II BOB. IKKI NOMA’LUMLI IKKITA CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASI (15 soat)
8-10-mavzular: Chiziqli tenglamalar sistemasi. Yechishning o‘rniga qo‘yish usuli. (3 soat) 11-13-mavzular: Qo‘shish usuli. (3 soat) 14 -15-mavzular: Tenglamalar sistemasini yechishning grafik usuli. (2 soat) 16-18-mavzular: Sodda kundalik-amaliyot masalalarini tenglamalar sistemasi yordamida yechish. (3 soat) 19-20-mavzular: Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
; ; shakldagi sistemalarni aniq va shakldagi sistemalarni hisoblash vositalari yordamida yecha oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
21-23-mavzular: Sonli tengsizlik va ularning asosiy xossalari. (3 soat) 24-25-mavzular: Tengsizliklarni qo‘shish va ko‘paytirish. Qat’iy va noqat’iy tengsizliklar. (2 soat) 26-27-mavzular: Bir noma’lumli birinchi darajali tengsizliklarni yechish. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat)