatlari (hozirgi Angliya, Kanada, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya) da qirol monarx vazifasini o‘tasada, mamlakatni to‘la ma’noda boshqara olmaydi. Davlat boshlig‘i - monarx tomonidan tayinlangan vazirlar parlamentning ishonch votumiga bog‘liq bo‘ladi, monarx ―keyinga qoldirish‖ - veto huquqiga hamda qonunda belgilangan holda parlamentni tarqatish huquqiga ega. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko‘p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko‘p deputatlik mandatlariga ega bo‘lgan partiya rahbari hukumat boshlig‘i bo‘ladi. Qonun hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx tomonidan imzolanadi. Qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma’noga ega. Parlament hatto monarxning shaxsiy hayotini ham tartibga solib turadi (nikoh, saroy xizmati masalalarida).
    XXI asr bo‘sag‘asida ham monarxiya boshqaruv shakli o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 1975 yilda Ispaniya xalqi monarxiya o‘rnatilishi tarafdori bo‘lgan. Rossiya, Ruminiya, Ukrainada monarxiya tiklanishi ehtimoli haqida fikrlar aytildi. Bu davlatlarda monarxiyaning saqlanishi - an’anaga hurmat tarzidadir. Ayni paytda, monarx sifatidagi davlat boshlig‘i - lavozimining saqlanishi - bu davlatlardagi barqarorlikning saqlanishi, ularning o‘z tarixiy o‘tmishlariga va o‘z davlatchiliklariga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini anglatadi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon davlatlarida monarxiyaning mavjud bo‘lishi uchun kuchli tarixiy an’ana va xalqning bunga ruhiy jihatdan tayyor ekanligi muhim hisoblanadi.
    Dualistik monarxiya (o‘tmishda Prussiya, Avstriya, Italiya, Ruminiya, hozirda - Marokko, Iordaniya va b.) da butun ijro hokimiyati monarx qo‘lida to‘plangan bo‘ladi, u hukumatni shakllantiradi, vazirlarni tayinlaydi, almashtiradi, «veto» va parlamentni tarqatib yuborish huquqidan keng foydalanadi. Monarx cheklanmagan miqdorda farmonlar chiqarish huquqiga ega, bu farmonlarning kuchi qonunga teng, ba’zan esa undan yuqori bo‘ladi.
    Teokratik monarxiya - bunda monarx davlatni boshqarishdan tashqari, uni diniy jihatdan boshqarishni ham o‘z qo‘liga olgan bo‘ladi (masalan, Saudiya Arabistoni).
    Boshqarishning respublika shakli - bunda oliy hokimiyat -davlat hokimiyatining muayyan muddatga saylab qo‘yilgan organlarga tegishli bo‘lishini anglatadi.
    Boshqaruvning hozirgi zamon respublika shakli uchta turga bo‘linadi: a) parlamentlik respublikasi;
    б) prezidentlik respublikasi;
    в) aralash (yarim prezidentlik) respublikasi.
    Parlament respublikasida qat’iy belgilangan muddatga oliy vakillik qonun chiqaruvchi organ saylanadi. Parlamentga oliy davlat hokimiyati mansub bo‘ladi va faqat oliy qonun chiqaruvchi organ bo‘libgina qolmasdan, o‘z hokimiyatining vakillik xarakteriga asoslangan holda ijro hokimiyati organlarini tuzadi, ya’ni prezidentni saylaydi, hukumatni shakllantiradi. Bunday tuzilishdagi davlatda ijro hokimiyatining ahvoli parlament qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
    Ijro hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyatga bog‘liqligi yana shunda ko‘rinadiki, parlament hukumat tarkibini belgilaydi, u qabul qiladigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi, hukumat tarkibida o‘rin almashtirishlar, qayta joylashtirishlarni amalga oshiradi, hukumatni to‘la tartibda yoki uning bir qismini yoxud ba’zi a’zolarini iste’foga chiqaradi. Ayni paytda parlamentning tarqatib yuborilishi yoki undagi siyosiy-partiyaviy ko‘pchilik va kamchilik o‘zaro nisbatining o‘zgarishi - bevosita, avtomatik ravishda partiyaviy ko‘pchilik prinsipi bo‘yicha shakllangan hukumatning iste’foga chiqishiga olib keladi. Agar parlamentda bir siyosiy partiya tomonidan aniq ko‘pchilik bo‘lmasa, koalitsion hukumat tuziladi.
    Parlament qo‘lida hokimiyatning to‘planib qolishi mamlakatdagi mavjud ko‘p partiyaviylik orqali muvozanat qilib turiladi, ya’ni parlamentda, hukumatda turli siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etishadi, ular bir-birlarining faoliyatini tanqidiy tahlil eta borib, oxirida ma’lum bir muvozanatli qaror qabul qilishga kelishadilar, odatda bunday qarorlar, nisbatan ko‘pchilikning manfaatiga mos keladigan bo‘ladi.
    Shu bois, parlament respublikasining eng muhim sharti bo‘lib, rivojlangan ko‘p partiyalik tizimning mavjudligidir.
    Ijobiy tomoni: oliy hokimiyat shahobchalarining birligi, ya’ni ijro hokimiyati parlament tomonidan shakllantiriladi.
    Kamchiligi: hukumatning parlamentdagi kuchlar nisbatiga bog‘liqligi va shu bois uning nobarqarorligi, partiya tizimi uncha rivojlanmagan hollarda, parlament, hukumat tarkibiga hatto ekstremistik guruhlarning kirib qolishi mumkinligi;
    - parlamentdagi oddiy ko‘pchilikning ustuvorlik holatini suiste’mol qilinish xavfi.
    Parlament respublikalarida prezidentning mavqei (holati) asosan formal-shakliy tusdadir, real hokimiyat hukumat boshlig‘i -premyer-ministrga mansubdir. Sof parlamentlik respublikalari hozirgi kunda ko‘p emas: GFR, Italiya, Hindiston.
    Prezidentlik respublikasi - bunda aholi faqat oliy vakillik qonun chiqaruvchi organinigina saylab qolmay, balki davlat boshlig‘i - Prezidentni ham saylaydi va u ayni paytda ijro hokimiyatining ham boshlig‘i hisoblanadi. Bunday respublikalarda Prezident parlament respublikasiga qaraganda kengroq huquqqa, mustaqillikka ega bo‘ladi.
    Prezident o‘z vakolatlarini suiste’mol qilishning oldini olish maqsadida, Konstitutsiyada ―o‘zaro bir-birini tiyib turish‖ muvozanatni saqlashga qaratilgan murakkab tadbiriy choralar mustahkamlanib qo‘yilgan. Bu Prezidentning «veto» huquqi, prezident impichmenti, ya’ni muddatidan oldin lavozimidan voz kechish va h. Prezident respublikasida hokimiyat turlari bir-biridan mustaqildir, ijro hokimiyati parlament oldida javobgar bo‘lmaydi.
    Aralash (yarim prezidentlik) respublikasida ham prezidentlik, ham parlamentlik respublikasiga xos xususiyatlar uyg‘unlashgan holda, ayni paytda ularga umuman xos bo‘lmagan yangi jihatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Chunonchi, hukumat va prezident o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik aloqaning yo‘qligi xarakterlidir.
    Bir qator davlatlarda xalq tomonidan saylangan prezident formal-yuridik ma’noda ijro hokimiyatiga rahbarlik qilmaydi, konstitutsiyaga ko‘ra, unga rahbarlik hukumatga yuklatilgan (RF), ammo Prezidentning hukumatni shakllantirishiga parlamentning quyi palatasi ishonch bildirishi konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi mumkin.
    Aralash tip boshqaruvli respublikalarga (Fransiya, Portugaliya, Ruminiya, Turkiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Yaman va b.) tegishli bo‘lgan belgilardan biri - bu prezidentning, parlament yoki uning quyi palatasini, ijro hokimiyati bilan yengib bo‘lmaydigan nizo paydo bo‘lib qolishi munosabati bilan, tarqatib yuborish huquqidir.
    Respublika shaklida aholining davlatni boshqarishda qatnashuvi eng ko‘p ta’minlanadi.
    Imperiya - murakkab ko‘p millatli davlat bo‘lib, u qo‘shni davlatlarni zabt etish va kuch bilan o‘z tarkibida ushlab turish yo‘li bilan paydo bo‘ladi va qudratli despotik davlatga aylanadi, masalan, JAR, o‘n yillar davomida o‘z tarkibida Namibiyani ushlab turgan.
    Boshqarishning respublika shakli to‘g‘risida so‘z yuritgan-da sovetcha tip respublikalari to‘g‘risida aytmaslikning iloji yo‘q. Ta’kidlash lozimki, boshqarishning bu shakli sotsialistik tip davlatlarining bir nechasigagina tegishli bo‘lsa-da, va ular hozirgi kunda xuddi «mutlaq monarxiya» kabi anaxronizmga aylanib qolsada, baribir ham ular davlatchilik tarixida o‘rin egallaydi, shu bois ularga hozirgi kun nuqtai nazaridan baho berishga muayyan zarurat mavjud.
    Bu boshqaruv shaklining muhim xususiyatlaridan biri - unda hokimiyatlar bo‘linishining yo‘qligidir. Bundan tashqari, vakillik organi bo‘lgan Sovetlar formal-shaklan butun, to‘la hokimiyatli bo‘lib, u sinfiy yoki boshqa nodemokratik prinsip bo‘yicha saylanar edi. Sovetlar - davlat hokimiyatining vertikal bir-biriga bo‘ysunuvchi organlari yagona piramidasini tashkil etar va shu tarzda kompartiya rahbar organlarining butun hokimiyatliligini niqoblab ko‘rsatar edi.
    Partiyaviy-byurokratik rahbarlikning mavjudligi Sovetlar faoliyatining noprofessional xarakteri bilan belgilangan edi.
    Oddiy misol, Sovetlar deputatlari asosiy ish joylaridan deyarli ajralmagan holda faoliyat yurgizgan, shuningdek, Sovetlar vaqti-vaqti bilan majlisga chaqirilib turilgan, doimiy ishlashmagan. Siyosiy rejimning nodemokratik xarakterdaligi respublika davlat boshqaruv shaklining mazmunini, obro‘sini ko‘tarishga xizmat qila olmagan.
    Sotsialistik respublikaning uch shakli farqlanadi: Parij Kommunasi, Sovet respublikasi va xalq demokratik respublikasi, bularning asosida proletariat diktaturasi prinsipi yotgan.
    Qizig‘i shundaki, respublika to‘g‘risida gap ketganda, ba’zan bu shaklning amalda monarxiya shakli kabi mazmun kasb etgan hollariga tarix guvohlik beradi, chunki respublika shaklidagi totalitar tuzumda monarxiyaning belgilari paydo bo‘lgan: davlat rahbarining umrbod o‘zgarmasligi (masalan, Indoneziyada - Sukarno, Yugoslaviyada - I.B.Tito, JAR prezidenti Bokassoning imperator bo‘lganligi fakti va b.).
    Isroil - hokimiyatning o‘ziga xos tizimiga ega bo‘lgan parlament respublikasidir. 1996 yildan boshlab, bu mamlakat jahondagi yagona davlat bo‘lib, unda Prezident parlament (Knisset) tomonidan, premyer-ministr - bevosita fuqarolar tomonidan saylanadi. Isroil alohida huquqiy akt sifatidagi Konstitutsiyaga ega emas.
    Qisqasi, hayot, ijtimoiy va demokratik rivojlanish davlat boshqaruv shaklining ayrim jihatlarini sinovdan o‘tkazib, muayyan xulosa berishi tabiiydir.



    Yüklə 156,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin