Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muhim qadamning birgina samarasi sifatida bugun deyarli barcha vazirlik va idoralarda rahbarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat yuritmoqda. Bu, jami 309 ta davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining 282 tasida, ya’ni 91.2 foizida nafar maslahatchi ish olib bormoqda degani. Ularning maqomi rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilganligi esa bu vazifaning qanchalar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, mazkur lavozimga tayinlanganlarga juda katta mas’uliyat yuklashi, tabiiy. Shunday ekan buni his qilish, har kim o‘z sohasida zarur ishlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishi lozim.

Ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi eng asosiy va mas’ul ijrochilardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shu o‘rinda Vazirlik va uning tizim korxona va tashkilotlari faoliyati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bevosita bog‘liq ekanligini inobatga olsak, mazkur sohada boshqa tillardan o‘zlashgan yoki yangi kirib kelayotgan so‘z hamda atamalar talaygina. Xususan, kundalik hayotimizda yuz, hatto ming marta ishlatiladigan “internet”, “televizor”, “kompyuter”, “printer”, “klaviatura”, “monitor”, “abonent”, “rouming”, “pochta”, “virtual”, “operator”, “lokal” kabi so‘zlar ayni damda aytish joiz bo‘lsa, qon-qonimizga singib ketmoqda. Yoshi kattalarku mayli, o‘sib kelayotgan yosh avlod ana shu so‘zlar ishtirokidagi muloqotlar qurshovida voyaga yetmoqda.

Hozirda shu va shu kabi so‘zlarni, aniqrog‘i atamalarni ishlatmaydigan odam topilmasa, kerak. Bu so‘zlarning biri ingliz, yana biri rus, boshqasi esa grek tilidan kirib kelgani ana endi mazkur soha xodimlarining so‘zlashuvini yoki ularning ish jarayonini tasavvur qilib ko‘ravering. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin