qilishni oylamagandim, ammo orni kelib qoldi. Koinot azal-
dan insonni zulmat bilan oragan. Fan esa odamzot qolidagi
mangu mashala!
Zero fan cheksizlikni organar ekan, ayni paytda,
ozining ham had-chegarasi yoq. Inson bilimi tugamaydi, u
abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday ekan,
men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi
chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim
kerak? Nima uchun?! Yoq, aqlimiz bolsa, istiqbolimizga chi-
nakam qaygursak, orzuni bogmaylik. Orzu har qanday fakt-
dan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot koksidagi mildirab
turgan buloq, gurkirab osuvchi nihol...
Oktam Usmonov, «Girdob»dan.
33- mashq. Gaplarni asosiy mazmunini saqlagan holda ixcham-
lashtiring, ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz dafta-
ringizga kochiring.
1. Uning manfaatlarini, fikr-oy doiralarini, goya va maq-
sadlarini yaxshi bilamiz (Zulflya). 2. Gapni yana chozmasin
deb unga qarshi hech narsa demadi (A. Q.). 3. Menga qara, bir
ish buyursam, yoq demaysanmi? (S. Ahm.). 4. Na muattar
chamanzorlar, na muhtasham koshklar, na kumushlangan ho-
vuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar hech nima uni qiziq-
tirmadi (O.). 5. Kunduzi bolsa, ozingizdan otar gap yoq,
xunukroq korinadi (A. Q.). 6. Kim maqtanchoq bolsa, u ham-
maning oldida xijolat tortadi (Maqol). 7. Koz qayerda bolsa,
mehr ham osha yerda boladi (Maqol).
43- topshiriq. Darslik va jurnaldan yoqtirgan faningizga oid matnni
tanlab, ixchamlashtiring. Song matnni qisqa tarkibiy qismlarga ajra-
ting va har biriga mos sarlavha toping.
34- mashq. Sherni nasriy matnga aylantirib daftaringizga kochiring.
Matn mazmunini oz fikr-qarashlaringiz bilan toldiring
va xulosa yozing.
53
... Kop jahongir korgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin, dostlar, sher ahli aro
Jahongiri kam bolar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tigi yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo boldi chamanim, manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingdan otdi kop zamon,
Otdi Budda, otdi Zardushti,
Har uchragan nokas-u nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz gazabga tolib
Yoqotmoqchi boldi dunyodan.
Jaloliddin samani bolib
Sakrab otding Amudaryodan.
Sensan oshal samanim manim,
Ozbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oriðov.
35- mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar orniga fikrga mos tarzda
kiritmalar, ilova birikmalar qoshing, gap bolak-
larini uyushiq yoki ajratilgan bolaklar hisobiga
kengaytiring.
1. ..., men «muboraknoma»ni oqitib korgan ekanman
(S. Ahm.). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa tolar-
man (A. O.). 3. Bir kordim men uni shunchalar gozal,
oydan-da gozaldir, ... gozal! (Cholpon). 4. Har birimiz oz
maktabimiz, ...... esladik. 5. Nahotki u erta-indin uzoq ayriliq
boshlanishini ......, yuragi ezilmaydi (O.). 6. Boyagi yigitning,
... qoli gul ekan (P.Q.). 1. Biz Toshkentdan janubga ...
tomonga qarab yura boshladik.
Matnni kengaytirish quyidagi yol va vositalar bilan
amalga oshiriladi:
54
matnning bosh fikri, goyasini shakllantiruvchi ta-
yanch soz yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bogliq holda
oz mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qoshish;
matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan
boyitish, dalillar bilan asoslash;
gapni uyushiq bolaklar, kiritmalar, ajratilgan bo-
laklar hisobiga kengaytirish;
soz va birikmalarni manodoshlari tasviriy ifo-
dalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vosita-
lari bilan almashtirish;
sodda gapni qoshma gapga, qoshma gapni alohida
sodda gaplarga ajratish;
asosiy fikrni ifodalovchi gapga qoshimcha fikr, izoh
bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda
boglab kiritish;
matnning kirish, xulosa qismlarini oz qarashlari,
mulohazalari, ilovalari bilan toldirish.
36- mashq. Matnning tushirib qoldirilgan orinlarini oz sozlaringiz
bilan toldiring. Oz fikringizni matnning asosiy maz-
muniga boglovchi vositalarni ajratib korsating.
Hayot gozal, yashash maroqli. Biroq inson uchun.... Shu
bois bolsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu
dunyoning gozalliklaridan koproq bahra olishga, u ... intilib
yashaydi. Bu istak esa bazida odamzodga baxt keltirsa, .... Insoni-
yatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha ... . U amal
qilayotgan koplab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, ....
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati
ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. Etibor bergan bolsangiz,
yoshlarimiz ruju qoyayotgan sigareta tutunlari ... singari tobora
farzandlarimizning katta qatlamini oz iskanjasiga olmoqda.
Yurtimizda ... etibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz
vorislari bolgan ogil-qizlarimizning bu qadar ozlarini zahar-
lashlariga nima sabab bolmoqda? Aytish joizki, farzand-
larimizning har qanday illatga ruju qoyishlarida, avvalo ... bosh
omil bolib xizmat qiladi.
55
44- topshiriq. Matnni oqing. Ajratib korsatilgan sozlarning
manosini izohlang.
Ozbekiston yer islohoti tizimida yer mulkchiligiga amal qi-
lish iqtisodiy mexanizmining asosiy maqsadi yerda turli xil
xojalik yuritish shakllarining teng huquqli rivojlanishi, kop
ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, yerdan samarali va oqilona
foydalanish hamda uni muhofaza etish uchun shart-sharoitlar
yaratish manfaatlari yolida yerni qayta taqsimlashdan iborat
bolmogi kerak. Bunday maqsadga erishish, albatta, oson emas
va u yer islohotining prinsiðial masalalarini aniqlab olishni
taqozo etadi.
Birinchidan, yer resurslariga egalik qilish, tasarruf etish va
foydalanishning ustuvor yonalishlarini aniqlash va asoslash
lozim. Ayniqsa, yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari va
masuliyatlarini uygunlashtirish, ularni amalga oshirishning
samarali mexanizmlarini topish va amaliyotga tatbiq qilish muhim
vazifa hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirgi vaqtda tub yer islohotini otkazish
uchun davlatning yerga bolgan mutlaq mulkiy huquqi
taminlangan holda yer resurslaridan foydalanish, egalik qilish
va tasarruf etish boyicha iqtisodiy vazifalarni kuchaytirish ni-
hoyatda zarur bolmoqda.
«Ozbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnalidan.
37- mashq. Gaplarni kochiring. Kasb-hunarga oid sozlarning vazi-
fasini aniqlab, qavs ichida korsating.
1. Endigina tandirdan uzib olingan patir hidi insonga orom
beradigan xushboy hiddir. 2. Manovi yakka ot-aravada ularga
suv ham, yonilgi ham, moy ham, yana boshqa balo-battar-
larni yetkazib berishim kerak (Ch. Ayt.). 3. Binoning devorlariga
ganj bilan ishlov berilgan, eshik va derazalari oymakorlik gullari
bilan bezatilgan. 4. Tekis taxtaga quruq bor bilan yozsangiz,
yozuvingiz aniq korinadi. 5. Orikning turli navlari, qanday
payvand qilish, naycha payvand, kurtak payvandlar togrisida
sorab-surishtirib, ancha narsalarni bilib oldim (S. Ahm). 6. Yoz-
ganlaringizni disketga kochirgandan song, matnni kompyu-
56
ter xotirasidan ochirishingiz mumkin. 7. Avvalo shuki, ka-
vush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok (G. G.).
Nutqda ishlatilish doirasi malum kasb-hunarga kora
chegaralangan sozlar kasb-hunarga oid sozlar hisobla-
nadi. Bunday sozlar qaysi hududda yashashidan qati
nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli boladi. Masalan,
daska (kulollar xom idishlar ichini dasmollashda suv quyib
ishlatadigan sopol idish), josha (togdan olinadigan qizil
kesak), volash (loyni ochib-yorib tozalash) kabi sozlar
kulollargagina tushunarlidir.
Kasb-hunarga xos sozlarning asosiy qismini shu sohaga
oid atama (termin)lar tashkil etadi. Atamalar fan, texni-
ka, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan tu-
shunchalarni ifodalaydigan bir manoli soz va soz birik-
malaridir. Atamalar qoshimcha mano jilolariga ega emas.
Atamalarning kopchiligi boshqa tillardan ozlashgan
sozlardan iborat. Masalan: advokat, argon, dialog, debi-
tor, grant, modul, metr, test, tormoz, marketing kabilar.
45- topshiriq. Biror fan boyicha darsligingizdan muayyan parcha-
ni oqing. Bevosita shu fanga oid atamalarni ajratib, manosini lugat
asosida izohlang.
38- mashq. Matnni oqing. Sohaga oid atamalar qollangan gaplarni
kochirib oling, qavs ichida atamaning manosini yozing.
Bir xil manoli ifodalarni nutqda ortiqcha kiritish man-
tiqiylikning buzilishiga sabab boladi. Bir xil manoli birdan
ortiq ifodalar pleonazm deb yuritiladi: men, ozim; shu bugun,
bugundan boshlab kabi. Mantiqiy aloqalar va munosabatlarni
ifodalashning muhim vositalaridan biri kirish soz, kirish birik-
malar, yordamchi sozlar, boglovchilar, yuklamalar hisobla-
nadi. Ulardan togri foydalanish yaxshi nutq yaratishning ga-
rovi sanaladi. Gaplar orasida mantiqiylikning buzilishiga sabab
sifatida quyidagilarni korsatsa boladi:
1. Gaplarni bir-biriga boglashda yuz beradigan xatolar.
2. Bir fikrdan boshqasiga otishda yuz beradigan xatolar.
57
3. Matnni xatboshilarga ajratishda xatolarga yol qoyish.
4. Matnni mantiqiy shakllantirish, sintaktik qurilmalarni
tanlashda yuz beradigan xatolar.
Har bir gapda nisbatan tugallangan qandaydir fikr ifoda-
langan boladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda
ifodalangan fikr, odatda, yo rivojlantiradi, yoki ulardan kelib
chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. Shunday ekan, keyingi gapni
oldingi gap bilan togri boglash muhimdir. Gaplar bir-biri
bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqali boglanadi.
Ixtisoslikka oid sozlarni nutqda togri tanlash va
qollash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilim-
donlikning muhim sharti hisoblanadi.
Soz tanlashda quyidagilarga etibor beriladi:
sozning lugaviy manosini bilgan holda tanlash;
tanlangan sozni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
sozning suhbatdoshlarga tushunarli bolishini
hisobga olish;
sozning mano xususiyatlariga asoslanib, uni nutq
maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
sozni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
baynalmilal atamani adabiy tilning leksik meyoriga
muvofiq holda tanlash;
soz, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos
ravishda tanlash.
39- mashq. Gaplarni diqqat bilan oqing. Notogri qoIlangan
sozlarni aniqlab, manosiga kora mos soz bilan al-
mashtirib, gaplarni kochiring.
1. Sozlovchining oz fikrini qisqa va batafsil ifodalab, ting-
lovchiga yetkazishi ham oziga xos sanatdir. 2. Sozga benazir
kishi mayda bir maqsadni uzoq sozlab bayon qiladi. 3. Nojoya
soz yurak kozgusini parchalashi, tagin insonni vayron qilishi
mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining meh-
ribon odamizoti ham kop boladi. 5. Shirin soz, gozal til
inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq soz,
58
besonaqay gap inson dilini shunchalik noxush qiladi, dil piyo-
lasini parchalaydi. 6. Mashq sababli sozlash qobiliyatini, nutq
madaniyatini, notiqlik sanatchiligini odamlar olqishlaydigan
saviyada egallash mumkin. 7. Tilda uni nomlovchi suxan
bolmasa, bunday sozni hamsoya tildan olish mumkin. Ammo
tilda turgan sozlar ornida boshqa suxanni qollash falokatdir.
46- topshiriq. Quyidagi soz, atama va soz birikmalarining qaysi
uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bolganlari
ishtirokida gaplar tuzing.
Xalq sayli, bolinmas fond, kirim, zarurat tufayli, taftish,
sozga chiqdi, infrastruktura, mehnat bitimi, kochmas mulk,
topshirigingizga binoan, tebranish, hosila, sugurta, zimmasiga
yuklatilsin, elektromagnit maydoni, modellashtirish.
40- mashq. Matnlarni oqing, ulardagi ixtisoslikka oid sozlarni
ajratib kochiring va matnlarda qanday uslubiy vazifani
bajarayotganligini qiyoslab tushuntiring.
I. Rivojlangan davlatlarda auditni boshqarishda davlat faol
ishtirok etadi, shuning uchun siyosat elementi bilan har bir
audit firmalari davlat siyosatiga javob berishi va audit kompaniyasi
shu siyosatga muvoflqlashtirilishi kerak.
Davlat audit kompaniyalari majburiyatlarini belgilashda,
iqtisodiy hamda moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilishda, audit va
auditorlar talablarini (malumotini, klassifikatsiyasi, imtihon
topshirish tartiblarini va h.k.) belgilashda oz tasirini otkazadi.
Yunusobod tumani tijorat banki
boshqaruvi raisi A. Rahmonovga.
Auditor S. Jumayevdan.
II.
BILDIRISHNOMA
Sizning korsatmangizga binoan men kassir-nazoratchi
S.Olimov bilan shu yil 1518- noyabr kunlari «Lazzat» kor-
xonasida audit tekshiruvini otkazdim.
59
Korxonaning 3- choragidagi daromad korsatkichi qoni-
qarli, soliqlar oz vaqtida tolangan. Lekin mehnatni tashkil
etishda qator kamchiliklarga yol qoyilgan. Bu togrida ilova
qilinayotgan malumotnomada batafsil yozilgan.
Auditor (imzo)
S. Jumayev.
2002. 20.11.
47- topshiriq. Ozingiz tanlagan fan yonalishidagi darslikdan bi-
ror matn parchasini oqing, song undagi ixtisoslik atamalarini
boshqa manodoshlari bilan almashtirib, mustaqil ravishda matn
yarating. Asl va ijodiy matn ortasidagi farqni izohlang.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga etiborni
qaratish lozim:
matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini
oldindan bilish;
ixtisoslikka oid soz va shartli belgilarni togri tanlay
olish va orinli joylashtirish;
soz va atamalarni imlo meyorlariga rioya qilgan
holda yozish;
kasbdoshlarga unchalik tanish bolmagan yoki faol
qollanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga
qavs ichida izoh berish;
ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan ozlash-
tirish va soz yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
kasb-hunar sozlari va atamalarining orinsiz tak-
rorlanishiga yol qoymaslik, ularning tasirchanligini oshi-
rish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya
imkoniyatlaridan orinli foydalanish va boshqalar.
41- mashq. Berilgan gap qurilishlarini leksik, morfologik, sin-
taktik sinonimiya imkoniyatlaridan foydalanib oz-
gartiring va kochiring.
1. Qish taraddudini korishga togri keladi. 2. Ozbo-
shimchalikka yol qoyilmasin. 3. Xalq shevalarini jiddiy organish
60
va tavsiflash lozim. 4. Ishda yol qoyilgan xatolar uchun hayf-
san bilan ogohlantirishni taklif qilaman. 5. Saylov. Hamma oz
nomzodlarini tanishtirish bilan mashgul. 6. Qabul vaqti tugadi.
Ertaga kelasiz. 7. Malum bolishicha, litsey oqituvchisi tuma-
nimizda ekologik muhitni yaxshilash ustida izlanishlar olib bor-
moqda ekan.
48- topshiriq. Litseydagi oquv xonangizni qayta jihozlash yoki
«Eng yaxshi kitobxon» korik-tanlovini otkazish yuzasidan oz
fikr-mulohazangiz va takliflaringizni yozing.
Matn tuzishdan oldin uni kimning nomiga yozishingizni,
qanday fikrlar bildirishingizni, bu fikrlarni qaysi dalil bilan
moslash mumkinligini oylab koring. Qoralama tayyor bol-
gach, matnni qayta oqing, ortiqcha sozlarni qisqartiring,
ayrimlarini tasirchan sozlar bilan almashtiring, song xa-
tolarini yana bir bor tekshirib chiqing.
42- mashq. A. Oriðovning quyidagi sherini nasriy matnga aylan-
tirib yozing. Matn mazmunini oz sozlaringiz bilan
toldiring.
Dunyo bir gulzordir keng va betimsol,
Yulduzlar gunchadir uning ichida.
Qogirchoq ichida qogirchoq misol
Gullar ostiramiz xona ichida.
Dunyo bir boladir shox va betimsol
Uning axtargani shodlik va kulgu.
Qogirchoq ichida qogirchoq misol
Unga ermak bolib qolmasak boldi.
49- topshiriq. Ixtisoslikka oid lugatdan 10 ta soz, atamani daftaringizga
kochirib oling. Tanlagan sozlaringiz qarshisiga ularning manodoshlari
yoki unga uyadosh sozlarni topib yozing. Songra shulardan 4 tasidan
foydalanib, uslubiy jihatdan farqlanuvchi gaplar tuzing.
Namuna: royxatlash royxatdan otkazish.
61
1. Nazoratchi murojaat etayotgan kishilarni royxatlashga
kirishdi. 2. Shaxsiy avtomobilimni royxatdan otkazishingizni
sorayman.
43- mashq. Hujjat matnini oqing, undagi komakchi va fellarni
sinonimlari bilan almashtirib kochiring.
OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING QARORI
1995- yil, 24- avgust 339- son Toshkent shahri.
Ozbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida.
Ozbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan
ozbek alifbosini joriy etish togrisida»gi qonunini bajarish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ozbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova
qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat
va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin
yozuviga asoslangan ozbek alifbosidagi qoidalarni joriy qi-
lish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga
oshirsinlar.
3. Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va
orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Davlat mat-
buot qomitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun
qollanma sifatida ozbek tilining lugatini, kishi ismlari va joy
nomlari lugatlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini
korsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar
Mahkamasining Talim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va
madaniyat bolimlariga yuklatilsin.
Savol va topshiriqlar:
1. Matnga tarif bering va uning turlarini farqlang.
2. Matnni ozgartirishning qanday yollarini bilasiz?
3. Matn tuzishda nimalarga etibor berish kerakligini izohlang.
62
♦ Hujjatchilik tarixi
♦ Hujjat turlari
♦ Xizmat xatlari
♦ Murojaat xatlari
♦ Shaxsiy xatlar
♦ Hujjat tuzishda dalil va asoslar
♦ Ish yuritish asoslari
♦ Hujjatlarning zaruriy qismlari
♦ Hujjatda tinish belgilari
50- topshiriq. a) matnni oqing, ajratilgan sozlarning manolarini
izohlang.
Bobilning miloddan avvalgi 17921750- yillardagi podshohi
Xammurapining adolatpesha qonunlar majmuyi, undan ham
qadimroq podshoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 21122094-
yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «huj-
jatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechogli olis va
murakkab tarixga ega ekanligini korsatadi.
Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzulmaning almashina borishi, aniqrogi, kishilar ortasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha bori-
shi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan.
Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida Orxun-
Enasoy, sogd, eski uygur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan
juda koplab hujjatlar, umuman, yozma manbalar malum.
Sharqda XXIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga
yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan
HUJJAT TURLARI VA ISH
YURITISH ASOSLARI
63
xilma-xil bolgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash
va h.k.
Bu orinda Toxtamishxonning 1393- yilda polyak qiroli
Yagaylaga yollagan yorligi, Temur Qutlugning 1397- yil-
dagi yorligi, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzo-
ning margilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469- yilda
bergan yorligi, Toshkent hokimi Yunusxojaning 1779- yil
2- iyunda Peterburgga Rossiya podshosiga oz elchilari orqali
yuborgan yorligi va boshqalarni eslab otish mumkin;
b) savollarga javob bering:
1. Orta Osiyoda X asr hujjatlari qaysi tilda yozilgan?
2. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan? Ulardan
namunalar keltiring.
3. Orxun-Enasoy bitiktoshlaridagi yodnomalar hujjat hisob-
lanadimi?
4. Orta Osiyoda qaysi davrlarda ozbek (turkiy) tilda ish yuri-
tish yolga qoyilgan?
5. Ozbek (turkiy) tildagi hujjat namunalari keltirilgan qan-
day tarixiy va badiiy asarlarni bilasiz?
44- mashq. Gaplarni oqing. Eski uslubga xos lisoniy qoliðlarning
manosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqo-
billarini qavsda korsatib kochiring.
1. Xoja Kalonga salom degach, soz ulkim, Shamsiddin
Muhammad Atovaga keldi... Tengri taolodin umid andoq-
durkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom
topgan («Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin
salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh
qullar shodmon boldilar. Umid ulki, hamisha davlat bila sog
va salomat bolub olam ahliga komron bolgaysiz (Alisher
Navoiy, «Munshaot»dan). 3. Yer-u kokni yaratgan Tangri
taologa cheksiz shukrlar bolsinki, yetti iqlim mamlakatlarining
kopini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va
hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga
taqdilar («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin
mashvaratsiz olib turursiz va bu mahud emas erdi... Chun
64
sizning tobugingizga ayturga davlatxohlig sozini ayturga
mamurmen. Ul jihatdin gostohliq bila arzadosht bitildi (Ali-
sher Navoiy, «Munshaot»dan).
51- topshiriq. Ish yuritishda ilgari qollangan quyidagi sozlarning
hozirgi tilimizdan manodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar
tuzing:
munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni
oliy, mirzaboshi, devonbegi.
Orta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy
obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan malumotnomalar
ajdodlarimizning qadimdan oziga xos hujjatchilik ana-
nalariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. Orta asrlarda
Dostları ilə paylaş: |