Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Har qanday mamlakatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat’iyati va oqilona sa’y-harakatlari tufayli 1989 yil 21 oktabrda mamlakatimizda o’zbek tili Davlat Tili deb e’lon qilindi. Shu tariqa ,xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Konstitutsiyamizda Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yilgan.Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.

“O’zbеk tili” fanini o’qitish O’zbеkistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o’rganishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishiga zamin yaratadi. Shu kunga qadar ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ijod, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borildi va jarayon davom etmoqda. Pirovard natijada, bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari — O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar.

2. Ma’lumki, Konstitutsiyaning 2 bo’lim, 9 bob 41 va 42 moddalari ta’lim va ijod erkinligiga bag’ishlangan Unda shunday satrlar yozilgan “Har kim bilim olish huquqiga ega” (41-modda), “Har kimning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafotlanadi” (42-modda). Otgan qisqa davrda bu sohada nima ishlar qilindi? Avvalo, ta’lim-tarbiya tizimi tubdan qayta ko’rildi. Konstitutsiyaning yuqoridagi ikkita moddasi bergan kafolat asosida O’zbekiston Respublakasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni (1992 va 1997 y.) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu ikki qonunda jami 64 modda va band bo’lib, u Konstitutsiya boshqa barcha qonunlar uchun “Ona qonun” ekanligining isbotidir. Xo’sh, bu qonunlarda nimalar o’z aksini topdi, ular hayotga qanday joriy etildi?


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin