Demokratik siyosiy rejimning xususiyatlari:
fuqarolar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlarining e’lon qilinishi va amalga oshirilishi;
bir qator, shu jumladan, muxolifatchi partiyalarning mavjudligi;
davlat hokimiyati markaziy va mahalliy organlarining almashinib turishi va saylab qo‘yilishi;
konstitutsiyaviylik va qonuniylik prinipining rasmiy tan olinishi;
hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi;
vakillik va bevosita demokratiya institutlarining
mavjudligi;
7) demokratik qonunchilikning mavjudligi.
Tarixda demokratik rejimlarning turli shakllari mavjud bo‘lgan.
Demokratik siyosiy rejimning bir ko‘rinishi - bu sotsial demokratik rejimdir. U jamiyatda hali o‘rta sinf uzil-kesil shakllanmagan davlatlar uchun xos. Bu rejimning xususiyatlari:
а) siyosiy sohada:
keng siyosiy demokratiya;
davlat hokimiyatini amalga oshirishning demokratik va huquqiy metodlari;
б) ijtimoiy-iqtisodiy sohada:
ko‘p ukladli iqtisodiyot;
kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish;
progressiv soliqqa tortish tizimi;
ijtimoiy yo‘nltirilgan bozor;
ijtimoiy dasturlar mavjudligi.
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan demokratik rejim
-parlament demokratiyasi hisoblanadi, bunda butun xalq tomonidan umumiy, teng saylov huquqi orqali saylanadigan parlamentga hokimiyat beriladi.
Parlament demokratiyasining ko‘rinishlaridan biri - liberal demokratik rejim bo‘lib, uning asosiy xususiyatlari - xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlatning fuqarolar shaxsiy hayotiga aralashuvni cheklash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish hisoblanadi.
Fayridemokratik rejim- davlat hokimiyatining yakka shaxs qo‘lida (dikatator) yoki bir guruh shaxslar (xunta) qo‘lida to‘planishiga asoslanadi. Bunday rejimlar avtokratik (yunoncha «autokratus» - o‘z hokimiyati) yoki avtoritar (lot. «autoritas» - shaxsiy hokimiyat) shakllarida bo‘lishi mumkin.
Despotiya (yunoncha - cheklanmagan hokimiyat) rejimi - bu mutlaq monarxiya davlatlari uchun xos bo‘lib, u bir shaxs tomonidan amalga oshirilgan va aholini qo‘rquvda ushlab turishga asoslangan. O‘rta Yer dengizi, Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarida, ya’ni Osiyocha paydo bo‘lgan davlatlarda uchragan.
Tiraniyaning despotiyadan farqi: hokimiyat istilo, zo‘rlik orqali yoki qonuniy hokimiyatni ag‘darish orqali o‘rnatilib, o‘zboshimchalik, qo‘rqitishga asoslanadi (qadimgi Yunoniston polislarida, o‘rta asr shahar-davlatlarida).
Nodemokratik siyosiy rejim xususiyatlari: 1) fuqarolar huquq va erkinliklarining bekor qilinishi yoki
ancha cheklanishi;
muxolifatchi va boshqa partiyalar faoliyatining taqiqlanishi;
saylab qo‘yiladigan davlat orga nlari mavqeining cheklanganligi (pastligi);
4) ijro organlarining kuchayishi;
davlat boshlig‘i yoki hukumat boshlig‘i qo‘lida juda katta vakolatlarning to‘planishi;
parlament va boshqa davlat hokimiyati organlarining oddiy formal institutlar holatiga olib kelib qo‘yilishi.