Avtoritar rejim: Kongo, Malayziya, Peru, Siriya, Tanzaniya (ba’zi demokratik tendensiyalari bor), Iordaniya, Iroq, Yaman.
Liberal rejim: Meksika (demokratiya va byurokratik avtoritarizm elementlari bilan), Shri-Lanka.
Nobarqaror siyosiy rejim: Pokistonda cheklangan islom demokratiyasi harbiy diktatura bilan davriy ravishda almashib turadi.
Eronda krelikal-avtoritar rejim, Konstitutsiya va 1981 yilgi qonunga ko‘ra siyosiy partiyalar va noislom tashkilotlar faoliyati ta’qiqlangan.
Koreya XDRda siyosiy rejim xususiyati mamlakat dohiysi Kim Ir Sen (1918-1944) va uning rasmiy merosxo‘ri Kim Chen Ir shaxsiga sig‘inishda ko‘rinadi.
6. Hozirgi zamon davlati funksiyalari xususiyatlari Davlatning funksiyalari mohiyatini chuqurroq tushunish uchun davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni, aniqrog‘i davlatning fuqarolik jamiyati ishlariga ta’sir etishi doirasini tahlil etish maqsadga muvofiq. Davlat ommaviy-siyosiy institut sifatida fuqarolik jamiyatiga nisbatan boshqaruvchi tizim sifatida o‘zini namoyon etadi. Fuqarolik jamiyati o‘zini-o‘zi boshqaradigan tizim bo‘lib, u davlatning ta’sir etish darajasini ham o‘zi belgilaydi.
Fuqarolik jamiyatining o‘zini o‘zi tartibga solishning asosiy mexanizmlari sirasiga erkin bozor (iqtisodiy mexanizm), siyosiy erkinlik va mustaqil odil sudlovdan bemalol foydalanish (yuridik mexanizm) kiradi.
Davlatning funksiyalari bu uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Ilmiy adabiyotda «davlatning bosh(general) funksiyasi» atamasidan foydalaniladi. Davlatning bosh funksiyasi - uning jamiyatga, fuqarolik jamiyatiga nisbatan tutgan o‘rnini belgilab beradi.
Libertar nazariyaga muvofiq davlatning minimal funksiyalari ajratiladi. Har qanday davlatning oldida har qanday davrda ikki vazifani amalga oshirish masalasi turadi, ya’ni libertar nazariyaga ko‘ra, davlatning ikki minimal funksiyasi mavjud:
а) fuqarolarning erkinligi, xavfsizligi va mulkini
ta’minlash;
б) kommunikatsiyalar tizimini shakllantirish (transport,
aloqa).
Pochta, temir yo‘llar doimo davlat qo‘lida bo‘lishi kerak, chunki xususiy qo‘lga o‘tishi ularning bir maromda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlay olmasligi mumkin.
Davlatning fuqarolik jamiyatiga aralashuv darajasi masalasida ikki yondoshuv mavjud:
а) liberal yondoshuv, uning vakillari Djon Lokk, Adam Smit.
Bu yondoshuvga ko‘ra, davlat fuqarolik jamiyatining ishlariga qanchalik kam aralashsa, shunchalik xalq uchun yaxshi.
б) etatistik yondoshuv - bu yondoshuvning ta’kidlashicha, davlat
jamiyat ishlariga qanchalik ko‘p aralashsa, jamiyat uchun foydali,
biroq, bu aralashuv, albatta oqilona doirada bo‘lishi kerak.
Liberalizm nazariyasiga ko‘ra davlat «tungi qorovul» vazifasinigina o‘tashi kerak, ya’ni davlat jamiyatga nisbatan minimal funksiyalargagina ega (XIX asrdagi monopol guruhlar) degan fikrni ilgari suradi.
Etatizmning ikki ko‘rinishi mavjud:
-avtoritar,
-demokratik tartibga solish.
Avtoritarizm fuqarolik jamiyatini, o‘z-o‘zini boshqarishni yo‘qotib yubormaydi, biroq uning harakatiga, rivojlanish darajasiga ta’sir etadi, mas., totalitar jamiyatlarda.
Demokratik etatizm - «Umumfarovonlik davlati» yoki ijtimoiy huquqiy davlatlarda mavjud bo‘ladi», bunda davlatning fuqarolik jamiyatiga aralashuv darajasi fuqarolik jamiyati ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Minimal (liberal) davlat - industrial rivojlangan davlatlarda erkin raqobat davrida shakllangan. Davlat o‘zining huquqiy vazifasini bajarish va kommunikatsiyalar tizimini barpo etish uchungina fuqarolik jamiyatiga aralashadi.
6.Hozirgi kunda fuqarolik jamiyatiga davlat aralashuvining ikki shakli mavjud:
a) mo‘tadil (umerenniy) etatizm,
v) neoliberalizm.
Bu shakllar sotsial –huquqiy davlatda mavjud, ya’ni hozirgi ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda amal qiladi.
7.Sotsial (ijtimoiy) davlatning paternalistik funksiyalari mavjud bo‘lib, bu funksiyalar minimal funksiyalar doirasidan chiqadigan funksiyalardir.
Sotsial davlatning paternalistik funksiyalari:
а) ijtimoiy iqtisodiy vazifa - bunda davlat erkin raqobatni
ta’minlagan holda milliy daromadni qayta taqsimlash orqali
aholining muhtoj qatlamlariga yordam beradi;
б) madaniyatning rivojlanishiga yordam ko‘rsatish funksiyasi -
bunda davlat bevosita ijod jarayoniga aralashmay, madaniyat va
san’atning rivojlanishi uchun tegishli sharoitlarni ta’minlaydi;
в) ekologik vazifa - bu vazifani amalga oshirishda xususiy
tashabbuslar tannarxi qimmatga tushib ketadi, shu bois bu vazifa
asosan davlat zimmasida.