Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

ganj ila (A. Navoiy). 7. Inson dunyo... qanchalik bilsa, o‘zligi...
ham shunchalik anglaydi (I. Gyote).
QO‘SHMA  VA  JUFÒ  SO‘ZLAR  IMLOSI
16- mashq.  Gaplarni o‘qing, ulardagi qo‘shma va juft so‘zlarni
toping va alohida-alohida ustunlarga ajratib, daftaringizga
ko‘chiring.
1. Farg‘ona vodiysi osmono‘par tog‘lar bilan o‘ralgan. 2. Quyosh
tog‘-toshlarni qizdirgan payt,  ertapishar  olmalar  qi p-qizil.
3. G‘o‘zapoyasi yig‘ib olingan daladan yoz-u qish hosil olinadi.
4. Yosh-qari, erkak-ayol aralash-quralash bo‘lib ko‘cha boshida
to‘planishdi. 5. «Qo‘shariq» jamoa xo‘jaligida g‘o‘za obihayotga
qondirilmoqda. 6. Ona-bola uy-joyni yig‘ishtirib, sadarayhon
atrofida dam olishdi. 7. Bu bodomqovoq qiz xushfe’l tabiati bilan
katta-yu kichikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
18- topshiriq. Lug‘atdan ikki va undan ortiq o‘zakli qo‘shma so‘zlarga
10 ta misol toping va ularning 4 tasi ishtirokida gaplar
tuzing.
Quyidagicha  tuzilishdagi  qo‘shma  so‘zlar  qo‘shib
yoziladi:
• bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan
aytiladigan  qo‘shma  so‘zlar:  belbog‘,  asalari,  oshqozon,
sheryurak,  qashqargul  kabi;
•  xush,  kam,  ham,  umum,  bop,  noma,  xona,  sifat,
rang,  baxsh  kabi  so‘zlar  yordamida  yasalgan  qo‘shma
so‘zlar:  xushxabar,  kamhosil,  hamfikr,  umumxalq,
hammabop, tavsiyanoma kabi;

27
•  ikkinchi  qismi  -(a)  r,  mas  qo‘shimchalari  bilan
tugaydigan  qo‘shma  so‘zlar:  o‘rinbosar,  cho‘lquvar,
ishyoqmas,  qushqo‘nmas  kabi;
•  keyingi  qismi  turdosh  ot  yoki  obod  so‘zi  bilan
ifodalangan  geografik  nomlar:  Amudaryo,  Yangiyo‘l,
Kosonsoy,  Yunusobod  kabi.
17- mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarning tarkibini aniqlang va
imlosini tushuntirib bering.
Oqqo‘rg‘on,  qushtili,  tinchliksevar,  umumjahon,  baqate-
rak, makkajo‘xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, pirpirak,
olmaqoqi,  suvilon,  bayramoldi,  qo‘lbola,  sohibjamol,  birpas,
mingoyoq,  xushhavo,  qo‘ziqorin,  bodomnusxa,  izzattalab.
19- topshiriq. Ruboiylardagi qo‘shma so‘zlarni aniqlab, tarkibini
izohlang.
Shoho,  fuqaroki  munisi  g‘amduhlar,
Bedordil-u  ko‘zlari  purnamdurlar
Zinhor alarni qilmag‘il ozurda,
Otashdam-u  barhamzani  olamdurlar.
Shermuhammad Munis.
Òole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuzqarolig‘ bo‘ldi.
Z. M. Bobur.
Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi:
• birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan geo-
grafik  nomlar:  Kichik  Osiyo,  Sharqiy  Òurkiston,  Quyi
Chirchiq kabi;
• qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: shifo top-
moq,  olib  chiqmoq,  yoza  boshlamoq,  aytib  bermoq,
ko‘rgan edi kabi;
•  qo‘shma  ravishlar  ajratib  yoziladi:  har  kim,  hech
bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birato‘la,
birmuncha so‘zlari bundan mustasno;

28
•  o‘zaro  -dan  qo‘shimchasi  bilan  bog‘langan  takror
so‘zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan
ochiq,  ko‘pdan  ko‘p  kabi.
20- topshiriq. Lug‘atdan ajratib yoziladigan so‘zlarga 10 ta misol
toping va ularning 4 tasi ishtirokida gaplar tuzing.
18- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib yoziladigan so‘zlarni aniqlab,
tuzilishini izohlang.
— ... Maqsadlari juda ochiq! Bittasi mingboshi bo‘lmoqchi,
ikkinchisi Normuhammadning o‘rniga minmoqchi, uchinchisi
yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi. Xon ersa Musul-
mongulga  bo‘lgan  adovatini  qipchoqni  qirib  alamdan  chiq-
moqchi!
Menga qolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim!
Men ko‘p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyi-
shi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat
hosil qilolmadim. Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z
manfaati,  shaxsiyati  yo‘lida  bir-birini  yeb-ichgan  mansabpa-
rast, dunyoparast muttahamlar Òurkiston tuprog‘idan yo‘qol-
may turib, bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi...
Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quya-
digan bo‘lsak, yaqindirki, chor istibdodi Òurkistonimizni egal-
lar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusimizni o‘ris qo‘liga
qoldirgan bo‘lurmiz.
O‘z  naslini  kofir  qo‘liga  tutqin  qilib  topshiruvchi  —  biz
ko‘r va aqlsiz otalarga xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim!
Bobolarning  muqaddas  gavdasi  madfun  Òurkistonimizni
kofirxona qilishga hozirlangan biz itlar, yaratuvchining qahriga
albatta yo‘liqarmiz!
Òemir  ko‘ragon  kabi  dohiylarning,  mirza  Bobur  kabi
fotihlarning,  Forobiy,  Ulug‘bek  va  Abu  Ali  ibn  Sino  kabi
olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilganlari bir o‘lkani
halokat  chuquriga  qarab  sudraguvchi,  albatta,  Tangrining
qahriga sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab,
bolalarini yetim, xonalarini vayron qiluvchi zolimlar — qurtlar

29
va qushlar, yerdan o‘sib chiqqan giyohlar qarg‘ishiga nisho-
nadir,  o‘g‘lim!..
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
19- mashq. Juft so‘zlarni ajratib oling va daftaringizga ko‘chiring.
Ularning ma’nosini tushuntiring.
Urf-odat,  nim  pushti,  yarim  orol,  tez-tez,  baxt-saodat,
dori-darmon, toshko‘mir, yalang oyoq, tasdiq etdi, uch-to‘rt,
yoza-yoza,  o‘g‘il-u  qiz,  qosh-qovoq,  olgan  bo‘ldi,  qo‘rqa-
pisa,  shu  on,  tokqaychi,  yuzma-yuz,  hovli-joy,  so‘ramay-
netmay,  olaqarg‘a,  asbob-uskuna,  yer-u  osmon,  sap-sariq,
hol-ahvol, ko‘ksulton, keta ber, yoz-u qish.
21-  topshiriq.  Quyidagi  so‘zlar  yoniga  mos  so‘zlar  qo‘yib  juft
so‘zlar yasang va yozilishini izohlang.
Qarindosh  -  ...,  kuch  -  ...,  qovun  -  ...,  yo‘l  -  ...,  non  -
..., osh - ..., o‘yin - ..., bo‘lar - ..., gul - ..., yer - ..., yor —
..., dor - ..., tepsa — ..., temir - ..., asta — ..., oq — ..., chora
- ..., kirim - ..., mehr - ..., aytdi - ..., kecha - ..., uzoq - ... .
Quyidagi so‘zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
• juft va takror so‘zlarning qismlari chiziqcha bilan
ajratib yoziladi: asta-sekin, uch-to‘rt, kiyim-kechak, qop-
qop, uy-uyiga kabi;
• juft so‘zlar orasida -u (-yu) bog‘lovchisi qo‘llansa,
bog‘lovchidan oldin chiziqcha qo‘yiladi: oq-u qora, kecha-
yu kunduz kabi;
• -ma, -ba yordamida birikkan so‘z qismlari chiziqcha
bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam
kabi;
• arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha
bilan  yoziladi:  5-  sinf,  6-  «V»  sinf,  1991-  yil,  3-  mart
kabi.
22- topshiriq. Lug‘atdan 10 ta so‘z tanlab, ularni yuklamalar bilan
qo‘llang va chiziqcha bilan yoziladiganlarini bir ustunga, qo‘shib
yoziladiganlarini boshqa ustunga yozing.

30
II.  ÒALAFFUZ  ME’YORLARI
23- topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi
xatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang.
—  Modarni  ko‘rdilarmu?  —  so‘radi  Vafo  attor  kemshik
tishlarini  ko‘rsatib.  —  Xo‘sh,  qalaylar,  kampir  tuzuklarmu?
— Rahmat! — Bashirjon gapni qisqa qilib, o‘tib ketmoqchi
edi, lekin Vafo attor:
— Bir daqiqa! — deya uning yengidan tortdi.
— Xo‘sh!
— Indi, uka o‘rtoq Zaynishuv! — dedi u mitti ko‘zlarini
yiltiratib. — Biz o‘zimiz betobdurmiz, hovlida nogiron kurra-
chaning holi ne kechdi? Kecha o‘g‘ul kelib erdi, eshshak bolasiga
yem va beda kerak deydur...
Bashirjonning jahli chiqib ketdi, attorning qo‘lini qahr bilan
siltab tashladi.
—  Bas-da  endi!  —  dedi  u  qip-qizarib.  —  Hozirga  qadar
o‘ttiz so‘m oldiyiz... O‘sha kurrayiz ikki pulga qimmat!
—  Mani,  bemorni  siltamang,  uka  o‘rtoq  Zaynishuv!  —
dedi Vafo attor yig‘lamsirab. — Bobongiz tengiman, siltamang
mani!
Ne’mat Aminov.
20- mashq. Berilgan so‘z va so‘z birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qiling,
ma’nosidagi farqlarning sababini tushuntiring.
Bir daf’a — daf etilmoq, man keldim — man qilinmoq,
shox kesmoq — shohni surmoq, modda — moda, qattiq —
qatiq, da’vo — davo, maqta — maqta’, ta’rif — tarif, sur’at —
surat, hil-hil pishmoq — xilma-xil tovlanmoq, tovlanmoq —
toblanmoq, sillasi qurimoq, — silab qo‘ymoq, tilla — tila.
Og‘zaki  nutq  jarayonida  til  birliklarini  adabiy  til
me’yorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asos-
lanadi.
Òalaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib,
o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi.

31
Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilan-
ganidek talaffuz qilinishi me’yoriy sanalishi bilan quyidagi
holatlar ham talaffuz me’yoriga muvofiqdir:
1. So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida
aytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip.
2. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi,
d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard > dart, band >
bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi.
3. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan >
bo‘gan, kelsa > kesa kabi.
4. Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushi
qo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida v tovushi-
ning f tarzida o‘zgartirilishi me’yordan chekinish hisob-
lanmaydi.
21- mashq. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Òovushlar
talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning
sababini izohlang.
  Xursand,  fikr,  yuzsiz,  tavsif,  borarkan,  sunbula,  uchta,
ketdi, bo‘lsa, ravshan, boringiz, fabrika, buncha, taxt, oftob,
borib,  televideniye,  avtomobil,  qo‘shiq,  manba,  ketyapman,
birla,  yigitcha,  tuzsiz,  mazkur,  oqshom,  to‘qson,  bizni,
novvoy,  seshanba,  yutuq,  yubordi,  supra,  birorta,  marotaba,
kabob,  tebranmoq,  yomg‘ir,  Abdusalom,  jabr-sitam,  Xolida
opa,  konstitutsiya,  boj,  billur,  hozir,  so‘zsiz.
24- topshiriq. Òez aytishdagi tovushlar mosligini aniqlang, ng, q,
g‘, j  tovushlarini aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling.
1. Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqanni zang bosmas.
2. Òubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tubsiz dedingizmi?
3. G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur, bizning g‘oz-
g‘onchilar  shuning  uchun  mag‘rur.
4. Simyog‘ochdagi qaldirg‘och qayrag‘ochdagi qora qarg‘aga
qayrilib  qaraganda,  qayrag‘ochdagi  qora  qarg‘a  qarag‘ayga
qaradi.
5. Sijjakdagi g‘ijjakchi jiydadan g‘ijjak yasarmish.

32
6. Jajji jiblajibon jajji Jo‘ra bilan jo‘ra, jajji Jo‘ra jajji jiblajibon
bilan jo‘ra.
25- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qiling. Misralar ohangiga e’tibor bering.
...Farog‘at borligin unutib qo‘ydim,
Bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan.
Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
Buncha kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o‘ttiz yil avval,
Loaqal tug‘ilmay turib anglasam...
Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchun
ovozi  toshlarni  yorar  kuychilar,
qanchalab  sehrgar  shoirlar  kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko‘chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul  tinmoq  uchun  bir  kun  bemalol
faqat yaxshi bo‘lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo‘q qilsa meni daf’atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo‘rlikka,
ayt,  qandoq  yotaman  qa’ringda,  Vatan!
Shavkat Rahmon.
III.  GRAMMATIK  ME’YORLAR
22- mashq. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan
mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shim-
chasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini
aniqlang.

33
1. Shevaga xos qo‘shimchalar... adabiy til qoidalariga mos
holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar... kelib chiqishiga sabab bo‘-
ladi. 2. Aristotel har bir jumla... asosiy fikr... ifoda etishga qarati-
lishi..., ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi...
talab etadi. 3. Safar aka... astoydil achchiqlangani ... sezgan imomi
oraga tushdi (A. Qod.). 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani...
payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon...
ayanchli tovushi eshitildi (O.). 5. O‘rmonjon Qurbon ota... bu
ish... bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi (A.Q.).
6. Elmurod... hammadan oldin yuborilgan razvedka... hadeganda
qaytmayotgani tashvishlantirdi (Sh.). 7. Ona tilimiz... ijtimoiy
hayot... barcha sohalaridagi mavqei... oshirish barcha... vazifasidir.
26- topshiriq. -li va -lik, -qaz va kaz, -dir va -tir, -chi va -(u)vchi
qo‘shimchalari ishtirok etgan so‘zlarni topib, bir-biriga qiyoslang,
farqlarini izohlang va qaysi biri to‘g‘ri qo‘llanganini ayting.
Namuna: Go‘shtli somsa — go‘shtlik somsa.
  Buxoroli ustalar — buxorolik ustalar.
So‘z  shakllari,  qo‘shimchalar,  so‘z  birikmalarining
yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi gram-
matik me’yorga asoslanadi. Nutqning grammatik jihatdan
to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir. Gapda so‘z
va  qo‘shimchalarning  to‘g‘ri  bog‘lanishi,  ega-kesim
mosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatika qoidalari
asosida shakllanadi.
Shuning  uchun  gap  tuzishda,  jumla  qurishda  quyi-
dagilarga amal qilish lozim:
– kelishik qo‘shimchalarining ma’no va vazifalarini
farqlash hamda o‘rinli qo‘llash.
Masalan, -ning qo‘shimchasi ot bilan otni, -ni esa ot
bilan  fe’lni  o‘zaro  bog‘laydi:  ukamning  kitobi,  kitobni
olmoq  kabi;
– ot va sifat yasovchi qo‘shimchalarni farqlash:
–  tuzdon  (ot)  gapdon  (sifat),  kiyimlik  (ot)  yashil  –
kiyimli (sifat), tenglama (ot) – ko‘chma (sifat) kabi;
3 – Mahmudov N.

34
– fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri
qo‘llash: tadbir o‘tkazmoq – ko‘chat o‘tqazmoq, kuldir –
keltir  kabi;
– ega va kesimning shaxs-sonda mosligini ta’minlash:
Ular o‘qiydilar. (Ular o‘qiydi tarzida emas);
– gapda so‘z tartibiga amal qilish:
Uyga shoshib kirdi. (Kirdi shoshib uyga emas).
Izoh: She’riy janrlar tilida nutq maqsadiga ko‘ra misralarda
so‘zlar tartibining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi.
27- topshiriq. Matnni o‘qing, grammatik me’yorlarga amal qilingan
holatlarni, so‘zlar tartibidagi o‘zgarishlarning mohiyatini izohlang.
...Nega  buncha  nola  chekasan,  o‘g‘lim  Muhammad
Humoyun podshoh? Bu cheksiz iztiroblar boisi ne?
Va shu ondayoq bu hadsiz-hisobsiz savollarga javob topgandek
bo‘ldi:  iztiroblar  boisi  —  tiriklikda,  insonlikda.  Faqat  tirik
odamgina iztirob chekmoqqa, iztiroblar ichra tobora tozarib,
yuksalib, hayotning jamiki mashaqqatlarini yengib bormoqqa
qodir.
Dunyodagi hatto eng ulug‘ o‘lik ham iztirob chekmoqdan
mahrum, zero, insoniy iztirob — tiriklik nishonasi, barhayot
diyonat ovozidir. Demak, mehnat-u tarbiyalari zoye ketmabdi
— Humoyun tegrasiga boqar ekan, yuragi dardga to‘ladi, dard
uni bezovta xayol bilan qadamini taftish etadi. Demak, uning
ko‘ksida vijdoni uyg‘oq, adl-u insofi tirik. Balli, o‘g‘lim, deb
shivirladi u, barakalla, bahodirim!.. Ammo shu zahoti ko‘nglini
muzlatib xavotir tuyg‘usi bostirib keldi: bu yumshoqfe’llik bilan
Humoyunning mamlakatdorlik qilmog‘i qiyin, benihoyat qiyin!
Dili muztar bo‘lib, o‘g‘lining maktubidan bir taskin-tasalli
qidirdi. Humoyun xushxat edi, lekin maktubning ba’zi o‘rin-
larini qiynalib, tusmollab ma’nosini chaqdi.
«Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen,
ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiyolmas eding», —
deya tashvish bilan yoza boshladi u...
X. Sultonov, «Nuqta».

35
IV.  SO‘Z  TANLASH  VA  QO‘LLASH  ME’YORLARI
23- mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilari
bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab
qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlari toblanmoqda
edi. 3. Asl  shoyidan tikilgan kuylak bu qomatdor qizga yoqishini
bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bay-
ramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikka bir inson keldi.
6.  Cho‘pon  ozg‘in  qo‘ylarni  yaylovga  haydab,  o‘z  makoniga
qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz
mumkin,  dedi.
28- topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabat
bildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang.
Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini, uning
qochiriqlarini  o‘rganishga  eringan,  so‘z  san’atiga  hunar  deb
emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zni yillar
davomida  aylantirib  kun  ko‘rib  yurgan  bir  turkum  qalam
ahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulo-
sa»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hech kim
gapirmaydi,  zotan  gapirish  mumkin  ham  emas,  faqat  yozib
o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani bir qiyomda
o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga yozilmagan,
lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra «yaxshi ovqat
yedim!»  deb  yozib  bo‘lmaydi,  albatta,  «sifatli  ovqatlandim»
deb  yozish  shart!  «Papiros  chekadigan  kishi  gugurtini  olib
yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiros chekish odatiga
ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilan ta’minlab yurishi
kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilda latifa aytib bo‘lmaydi,
yozib  bo‘lmaydi!  Bu  tilda  hazilga,  maqolga,  matalga,  ajoyib
xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu til har qanaqa jonli fikrga kafan
kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqi mazmunni taxtaga tortadi, har
qanaqa lektorni g‘urbatning uyasiga, har qanaqa auditoriyani
o‘lik chiqqan hovliga aylantiradi!
A. Qahhor, «Quyushqon».

36
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga
tushunarli  bo‘lgan  so‘zni  qo‘llash  nutqning  muhim
me’yorlaridan  sanaladi.  So‘zni  to‘g‘ri  qo‘llashda  quyi-
dagilarni e’tiborga olish lozim:
– so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-
maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;
– shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan
holda ishlatish;
–  so‘zlashuvchilar  uchun  tushunarsiz  bo‘lgan  sheva
so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;
– o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish,
ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;
– so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.
24- mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izoh-
lang va ma’nodoshlarini toping.
1. Òemur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher
(A.O.). 2. Òiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir; so‘zga
ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir (A. Navoiy).
3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq
qabul  qilsin  («Qobusnoma»).  4.  Xullas,  yaxshi  nutq  tuzish
uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish
zarur  bo‘ladi.  Ularning  birontasiga  ahamiyat  bermaslik,
bulardan  birining  qoidasi  buzilishi  qolgan  ikkitasiga  ta’sir
qilmay  qolmaydi  (Beruniy).  5.  Agar  so‘z  senikimi  yoki  sen
so‘znikimi,  deb  so‘rasalar,  aytgil:  men  so‘zniki  va  so‘z
menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni
mevadan,  mevani  esa  daraxtdan  ajratib  bo‘lmaydi.  Agar
nuqsonli  so‘z  qaysidir,  deb  so‘rasalar,  Xudo  va  Rasulning
so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil (Koshifiy).
6.  Agar  gapirgan  vaqtingda  so‘zning  qanday  ma’noga  ega
ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti
deydilar  (Kaykovus).
29- topshiriq. Alisher Navoiyning «Hayratul abror» dostonidagi
«So‘z ta’rifi» qismini o‘qing va bu parchani nasrda yozing.

37
V.  USLUBIY  ME’YORLAR
30- topshiriq. Matn namunalarini o‘qing va bir-biriga qiyoslang.
So‘zlar va ularning ma’nolaridagi farqlarni izohlang.
1. Òexnika – yunoncha so‘z bo‘lib, san’at, mahorat degan
ma’noni bildiradi. Òexnika – inson faoliyati vositalari majmui.
Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish va jamiyatning
turmush  talablarini  qondirishga  xizmat  qiladi.  Ba’zan  biror
faoliyatdagi  mahorat  va  usullar  ham  texnika  deb  ataladi.
(Masalan, milliy kurash texnikasi). Ijtimoiy ishlab chiqarishning
rivojlanish jarayonida insoniyatning bilimi va ishlab chiqarish
tajribasi  texnikada  mujassamlanadi.  Òexnika  insonning  og‘ir
mehnatini yengillashtiradi.
2.  Shirin  muomalada  bo‘lish  har  bir  kishining  burchidir.
Odamlar bir-birlarining qalbiga yaxshi va shirin so‘z orqali yo‘l
topadilar.  Ammo  inson  qalbiga  so‘zni  o‘z  holicha  singdirib
bo‘lmaydi. Buning uchun o‘zingizga libos tanlagan kabi so‘zni
ham pardozlaysiz. So‘zingizga libos sifatida ohang kiydirasiz,
gapingiz go‘zal so‘zlardan tashkil topsin. Ortiqcha har bir so‘z
noo‘rin  ichilgan  dori  kabi  zararlidir.  Har  bir  kishi  so‘zning
qadrini  baland  tutsin,  samimiy  va  jarangdor  so‘zni  sog‘inib
yashasin.
31- topshiriq. Yuqoridagi matnlar asosida quyidagi topshiriqlarni
bajaring:
1. Mahorat, turmush, qondirmoq, yengillashtirmoq, inson,
libos,  so‘z,  qalb,  qadr  so‘zlarining  ma’nodoshlarini  toping.
2.  Matnlardagi  fe’l  shakllarini  o‘zaro  qiyoslang,  farqini
tushuntiring.
So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga mu-
vofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z shakl-
larini  qo‘llash,  so‘z  va  qo‘shimchalar  hamda  gap  tu-
zilishidan  nutq  uslubining  turiga  muvofiq  foydalanish
adabiy tilning uslubiy me’yorlariga tayanadi.

38
Uslubiy  me’yorlarga  amal  qilishda  quyidagilarni
unutmaslik lozim:
– so‘zning asl va ko‘chma ma’nolarini farqlash;
–  so‘zning  ma’nodoshlik,  shakldoshlik,  uyadoshlik,
darajalanish imkoniyatlarini bilish va bulardan o‘rinli foy-
dalanish;
– so‘z va iboralarni aniq, tushunarli tarzda qo‘llash;
– nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda
tutish;
– til vositalarining badiiy, ta’sirchan  imkoniyatlaridan
o‘rinli  foydalanish;
– so‘zlarning uslubiy  farqlanishini hisobga olish.
25- mashq. Gaplarni o‘qing. Ma’nosi o‘zgargan so‘zni ko‘chirib
yozing, ma’no farqlari va uslubiy vazifasini ko‘rsating.
1. Mollarning narxi pasaysa, ishlab chiqarish pasayadi. —
Samadboy shu qishloq odamlarining mollarini boqib yuribdi.
2. Fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun doirasida o‘ziga ma’qul ish
bilan shug‘ullanadi. — Ikkita doira chizing, ularning ichiga zid

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin