Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli


Hozirgi zamon davlati va global muammolar



Yüklə 156,59 Kb.
səhifə11/12
tarix28.12.2023
ölçüsü156,59 Kb.
#201076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Hozirgi zamon davlati va global muammolar
Hozirgi zamon davlati funksiyalarining mazmuni jahonda mavjud global muammolar bilan muayyan darajada bog‘liqdir1. Shu o‘rinda global atamasining mazmunini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Global so‘zi fransuzcha Global-umumiy, umumjahon, lotincha globus-shar ma’nolarini anglatib, butun yer shariga, butun dunyoga nisbatan ishlatiladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotinig hozirgi bosqichi butun dunyoga, ya’ni bir yoki bir necha davlat doirasidan tashqariga chiqadi-gan va umumjahon mazmun kashf etadigan muammolar ko‘payishi bilan tavsiflanadi.
V.N. Protasovning fikricha, kishilik jamiyati global muammolarini ikki turga ajratish mumkin.
Birinchisiga insoniyat taraqqiyotining maromiy rivojlanishi mahsuli hisoblangan, biroq umumjahon ahamiyatiga egaligi bois, butun kishilik jamiyatining kuchi va sa’y harakatlarini talab etadigan muammolar, mas., jahon masshtabida axborot tizimini vujudga keltirish va sh.k.
Ikkinchi tur global muammolar o‘z mazmuniga ko‘ra jahon sivilizatsiyasini yo‘q qilib yuborish tahdidini o‘zida ifodalaydi, ular sirasiga ekologik halokatlar, yadro texnologiyasidan foydalanish asoratlari, demografik, xom ashyo va energiya sohasidagi inqirozlarni kirtish mumkin.
Kishilik jamiyati oldida global muammolarning mavjudligi davlatlarning global funksiyalari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday funksiyalar barcha davlat kuchlarini birlashtirishni, umumlashtirishni talab etadi.
Ma’lumki, davlat funksiyalari tasnifiga oid ilmiy manba-larda davlat funksiyalarini ichki va tashqi davlat funksiyalariga ajratish keng tarqalgan. Global funksiyalarning mavjudligi davlat funksiyalarini bunday tasniflashning mazmunini zaiflashtirib yuboradi. Masalan, Orol muammosi bugungi kunda nafaqat mintaqaviy, balki umujahon ahamiyatga molik muammo hisoblanadi.
Bugungi kunda hozirgi zamon davlatning global xarakterdagi funksiyalari sirasiga qo‘yidagilarni kiritish mumkin:
-inson huquq va erkinliklarni ta’minlash,
-ekologik halokatlarning oldini olish va uning oqibatlarini tugatish,
-demografik, xomashyo va energiya masalasiga oid muammolari,
-xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash va umumjahon huquqiy tartibotini o‘rnatish,
-kosmosni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik,
umumplaneta axborot-informatsiyaviy tizimini tashkil etish,
-va boshqa funksiyalar.
O‘zbekistonning bugungi kundagi davlat funksiyalari barcha rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan funksiyalardan iborat.

Yüklə 156,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin