Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə9/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Totalitar rejim bu XX asr hodisasi bo‘lib, u avtoritar rejimning eng qo‘pol shakli hisoblanadi.
«Totalitarizm» atamasi lotincha «totalis» - ―yaxlit‖, ―butunlay‖, ―to‘la‖ ma’nolarini anglatadi. Uni siyosiy muomalaga birinchi marta Benito Mussolini 1923 yili kiritgan. Totalitarizm nazariyasi XX asrning 40-50-yillarida shakllangan, asosiy xususiyati - fuqarolar hayotiga aralashuvning juda keng ko‘lam kasb etishi bo‘lib, u hayotning hamma sohalariga kirib boradi, hamma narsani nazorat qiladi. Uning xususiyatlari:

  • hokimiyat monizmi (plyuralizmning yo‘qligi);

  • totalitar haqiqatga bo‘lgan monopol huquq;

  • kollektiv-mexanistik dunyoqarash (davlat-mashina, inson-vint);

  • ijtimoiy hayotning mafkuralashganligi (davlat miqyosida yagona mafkuraning joriy etilishi);

  • - har qanday boshqa fikrga o‘ta toqatsizlik, har qanday boshqa
    mafkuraning man etilishi;

  • axborot tarqatishga monopol davlat huquqi;

  • OAV ustidan to‘liq kontrol;

  • fuqarolik jamiyatining tugatilishi, xususiy hayotning yo‘qligi;

  • insonning o‘ziga xosligini yo‘qotuvchi tenglashtirish
    prinsipi;

  • o‘z aholisiga nisbatan ommaviy terror;

  • huquq, Konstitutsiya bilan niqoblanish;

  • davlat apparatining partiya tomonidan egallanishi;

  • butun hokimiyatning yagona partiya apparatiga mansubligi; -hokimiyatning qattiq markazlashganligi

dohiyga sig‘inish. Totalitarizmning asosiy ko‘rinishlari:
- kommunistik totalitarizm (sobiq SSSRda XX asr 20-
yillarining oxirida shakllanib, to 50 yilgacha davom etgan);

  • fashizm (birinchi marta 1922 yilda Italiyada o‘rnatilgan);

  • natsional-sotsializm (1933 yili Germaniyada). Nodemokratik siyosiy rejimning eng xavfli ko‘rinishi

fashizmdir. Demokratik uslublar bilan boshqara olmagan hokimiyat zo‘rlik usuliga o‘tadi.
Fashistik rejim xususiyatlari:
- boshqaruvning repressiv usullari, inson huquqlarini himoya
qilish borasida ijtimoiy va siyosiy demagogiyaning uyg‘unlashuvi;
-OAV orqali singdirilgan antisemitizm va boshqacha fikrlovchilarni ta’qib qilish;
-xalqqa qarshi siyosatni «xalq haqida g‘amxo‘rlik» shiorlari bilan xaspo‘shlash;
-fashistik yo‘lboshchilar siyosatiga qo‘shilmaganlarni doimiy ravishda davlat darajasida ovlash;
-hukmdor elitaning armiya, politsiya va boshqa repressiv organlarga tayanishi;
-dohiyning ulkan hokimiyatga egaligi (fyurer, duche va h.);
-ijro hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mutlaq ustunligi, diktaturasi;
-parlament tuzilmalarining «falajligi» va siyosiy ta’sirining yo‘qolishi;
-vakillik hokimiyatining siyosatbozlar hokimiyati bilan almashinuvi;
-parlamentning o‘z vakolati - qonun ijod etishdan mahrum etilishi (Germaniyada 1933 yil 24 martdagi «Xalq va davlatning halokatli holatini tugatish to‘g‘risida» gi qonunga ko‘ra qonun chiqarish vakolati hukumatga berilgan. Bu qonunlar Konstitutsiyaga mos kelmasligi ham mumkin bo‘lgan, xalqaro shartnomalar parlament ratifikatsiyasiga muhtoj bo‘lmagan).

Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin