Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə10/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Fonetik me'yor. Fonetik me'yor deganda nutq tovushlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar majmui tushuniladi. Ma'lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, 25 ta undosh tovushning qo‘llanishi me'yor hisoblanadi.

Aksentologik me'yor. Aksentologik me'yor urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq me'yordir. Adabiy tilning aksentologik me'yorida har bir so‘zda urg‘uning qo‘llanish o‘rni qat'iy tarzda belgilab beriladi.

Ma'lumki, so‘zdagi urg‘u ma'no farqlash xususiyatiga ega. Urg‘u yordamida yozuvda farqlanmaydigan so‘zlar o‘zaro farqlanadi. Buni quyidagi so‘zlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.

Anglashiladiki, urg‘uning o‘zgarishi so‘z ma'nosining o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli har bir so‘zdagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash maqsadga muvofiq.

SOHANI FAOL VA NOFAOL TERMINLARI

REJA:

1.TERMIN O’ZI NIMA VA U HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR

2. FAOL VA NOFAOL TERMINLAR

3.TERMINLARNING ISHLATILISHI

TERMIN (lot.terminus – chegara, had) – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodlovchi so’z yoki so’z birikmasi. So’z bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng iste’molda bo’lgan so’zlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir.Masalan: quloq, burun, tomoq – anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos – gilamdo’zlik; kitob, ruchka, daftar – pedagogik soha terminlari bo’lish bilan birga umumxalq tilida faol qo’llaniladi. Hozirgi kunda “termin” so’zi bilan bir qatorda “atama “, “istiloh”, so’zlar ham ayni ma’noda qo’llanilmoqda. Lekin ular “termin” so’zining hozirgi ma’nosini to’liq ifoda eta olmaydi. “Atama” so’zi keng ma’noda bo’lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo’llaniladi. “Istiloh” so’zini esa termin ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlarda bemalol qo’llash mumkin.

Nofaol so’zlar. Adabiy tilga o’xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so’zlar hisobiga boyib, o’zgarib boradi. Bunday o’zgarish, ko’pincha shevalar lug’at tarkibida ro’y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro’y beradigan har xil o’zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so’zlar iste’moldan chiqadi, ularning o’rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo’lib turadi. Ba’zi doirasining va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o’tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin.

  • Omonimlar. Har bir tilning lug‘at tarkibida tovush tarkibi va yozilishi
  • jihatdan bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar muayyan miqdorda topiladi.
  • Bunday so‘zlar omonimlar guruhini tashkil qiladi.
  • Fonetik (tovush) tomondan bir xil - shakli o‘zaro ma’lum bir ko‘rinishga
  • kelib qolgan ikki va undan ortiq so‘zlar omonimlardir. Omonimlar ma’no jihatdan
  • o‘zaro munosabatda bo‘lmaydi, boshqa-boshqa tushunchalarni anglatadi. Masalan:
  • ot (ish hayvoni, ism, buyruq fe’li). Ko‘p ma’noli so‘zlarning shakli asli bitta bo‘lib,
  • ma’nolari o‘zaro bir-biriga juda yaqin va aloqador, biri-ikkinchisiga bog‘liq
  • bo‘ladi. Masalan, bosh so‘zi: ishning boshi, gapning boshi, erning boshi.
  • O‘zbek tilida omonimlar turli ko‘rinishlarga ega. CHang (to‘zon)-chang
  • (musiqa asbobi), yoqmoq (chiroyli, yoqmoq) - yoqmoq (uning nutqi menga juda
  • yoqdi, «xush kelmoq, ma’qul bo‘lmoq») kabi barcha grammatik shakllari teng, bir
  • so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar omonimlar deyiladi.
  • Leksik ma’nosi jihatidan farqlanadigan sinonimlar ideografik1 (ma’no)
  • sinonimlardir. Masalan, kasal (umumishlatadigan so‘z), bemor (yozuvda ko‘p
  • qo‘llanadi), xasta (eskirgan so‘z), ammo ba’zan-ba’zan, ora-sira kasal bo‘lib turish
  • ma’nosini bildiruvchi betob, notob so‘zlari yuqoridagilarga nisbatan uslubiy va
  • ideografik sinonimdir.
  • Ideografik sinonimlar o‘zaro leksik ma’no darajasiga ko‘ra farqlanadi:
  • yomg‘irda plashim nam bo‘ldi, yomg‘irda plashim ho‘l bo‘ldi bog‘lanishlarning
  • keyingisida belgi darajasi kuchliroq. Nutqda fikr ottenkasi yoki emotsiyasiga,
  • leksik, grammatik yoki uslubiy xarakteriga mos sinonim so‘zlardan faqat bittasi
  • tanlab olinadi va ishlatiladi. SHu sababdan sinonimik qatordagi so‘zlar o‘rtasidagi
  • ba’zi farqlarni o‘rganish uslubiyatning vazifasi hisoblanadi.
  • Faol va nofaol leksik qatlam haqida. Leksika muttasil o‘sish va
  • rivojlanishda bo‘lib, unda doim yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, tildagi mavjud
  • so‘zlarning ba’zilari asta-sekin eskirib boradi. Eskilik ottenkasiga ega bo‘lgan
  • so‘zlar tilda birmuncha vaqtga qadar ishlatiladi. SHunga ko‘ra umumxalq tili
  • lug‘at boyligini ikki katta guruhga ajratish mumkin: faol so‘zlar va nofaol so‘zlar.
  • Faol so‘zlar guruhiga ma’nosi shu tilda gaplashuvi barcha kishilarga
  • tushunarli va kundalik turmushda qo‘llanishi odat bo‘lib qolgan so‘zlar kiradi. Bu
  • guruhdagi so‘zlar eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmaydi.
  • Nofaol so‘zlar guruhiga eskilik bo‘yog‘i aniq bilinib turadigan va
  • ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan so‘zlar kiradi. Bunday so‘zlar kundalik aloqada
  • kamroq ishlatiladi.
  • Nofaol so‘zlar ikki guruhga bo‘linadi: eskirib qolgan so‘zlar (arxaizmlar,
  • istorizmlar) va yangi so‘zlar (neologizmlar).
  • Arxaizm va istorizmlarning uslubiy vazifasi. Tilning hozirgi davri uchun
  • eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar arxaizm yoki arxaik so‘zlar deb yuritiladi1.
  • So‘z ma’nosining eskirishi va turli sabalarga ko‘ra uning o‘rnini boshqa so‘z olishi
  • natijasida arxaizm paydo bo‘ladi. Masalan: avaxta (qamoqxona), musofirxona
  • (mehmonxona) kabilar o‘zbek tilida bugungi kun nuqtai nazaridan eskirgan so‘zlar
  • bo‘lib, ularning o‘rnini yangi so‘zlar egallagan.
  • Arxaiklashish hodisasining ko‘rinishlari:
  • a) so‘z butun holda, yaxlitligicha arxaiklashadi. Bu leksik arxaizm deyiladi:
  • gardun (osmon), davot (siyohdon); b) so‘zning ma’nolaridan biri arxaiklashadi. Bu
  • semantik arxaizm deyiladi. Masalan: nishon so‘zining «orden» ma’nosi
  • arxaiklashgan, u belgi, alomat, iz, asar ma’nolarida keng qo‘llaniladi (nishon
  • qo‘ymoq, nishonga olmoq, undan hech nishon qolmadi).
  • Neologizmlarning uslubiy vazifasi. Adabiy til doimo yangi so‘zlar -
  • neologizmlar bilan boyib boradi. Neologizmlar ishlab chiqarish va ijtimoiy
  • munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar, fan-texnika yangiliklari, san’at, adabiyot va
  • publitsistikadagi yangicha tushunchalar – umuman, jamiyatning, hayotning talabehtiyoji
  • bilan paydo bo‘lgan so‘zlardir: novator, changlagich, purkagich, izchil,
  • ziyokor, biznes, tadbirkor, ishbilarmon, fermer, aksiya va boshqalar.
  • Neologizmlarning paydo bo‘lish yo‘llari xilma-xil:
  • 1. Tilning mavjud leksik tarkibi va grammatik qonun-qoidalari ba’zasida
  • yangi so‘z yasash yo‘li bilan. Bunda so‘z yaxlitligicha neologizm bo‘ladi:
  • payvandchi (metall o‘lchovi), ustqurma («nastroyka» ma’nosida), cho‘lquvar (bo‘z
  • erlarni o‘zlashtiruvchi ma’nosida).
  • 2. Tildagi mavjud so‘zlarning leksik ma’nolaridan birini yangi ma’noda
  • qo‘llash yo‘li bilan. Masalan: cho‘mich so‘zining «kovsh» ma’nosi kabi:
  • Ekskavatorning cho‘michi shu uyumlardan osha yangi tuproqlarni irg‘itdi.
  • 3. Boshqa tildan (asosan, rus tilidan) so‘z qabul qilish yo‘li bilan. Boshqa
  • tildan so‘z ikki xil usul bilan olinadi:
  • a) aynan qabul qilinadi: kosmonavt, samolyot; b) kalkalash yo‘li bilan olinadi: o‘zibo‘larchilik (samatyok), er yo‘ldoshi
  • (sputnik zemli), odimlovchi ekskavator (shagayushiy ekskavator), ko‘targich kran
  • (pod’yomniy kran) kabi

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin