Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli


Hozirgi zamon ko‘p millatli davlatlari sharoitida davlat tuzilishi shakllari muammolari



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə4/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Hozirgi zamon ko‘p millatli davlatlari sharoitida davlat tuzilishi shakllari muammolari

Davlatning tuzilish shakli deganda davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishini, davlat bilan uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi, davlatning alohida bo‘laklari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xarakterini tushunamiz. Davlatning tuzilish shakli faqat ommaviy hokimiyat bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki davlatning yana bir muhim xususiyati, ya’ni aholining hududiy tashkil etilishi bilan ham bog‘liqdir.


Garchi davlatning tuzilish shakli ko‘rinishidan mavhum narsaga o‘xshasa-da, aslida u fuqarolarning huquq va burchlari hajmiga bevosita bog‘liqdir.
Chunonchi o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilgan davlat tuzilishi masalasi davlatning barqarorligini, uning samarali ahamiyatini ma’lum darajada ta’minlaydi, yoki aksincha, davlatning xarakteri va vazifalariga mos bo‘lmagan tuzilish shakli davlatning tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan chegaralangan hududda joylashgan va o‘z faoliyatini, turli funksiyalarini amalga oshirish uchun, markazdan turib boshqarishni yengillashtirish maqsadida o‘z hududini muayyan bo‘laklarga bo‘lib, ularda mahalliy o‘z organlarini ta’sis etishga majbur bo‘ladi. Shu asnoda markaziy va mahalliy organlar o‘rtasida vakolatni bo‘lishga to‘g‘ri keladi, ikkinchi tomondan davlat aholisi ko‘p millatli bo‘lishi mumkin, chunki har bir xalq, millatning o‘z an’analari, davlatchiligining tarixiy tajribasi mavjud, madaniy, til va boshqa ma’naviy ehtiyojlarga ega. Bundan tashqari, subyektiv, tasodifiy omillar ham rol o‘ynashi mumkin (o‘zlashtirib olish, mustamlakachilik ta’siri, siyosiy manfaatlar va b.)
Davlat tuzilishining asosan ikki shakli mavjud: unitar va federativ.
Unitar (yagona, lotincha «unus» - bitta, fransuzcha «unitaire» -yagona, yaxlit) davlat oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birligi bilan farqlanadi, u vertikal bo‘ysunish bo‘yicha qurilgan davlat hokimiyatining yagona organlariga ega. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega: tumanlar, viloyatlar, kantonlar. Biroq bu ma’muriy tuzilmalar mustaqil bo‘lmay, markaziy hokimiyat organlariga bo‘ysunadi, unitar davlat bo‘linmasdir.
Ayni paytda, unitar davlat tarkibida, agar u ko‘p millatli bo‘lsa, alohida ma’muriy-hududiy bo‘linmalar - avtonomiya (mustaqil muxtoriyat) larni tashkil etish mumkin.
Avtonomiya (grekcha «autonomia» - o‘zim - qonun) - davlatning shunday bir bo‘lagiki, u o‘z ichki masalalarini o‘zi yechish huquqiga ega, u bir davlat tarkibida yashovchi xalqlarning soni va rivojlanishidagi notekislik natijasida vujudga kelgan. Avtonomiya unitar davlatdan tashqari federativ davlat tarkibida ham tuzilishi mumkin (masalan, Italiyada - avtonom viloyatlar, RFda - avtonomiyalar: okruglar, viloyatlar, o‘lkalar).
Avtonom tuzilmalarda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi boshqa aholiga qaraganda kengroq bo‘ladi. Biroq, avtonomiyalar mustaqilligi markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina yo‘l qo‘yiladi.
Unitar davlatdagi avtonomiyada vakolat markazdan quyiga berilsa, federatsiyada, aksincha, subyektlardan federatsiyaga beriladi va federatsiya subyektlari teng huquqlidir.
Unitar davlatlar:Buyuk Britaniya, Vengriya, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Gretsiya, Gruziya, Daniya, Dominikan respublikasi, Misr arab respublikasi, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Yyemen, Qozog‘iston, XXR, Kolumbiya, KNDR, Koreya Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Livan, Liviya, Lyusemburg, Makedoniya, Malta, Marokko, Mongoliya, Myanma, Niderlandiya, Yangi Zelandiya va b. Janubiy Afrika respublikasi - federalizm elementlariga ega unitar davlatdir, 9ta provinsiyasi keng vakolatlarga ega, shu jumladan, qonun chiqarish avtonomiyasiga ham.
Federativ davlat (lotincha «federatio» - ittifoq, birlashish) -murakkab tuzilma bo‘lib, u o‘z tarkibida ma’muriy-hududiy yoki milliy tuzilmalarga - federatsiya a’zolari (subyektlari)ga ega bo‘ladi va ular muayyan darajada mustaqillikka ega bo‘ladilar (AQShda - shtatlar, GFRda - yerlar, Shveytsariyada -kantonlar).
Federatsiyada butun federatsiya uchun umumiy bo‘lgan oliy hokimiyat va boshqaruv organi tuziladi, ayni paytda federatsiya subyektlarida ham o‘z oliy hokimiyat va boshqaruv organi saqlanadi, ba’zan o‘z qonunchiligi, soliqlar tizimi, sud organlariga ham ega bo‘lishi mumkin. Federatsiya a’zolarining manfaatini ifoda etish uchun umumdavlat miqyosida ikki palatali parlament tuziladi (AQSH, Shveytsariya, RF).
Unitar davlat ko‘p millatli, federativ davlat esa asosan yakka millatli ham bo‘lishi mumkin, masalan, Bolgariya - ko‘p millatli unitar davlat, AQSH esa, bir millatli federativ davlat.
Bu ikki davlat tuzilishi shakli o‘rtasidagi asosiy farq -hududlarining bo‘linish shakli va davlat hokimiyati organlarini tashkil etish tizimidadir.
Ayni paytda aholining milliy tarkibi davlat tuzilishi shakliga ta’sir etmay qolmaydi, shu bois federativ davlatlarni ma’muriy federatsiya (AqSH, GFR, Meksika, Braziliya va b.) va milliy federatsiya (YUSFSR, CHSFR, SSSR, RF va b.) ga bo‘lish mumkin. Ma’muriy federatsiyada hududlarning bo‘linishi asosiga obyektiv mezonlar: joylarning relyefi, tuzilishi, iqlimiy sharoitlar, foydali qazilmalarning joylashuvi, aholi zichligi, mavjud xo‘jalik-iqtisodiy aloqalar, tarixiy an’analar va b. Qo‘yiladi.
Milliy federatsiyada esa, hududiy bo‘linishga asos qilib, subyektiv omil bo‘lgan aholining milliy tarkibi olingan. Shu sababli milliy federatsiyalar davlat tuzilishining mustaqil shakliga aylana olmadi, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, SSSR federatsiyalari taqdiri bunga misoldir, ayni paytda RFda ham federal hokimiyat bilan subyektlar o‘rtasidagi munosabat (masalan, Checheniston bilan) unchalik barqaror emasligi ayon.
Konstitutsiyalar dunyodagi barcha federatsiyalarning huquqiy asosi hisoblanadi, unga o‘zgartirish kiritish federal organlarning vakolatiga taalluqlidir. Ba’zan federatsiya va uning subyektlari o‘rtasidagi munosabat shartnoma asosida ham qurilishi mumkin, ya’ni shartnomali federatsiyalar. RF aralash, ya’ni konstitutsion-shartnomali federatsiya hisoblanadi.
Federativ tuzilish quyidagi asoslarda tuziladi:

  1. ikki yoki undan ko‘p mustaqil shakllangan davlatlarning mavjudligi;

  2. birlashmoqchi bo‘lgan davlatlarning nisbatan uncha katta bo‘lmasligi, chunki birlashgach, yagona davlat sifatida mavjud bo‘la olishi kerak ham hayotiy, ham siyosiy jihatdan;

  3. birlashayotgan davlatlar haqiqatan ham bir-biriga aniq muhtoj bo‘lishi - ham strategik, ham iqtisodiy jihatdan;

  4. xalqning bu narsaga tayyor bo‘lishlik xususiyati, ya’ni majburiyatlarni bajarishga tayyorgarlik, «buyuklik» maniyasining yo‘qligi va b.


Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin