deb javob qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechirim sorashsa,
«marhamat, hechqisi yoq», deb dastakni qoying. Telefon orqali
muloqot qilayotganingizda xodimlardan biri huzuringizga kelib
muhim ishi borligini aytib qolsa, hamsuhbatingizdan uzr sorang
va malum vaqtdan keyin unga ozingiz qongiroq qilishingizni
aytib, telefon dastagini ohista qoying. Telefonda gaplashayotganda
otirgan joydan turib, qolini koksiga qoyib yoki boshni egib
gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu holatda gaplash-
sangiz atrofdagi xodimlarning gashiga tegasiz.
53- mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar
asosida matn yarating.
77
Kim?
xabar yetkazadi.
Kimga?
Kim?
qabul qiladi.
Kimgan?
Qachon?
yigilish boladi (otkaziladi).
Nima?
Kim?
qatnashishi (tayyorgarlik korishi) shart.
Nima
uchun?
63- topshiriq. Telefonogrammani oqing, shu asosda litseyingizda
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yigilishi
bolishi haqida telefonogramma namunasini yozing.
«Ustoz» jamgarmasi
Yetkazuvchi kotiba
Salimova. Tel: 45-16-20
TELEFONOGRAMMA
2002. 18.04. Toshkent ¹ 14
Respublika «Ustoz» jamgarmasi hayat boshqaruvi yigilishi
qaroriga kora litseyingizga bir dona IBM PC150 rusumli komp-
yuter ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma
bilan oz vakilingizni yuborishingiz lozim.
Jamgarma raisi I. Shodmonqulov.
OzMU qoshidagi
akademik litsey direktoriga
Qabul qiluvchi kotiba
Turopova.
Tel: 46-36-95 soat 15:30
78
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch
xabar matni yetkaziladi.
Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki
masul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga te-
lefon orqali yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berilishi
haqida ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor bolgach,
qabul qiluvchi ulguradigan suratda yetkazuvchi tomo-
nidan yozdirilishi lozim.
Matnning togri qabul qilinganligiga ishonch hosil
qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga qayta
oqib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogram-
maning berilish vaqti va sanasini, yetkazuvchining ism-
familiyasi, lavozimini qayd etadi.
Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi haqida shunday
malumotlarni yozib qoyishi lozim.
64- topshiriq. a) litseyingizda otkazilishi moljallangan biror tad-
bir togrisida faks yoki elektron pochta orqali (e-mail) yuboriladi-
gan xabar matnini tayyorlang. Faksogrammada telefonogrammadan
farqli tarzda qanday zaruriy qismlar bolishi lozimligini aniqlang;
b) savollarga javob bering:
1. Faksogramma orqali xabar jonatishdan oldin qanday tay-
yorgarlik ishlari bajariladi?
2. Faks orqali yollangan xabaringiz qabul qilinganligini nima
bilan asoslash mumkin?
3. Faksogrammani togri qabul qilish uchun nimalarga eti-
bor berish kerak?
54- mashq. Berilgan soz birikmalari ishtirokida telefonogramma
matni tuzing.
Madaniyat saroyida, ish bilan taminlashga oid, tuman
bandlik xizmati, yoshlar taklif etiladi, 5- may soat 16:30 da,
korxona va tashkilot vakillari, Ozbekiston Milliy universiteti,
talabalar shaharchasida yashovchi.
79
65- topshiriq. Telegramma matnini oqing, telefonogrammadan farqli
jihatlarini izohlang.
Fargona 16 Buvayda 8
Inomjon Qodirovga
Yigirma beshinchi martda uyimizga ortogim Asadulla boradi.
U bilan haydovchilik guvohnomamni berib yuboring, oglingiz
Ilhom.
Telegramma shoshilinch xabar yetkazishning juda qisqa
va ixcham shaklidir. Xabar mazmunini ifodalovchi tele-
gramma matni bosh harflar bilan ikki intervalda yozilishi
kerak. Qolda yozilgan taqdirda harflar yirik-yirik, sozlar
aniq korinishi lozim. Matn tilida yigiq sodda gaplar,
toliqsiz gaplar ishlatiladi, tinish belgilari qoyilmaydi.
Xabar bayonida togri manoli ixcham sozlardan, qisqart-
malardan foydalaniladi. Bunday telegraf uslubida til birik-
malari imkon qadar tejalishi talab qilinadi.
Telegramma matnida bogin kochirilishiga yol
qoyilmaydi, gaplar barcha qatorlarga xatboshisiz yoziladi.
Kunlar va raqamlarni sozlar bilan yozish tavsiya qi-
linadi, murakkab sonlarni raqam bilan yozish mumkin.
Telegramma songida jonatuvchining manzili, ismi-fa-
miliyasi va yuborgan sanasi kichik harflar bilan
korsatiladi.
66- topshiriq. a) quyidagi mazmunda muhim xabarlarni jonatish
uchun telegramma matnlari tuzing:
1) yaqin dostingizni ozingizning yoki qarindoshingizning
toyiga taklif qiling; 2) yuqori davlat hokimiyati idoralari
(Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat
hokimligi)ga erishgan katta yutugingiz togrisida xabar yozing;
b) quyidagi savollarga javob bering:
1. Yuqoridagi ikki telegrammaning qaysi birida pochta manzili
korsatilmaydi?
80
2. Telegramma bilan telefonogramma ortasida qanday farq-
lar bor?
3. Fototelegrammadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
4. Telegramma tinish belgisi qoyilishi mumkin bolgan ho-
latni izohlang.
55- mashq. Berilgan soz birikmalari va gaplarni manodoshlari
bilan yonma-yon qoyib daftaringizga kochiring.
Yigilishda qatnashishlari shart, «Milliy tiklanish» partiyasi
azoligiga qabul qilindim, 5218 raqamli joriy hisobingdan, bu
togrida takror xabar beriladi, jamgarma qaroriga kora, na-
munali tashkil etilganligi sababli, majlisda bolishlari kerak, bu
haqda qoshimcha malumot beriladi, 1018 raqamdagi oz joriy
hisobim mablagidan, Meni «Milliy tiklanish» partiyasi safiga
olishdi, yaxshi tayyorlanganligi tufayli, jamgarma tomonidan
chiqarilgan qarorga muvofiq.
56- mashq. Gaplarni oqing, leksik-uslubiy xatolarni aniqlang va
izohlang.
1. Litsey oshxonasida ovqatlanish xavfsizligi oyligini otkazdi.
2. Hamma qoshimchasi bor oquvchilar yigilishga. 3. Mavjud
chora-tadbirlar belgilangandan avval intizom yaxshilandi. 4. Pe-
dagogik katta stajga egaman. 5. Eshikni ochmasimdan kirishga
taklif etdilar. 6. Bu yoldan yurish hozircha taqiqlanadi. 7. Ota
vasiyatini quloqqa quyish, har qachon esdan chiqarmaslik kerak.
67- topshiriq. Quyidagi soz birikmalaridan foydalanib, muayyan
ish-harakatning qanday sabab bilan bajarilmaganligi yoki nima
maqsadda bajarilganligiga oid gaplar tuzing.
Manodosh sozni topolmaganligi uchun, vergulni orin-
siz ishlatganidan, fikrini asoslash maqsadida, muddati kor-
satilmaganligi tufayli, telefon ishlayotganligi sababli, zudlik bilan
yetkazish maqsadida, hisob raqami ozgarganligi munosabati
bilan, kochma manoni ifodalasin deb, tutuq belgisi teskari
qoyilganligidan, ishontirish maqsadida, bosh harf bilan yoz-
maganligi uchun.
81
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, londalik, maz-
muniy toliqlik kabi talablarga javob berishi lozim. Bu xu-
susiyatlar hujjatchilik tilining oziga xos uslubi, soz
qollash yollari, morfologik va sintaktik belgilari orqali
taminlanadi.
Xizmat yozishmalarida aniqlik va mazmuniy tugallik
fikrni aniq dalillar bilan asoslashga bogliq. Hujjatchilikda
bunday dalil, asoslar quyidagicha bolishi mumkin:
rasmiy qonunlar, bitim va shartnomalarning tegishli
moddalari, bandlarini korsatish. Masalan: «OzR fuqarolik
kodeksining 1135- moddasiga muvoflq», «Tuzilgan shart-
nomaning 3- bandiga asosan» kabi;
qonunchilik yoki kelishilgan shartlar, manzilning
ozgarganligini takidlash. Masalan: «boshqa shaharga
kochishi munosabati bilan»;
raqamli korsatkich, hisob-kitoblar asosida. Ma-
salan: «davlat raqami 10S6260 bolgan VAZ- 2107 ru-
sumli yengil avtomobil bilan»;
mantiqiy asoslarni ifodalovchi «shunga kora», «mu-
nosabati bilan», «...ganligi sababli», «...ishi uchun», «oqi-
batida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda», «guvohlik
berishicha», «tekshiruv natijasiga binoan» kabi qoliðlash-
gan soz birikmalari va h.k.
68- topshiriq. Matnni oqing, uning zaruriy qismlarini aniqlang va
tavsiflang.
TARJIMAI HOL
Men, Sobirov Nodir Nozim ogli, 1985- yil 27- iyunda
Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tugildim. Otam Sobirov
Nozim viloyat yol qurilishi boshqarmasining bosh mu-
handisi, Onam Nomozova Nasiba 18- orta maktabda
oqituvchi bolib ishlaydilar. Oilada 4 kishimiz. Ukam Nasim
7- sinfda oqiydi.
1992- yildan 2002- yilgacha Buxoro shahridagi 18- maktabda
oqidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri boldim. Ona
6 Mahmudov N.
82
tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan boyicha viloyat
olimpiadasida 2- orinni egallaganman. Tennis boyicha respub-
lika musobaqalarida faxrli orinlarni olganman.
9- sinfni tugatib, 2002- yilda Buxoro davlat universiteti-
ning akademik litseyiga oqishga kirdim.
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer kochasi,
51- uy.
(imzo) N. Sobirov.
2002- yil 21- may.
57- mashq. Quyidagi soz va soz birikmalarini daftaringizga kochi-
ring va manolarini izohlang, songra ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Dehqon oilasida tugildim, savdo uyushmasi raisi, bolim
mudiri vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, oqishga kir-
dim, lavozimida ishladim, azosiman, qatnashaman, uylan-
ganman, turmush ortogim, jamoat ishi, saylanganman.
69- topshiriq. Ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoli birik-
malarining manosini izohlang. Ozingizning ijtimoiy kelib
chiqishingiz va ijtimoiy ahvolingiz togrisida kichik matn tuzing.
58- mashq. Ariza namunasidagi bosh orinlarni toldirib, dafta-
ringizga kochiring. Ajratilgan sozlar manosini izoh-
lang.
Toshkent Davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba... Samad
Qosimovdan
ARIZA
Men «Umid» jamgarma... tanlovida ... natijalarga erish... im-
tiyozli orinni qolga kirit... . Shuning ... «Umid» jamgarmasi
men... Amerika Qoshma ... ga oqish uchun yollanma berishga
... qildi.
83
Oqishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix
fakultetida ... ettirish uchun ruxsat... ni soray... .
(imzo) S. Qosimov.
2002- yil 28- may.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs
nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida
yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol
qollanadigan rasmiy hujjat ham arizadir.
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga kora turlicha
boladi. Chunki oquvchi yoki talabaning turli masalalar
yuzasidan talim muassasasi rahbariga yozadigan ariza-
laridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning kor-
xona boshligi, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biri-
dan farq qiladi. Bundan qatiy nazar, har qanday arizada
quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
ariza yollanadigan muassasa nomi yoki rahbarning
vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
ariza yozuvchining turarjoyi yoki vazifasi, ismi,
otasining ismi va familiyasi;
hujjat nomi (Ariza);
ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
zarur bolgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar
nomi;
qogozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil,
kun va oy);
qogozning ong tomonida ariza yozuvchining
imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi.
59- mashq. Berilgan gaplarni yuqorida korsatilgan zaruriy qismlar
tartibiga amal qilgan holda joylashtirib, daftaringizga
kochiring.
Kasalligim tufayli qishki sinov va imtihonlarni oz vaqtida
topshira olmadim. Toshkent yuridik kolleji direktori M. Mirha-
midovga. I. Abdullayev. Shu sinov va imtihonlarni topshirishga
ruxsat berishingizni sorayman. Ariza. 2002.23.02. Arizamga kasal-
84
ligim togrisidagi tibbiy malumotnoma ilova qilindi. 2- bosqich
talabasi Ilhom Abdullayevdan.
70- topshiriq. Litseyingiz direktoriga oquv (akadem) tatil berish-
ni sorab ariza yozing.
60- mashq. Quyidagi birikmalarni daftaringizga kochiring va eslab
qoling. Ulardan foydalanib tortta gap tuzing.
Boshqa shaharga kochishimiz munosabati bilan, mehnat
tatili berishingizni sorayman, ilova qilindi, ilova qilingan huj-
jatlar asosida, kasalligi tufayli, moddiy qiyinchiliklar sababli,
ozod etishingizni sorayman, ozim haqimda quyidagilarni
malum qilaman, ijozat berishingizni sorayman, yoshlar
nomidan soraymiz, yordam berishingizni soraymiz, deb hisob-
lashingizni sorayman, haqida qaror chiqarishingizni soray-
man, aytilganlar asosida, kelmayotganligi sababli, moddalariga
rioya qilgan holda, muddatini uzaytirishingizni sorayman,
davo talablarini tasdiqlash uchun, ushbu hujjatlarga muvofiq.
71- topshiriq. Matnni oqing va mazmunini izohlang.
Men 2002- yil 14- oktabrdan 6- noyabrgacha onamning
qattiq betobligi sababli darslarga qatnasha olmadim.
Qoldirgan 48 soat mashgulotni mustaqil ravishda ozlash-
tiraman.
Ilova: onamning kasalligi togrisida tibbiy malu-
motnoma.
61- mashq. Berilgan tushuntirish xatidagi nuqtalar orniga mos
qoshimcha va sozlarni qoyib, daftaringizga
kochiring.
S. Rahimov nomli litsey direktori T. Qodirovga.
3- bosqich talabasi A. Xotamovdan.
85
TUSHUNTIRISH XATI
Shu yil 15- dekabr kuni men fizika oquv xonasida kursdosh
... E. Umarov ... mashgulot otkazayotgan edik. Men shoshilib
ombir... olmoqchi bolib, stol... turtinib ket... . Stol nosozligi ...
uning usti... shisha idish sindi. Biz nojoya harakat qilgan... yoq,
tasodif... shunday boldi.
(imzo) A. Xotamov.
2002- yil 15- dekabr.
Tushuntirish xati xizmat (oqish)ga aloqador masa-
lani, uning biror jihatini yozma izohlovchi huijatdir. Shax-
siy tushuntirish xatlari xodim (talaba) tomonidan muas-
sasa (oquv yurti) rahbari nomiga yoziladi. Unda ish
(oqish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etil-
gan ayrim orinsiz xatti-harakatlar tafsiloti, ularning sa-
bablari bildiriladi va dalillar bilan izohlanadi. Odatda tu-
shuntirish xati mansabdor shaxs (rahbar) talabi bilan
yoziladi.
Bu hujjat xodim (talaba) haqida biror qarorga ke-
lish, unga nisbatan mamuriy jazo chorasi qollash yoki
qollamaslik uchun asos vazifasini otaydi.
Tushuntirish xati xodim (talaba)ning oz dastxati bi-
lan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida
(masalan: N. Sobirovning tushuntirih xati) rasmiylash-
tiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va
dalillar aniq korsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qoshimcha
asoslov hujjatlari ilovada beriladi.
62- mashq. Quyidagi qoliðlashgan birikmalarni daftaringizga kochirib
oling va xotirangizda saqlab qoling. Bu birikmalardan
foydalanib, oquv amaliyotida qatnashmaganingiz sa-
babi togrisida tushuntirish xati yozing.
Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolana-
yotganligi uchun, nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi
sababli, joriy etilganligi munosabati bilan, imkoniyati yoqligi
tufayli, vafot etganligi sababli, ob-havo noqulayligi uchun,
86
ozgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli,
etiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli.
72- topshiriq. Matnni oqing, ajratilgan sozlarning manosini
izohlab, matn mazmuni nimaga qaratilganligini ayting.
Men, ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Mahmuda Vali-
yeva, litsey kutubxonasidan ijtimoiy yonalish bolimining 2-
bosqich talabalari ortasida mushoira otkazish uchun 10 (on)
ta «Sher sanatlari» kitobini oldim.
Mashgulot tugagach, olgan kitoblarni topshiraman.
63- mashq. Nuqtalar orniga tegishli qoshimchalarni qoying. Songra
bu gaplarni tilxatning zaruriy qismlari tartibida joylash-
tirib, matn yarating.
Alisher Navoiy tavalludi... 552 yilligi munosabati bilan
otkazil... anjuman oldi... kollej kutubxonasi ... R. Yunusov. Na-
voiyning hayoti va ijodiy merosini yorituvchi burchak tashkil
et... maqsadida 50 (ellik) ta kitob ol... (royxat ilova qil...). Tilxat.
Men, ozbek tili oqituvchisi Rustam Yunusov. 2002.04.02.
Kitoblarni 2002- yil 10- fevralda qaytarib topshirish majburi-
yat... zimmam... olaman.
Toshkent qurilish kolleji direktori M. Asqarov... .
73- topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Tilxatdagi yozuvlarni nega ochirish yoki tuzatish mumkin
emas?
2. Tilxat notarial idoralarida tasdiqlanishi shart bolgan ho-
latlarni izohlang.
3. Buyum yoki pul miqdori tilxatda qanday korsatiladi?
4. Qaysi holatda tilxat matnida guvohlar korsatiladi?
74- topshiriq. Quyidagi soz va soz birikmalari yordamida 4 (tort)
ta gap tuzing, ularni mantiqiy boglanishda joylashtiring.
Ishonchnoma tuzmoq, pul jonatmasini olmoq, xizmat sa-
fari, mart oyi uchun, nomimga kelgan, ishonch bildirmoq,
87
vakolat bermoq, kursdoshimga, menga tegishli, huquqini ber-
moq, imzo qoyishga, shartnoma tuzishga, uyushma kassasi-
dan, pasportga ega, betobligim tufayli, imzosini tasdiqlamoq,
bir yillik muddatga berildi.
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs
nomidan ikkinchi bir shaxsga uning nomidan ish korish
uchun yozma ravishda ishonch bildirilgan vakolatli hujjat
sanaladi.
Mazmuni va vakolat egasiga kora xizmat ishonchnomasi
va shaxsiy ishonchnomalar farqlanadi.
Xizmat ishonchnomalari davlat idoralari, jamoat
tashkilotlari tomonidan mazkur idoraning mansabdor
shaxsiga uning shu idora tomonidan ish yuritishga vakil
etilganligini tasdiqlash uchun beriladi. Bunday ishonch-
noma idora rahbari tomonidan imzolanadi va tasdiqlanadi,
shuningdek, amal qilish muddati korsatiladi.
Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan
oziga tegishli pul yoki qimmatbaho narsalarni borib olish
uchun ishongan kishisiga ishonch bildirib yozgan
hujjatidir.
Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi
(ishlamagan taqdirda mahalla qomitasi) tomonidan muhr
bilan tasdiqlanishi lozim.
64- mashq. Matnda tushirib qoldirilgan qoshimchalarni togri
topib qoying va shaxsiy ishonchnoma namunasini
daftaringizga kochiring.
ISHONCHNOMA
Men, Kamol Yoldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga
Yakkasaroy tumanidagi 64- aloqa bolim... men... nom... kelgan
50000 (ellik ming) som miqdoridagi pul jonatma... ol... uchun
ishonch bildir.....
(imzo) K. Yoldoshev.
2002- yil 5- may.
88
K. Yoldoshev imzo... tasdiq... . Litsey kadr... bolim... boshligi
(muhr)
(imzo) A. Shukurov.
75- topshiriq. Berilgan soz birikmalari va gaplarni tartib bilan
joylashtirib, xizmat ishonchnomasi namunasini tuzing va zaruriy
qismlari ornini chizmada korsating.
Yunusobod tumanidagi 42- son madaniy mollar doko-
nidan shartnoma boyicha, Chilonzor tumanidagi M.Ulugbek
nomidagi litseyning xojalik ishlari mudiri Hasan Boboyevga,
litseyimizga ajratilgan 78550 (yetmish sakkiz ming besh yuz el-
lik) somlik oquv qurollarini olishga ishonch bildiradi. Litsey-
ning tortburchak muhri. Litsey direktori B. Qodirov.
Ishonchnoma, Ishonchnoma 2002- yil 10- iyungacha amal
qiladi. 2002.10.05. Tartib raqami: 18-104. Dumaloq muhr. Imzo.
76- topshiriq. Matnni oqing. Atoqli adib Oybekka berilgan tavsifni
oz sozlaringiz bilan kengaytiring. Belgi ifodalovchi sozlar manosini
izohlang.
Talant qanchalik katta, qanchalik qudratli bolmasin, har
nechuk yuzada boImaydi, konga oxshash yerning qarida boladi.
Bu kon talantni qazib olish uchun avvalo katta aql, undan
keyin katta bilim, matonat, kuch, gayrat, bularning ustiga
dard bolishi kerak.
Katta talant egasi Oybekda mana shu xislatlarning hammasi
mavjud. Oybek mana shu xislatlari bilan xalqimizning manaviy
xazinasiga katta boylik qoshdi.
Yozuvchining umri yil bilan olchanmaydi, ijodiy faoliya-
tining samarasi bilan olchanadi. Oybek 400 yilga teng keladi-
gan 40 yillik ijodiy faoliyatining bir lahzasini ham samarasiz
otkazgani yoq. Oybek bu jihatdan ham hozirgi va kelajak ada-
biy avlod qarshisida ustod bolib gavdalanadi.
Abdulla Qahhor.
Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning
muhim belgilari aniq malumotlar, sifatlovchi ifodalar
89
orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-vo-
qeani xolisona baholash bilan birga unga munosabat
bildirish ham muhim hisoblanadi.
Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi
sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-
grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shu-
ningdek, shaxs harakat-holatining belgisini ifodalovchi
ravishlardan orinli foydalanish talab qilinadi.
Shunga kora tavsifiy matn yaratish zaruriy til vo-
sitalarni togri tanlash va qollashni, sifat va ravish
yasalishi meyorlarini, bunday sozlardagi belgi ifodasi-
ning darajalanishini puxta bilishni taqozo etadi.
65- mashq. Insonga xos belgi-xususiyatni ifodalovchi sozlarni ijo-
biy va salbiy munosabat bildirishga kora ikki ustunga
ajratib kochiring.
Halol, gamxor, maqtanchoq, samimiy, siðo, yuvosh,
qopol, masuliyatsiz, etiborli, mehribon, loqayd, jamoat ish-
lari sust, togrisoz, beparvo, dangasa, talabchan, kongil-
chan, shirinsoz, janjalkash, tashabbuskor, andishali, inda-
mas, odamovi, kishilarga aralashmaydigan, obroli, ginachi,
sovuqqon, qobiliyatli, bilimi bosh, iqtidorli.
77- topshiriq. Yuqorida keltirilgan sifatlarning zid mano bildiruv-
chi muqobillarini lugat yordamida toping va ular ishtirokida 4 (tort)
ta gap tuzing.
78- topshiriq. Tavsifnoma matnini oqing. Fel shakllarini topib,
mano va vazifasini izohlang.
Dostları ilə paylaş: |