Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə1/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari


Davlatning shakli va funksiyalari muammolari


Reja:



  1. Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari

  2. Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli

  3. Hozirgi zamon ko‘p millatli davlat sharoitida davlat tuzilishi shakllari muammolari

  1. Hozirgi zamon davlati siyosiy rejimi va uning ko‘rinishlari. Totalitarizm

  2. Hozirgi zamon davlati funksiyalari. O‘zbekistonning hozirgi zamondagi vazifalari.

Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari

Davlatning mohiyati va mazmuni bevosita uning shakli orqali ifodalanadi va namoyon bo‘ladi.


Davlatni uning mohiyati nuqtai nazaridan o‘rganilganda davlatda hokimiyatning kimga mansubligi, uning subyekti (egasi) kim ekanligi, davlat birinchi navbatda jamiyatning qaysi tabaqasi, guruhi, sinfining erkini ifodalab, manfaatini himoya qilishi aniqlanadi. Davlatni uning shakli nuqtai nazaridan o‘rganish esa, -bu uning tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari, ichki tuzilishi, davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy uslublarini aniqlashga imkon beradi, ya’ni muayyan davlatda hokimiyat qanday tashkil etilgan, qaysi organlar tomonidan amalga oshirilgan, bu organlarning tashkil etilish tartibi va vakolatlari nimalardan iborat - kabi savollarga javob beradi.
Davlat va huquq nazariyasi fani o‘tmishda va hozirda qanday davlat shakllari bo‘lgan, qaysi xalqqa qanday davlat shakli mos keladi kabi masalalarni doimo o‘rganib kelgan.
Davlat shakli to‘g‘risidagi masala nafaqat nazariy, ayni paytda amaliy-siyosiy ahamiyatga molik masaladir.
Zero, davlat hokimiyatining qanday tashkil etilganligi va qay tarzda amalga oshirilganligi davlat rahbarligining samaradorligi, hukumatning barqarorligi va salohiyatini belgilaydi.
Yuridik adabiyotda «davlat shakli» tushunchasiga turlicha nuqtai nazar bilan qarashlar mavjud. Bir guruh mualliflar uni tor ma’noda tushunadilar, ularning fikricha, davlat shakli bu faqat boshqaruv shaklidir. Keng ma’noda tushunuvchi mualliflar esa, bu tushunchaga boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklining majmui sifatida baho beradilar.
Yana bir boshqa mualliflar davlatning ichki va tashqi shakllarini farqlaydilar. Davlatning ichki shaklida siyosiy rejimning bir turi sifatida demokratiyani, tashqi shakli deganda davlatning boshqaruv va tuzilish shaklini tushunadilar (masalan, D.A.Kerimov).
Shunga qaramasdan yuridik adabiyotda «davlat shakli tushunchasi» ga berilgan an’anaviy ta’rif mavjud bo‘lib, uni olimlarning ko‘pchiligi ma’qullaydilar.
Shunday qilib, davlat shakli bu davlatdagi siyosiy hokimiyatni tashkil etilishi bo‘lib, u o‘zida davlatni boshqaruv shaklini, davlat tuzilishi shaklini va siyosiy rejimni mujassamlashtiradi.

Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin