manoli sozlarni yozib chiqing. 3. Eshitgan quloq nima deydi?
Quloq pardalari ehtiyotli muolajani talab etadi. 4. Yurak faoliyati
insonning asab tizimiga bevosita bogliqdir. Yuragimga yaqin
kishilar bilan ochiq gaplashib oldim. 5. Malum boldiki, yangi
dastgohlar korxona hisob-kitobida qayd etilmagan. Ular
qachonlardir oz «ega»sini topib ketganini xodimlar yaxshi
bilishadi.
32- topshiriq. Sherni oqing, ajratilgan soz va birikmalarning
manosini izohlang.
Men kimnidir kutgayman, mahzun
...Yiroqlarda ingranar List ham,
Qulogimga bozlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam,
Men baribir kutgayman faqat.
39
Shilliqqurtday tolganar ariq,
Suyanaman badburush tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq,
Sovuqlikni qaylardan olgan?
Kular-da va qalqib borar oy.
U hayosiz shundoq yalangoch.
Kimni aldab balqib borar oy
Òevarakda kecha qorasoch.
Òugab borar tun yanglig toqat,
Saharlarga bergayman hisob.
Qayga ketdi, qayga muhabbat,
Yuragimda muqaddas azob.
Rauf Parfi.
Savol va topshiriqlar:
1. Qoshimchalar imlosiga oid qoidalarni sharhlang?
2. Qanday sozlar chiziqcha bilan yoziladi?
3. Kelishik qoshimchalarini togri qollashga oid misollar kel-
tiring.
4. Soz qollashda nimalarga etibor berish kerak?
5. Sozlarning uslubiy farqlanishini misollar bilan izohlang.
40
♦ Nutq va notiqlik
♦ Nutq uslublari
♦ Rasmiy-idoraviy nutq uslubi
33- topshiriq. Matn parchalarini oqib, ularning qaysi nutq uslu-
biga xosligini aniqlang. Har bir matnning uslubiy oziga xosligini
asoslab bering.
I. 7- modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda
ozbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga
rioya etiladi.
Davlat ozbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini
taminlaydi, shu jumladan, unga hamma etirof qilgan ilmiy-
texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga
taminlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasi-
dan keyin va Oliy Majlis tegishli qomitasining roziligi bilan
ozbek tiliga joriy etiladi.
«Ozbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi
qonunidan.
II. Notiqlik qadimgi Sharqda juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bolib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish
hisoblangan. U bir necha turga ajratilgan:
1. Ilmiy-siyosiy maruza.
2. Bahs-munozarali nutq.
3. Targib va tashviq qilish ruhidagi nutq.
4. Marsiya nutqi.
5. Tabrik nutqi va boshqalar.
NUTQNING USLUBIY SHAKLLARI
41
Notiqlik sanati qadimda voizlik sanati deb yuritilgan. «Qomu-
si usmoniy» nomli lugatda «Vaz kishilaming qalbini yum-
shatadigan pand-nasihatdir», deya tariflanadi. Haqiqatan ham,
voiz har bir sozga chiqishda malum bir goyani ilgari surish-
ni maqsad qilib oladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsa-
dida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli
sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeo-
logik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan
foydalanish usullari ham har xil boladi. Shunga kora,
nutqning quyidagi uslublari ozaro farqlanadi: sozlashuv
uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisistik us-
lub va badiiy uslub.
26- mashq. Gaplarni uslubiy shakliga kora guruhlarga ajratib
kochiring. Nuqtalar orniga nutq uslubiga xos soz yoki
fel shaklini qoying.
1. Men bu gapni faqat tarjima vajidan aytayotgan... yoq.
Yozuvchi oz ona tilisi ustiga oz zamonasining boy, madaniy
tilini bilmasdan qanot boglamaydi. Buning misolini adabiyo-
timiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda ... korishi... mumkin
(A.Q.). 2. Bulardan birinchi..., nutq madaniyati sohasining
vazifasi til va nutqdagi nuqson va kamchiliklarni aniq..., top...,
uni organ... va bartaraf etishdan iborat..., deyilgan nuqtai
nazar. 3. Osha «masalang» orniga tushsa, dashnom...ga qalqon
bolishi, lovilla... asablarga suv purkab, seni ortiqcha dil-
siyohliklar... asrashi ham mumkin! (O. Usmonov). 4. Men,
Rasulov Anvar, «Eng yaxshi kitobxon» korik-tanlovini otka-
zish... litseyimiz kutubxonasidan 10 (on) ta badiiy kitob ol...
. 5. Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi.... Shuni...
kerakda, «oqib uqmasa bekor» ....
34- topshiriq. Oqigan badiiy asaringiz, sevimli gazeta yoki jurna-
lingiz va qolingizdagi biror darslikdan bittadan ixcham matn tan-
lang. Ularni ozaro qiyoslab, til xususiyatlariga kora farqli jihat-
larini tushuntiring.
42
35- topshiriq. Sherni ifodali oqing. Uning mazmuni asosida badiiy
uslubning nazm shaklida va rasmiy uslubning taqriz shaklida matnlar
tuzing. Ulardagi oxshash va farqli til xususiyatlarini izohlang.
TILLA BALIQCHA
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb otadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yoptilar.
Dunyoda korgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir kolmak hovuz deb bilar dunyoni...
Abdulla Oriðov.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy,
siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi
uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi.
Shunga kora, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat
qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora
hujjatlari, elonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi
hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik
va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliðlar, kasb-
hunar sozlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar
keng qollanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini
taminlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shun-
ga kora; malum qilamizki; ...ni etiborga olib; ...ga kora;
...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq);
...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin,
...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarak-
terida bolishini, sozlarning bir manoda ishlatilishini,
badiiy-tasviriy vositalarning bolmasligini, felning maj-
hullik va buyruq-istak shakllarining, qoshma gap turla-
rining keng qollanishini talab qiladi. Til materiali huj-
jatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
43
27- mashq. Gaplarni kochiring. Birinchi va uchinchi shaxs nomi-
dan yozilgan rasmiy uslubga xos gaplarni ikki ustunga
ajratib yozing. Qoliðlashgan iboralar manosini izoh-
lang.
1. Sizning korsatmangizga binoan, men oquv bolimi us-
lubiyotchisi S.Olimov bilan II bosqich talabalarining mart
oyidagi davomatini tahlil qildim. 2. Malumotnoma tuman ijti-
moiy taminot bolimiga korsatish uchun berildi. 3. Ushbu davo
boyicha sud qarorini tezlik bilan ijro ettirish haqida qaror qabul
qilishingizni sorayman. 4. Fuqarolar oz huquq va erkinlik-
larini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyat-
ning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart. 5. Ushbu bitim yuzasidan kelib chiqadigan
barcha nizolar qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi. 6. Gu-
ruh rahbari T.Qodirovning axboroti malumot uchun qabul
qilinsin. 7. Arizaga nikoh guvohnomasining nusxasini ilova
qilaman.
28- mashq. Matnlarni oqing, uslubiy farqlarni dalillar asosida
yozma ravishda izohlang.
1. Hasanali, Otabekning har bir siriga ozini mahram hisob-
laganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bolishga loyiq bir
mehribonlikka ega bolganlikdan, bek bilan ochiq sozlashish
fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja qurib
otirgandan song, tilga keldi:
Oglim, Otabek!
Sozlangiz.
Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?
Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga
nazar tashladi.
Sizmi? deb kulimsiradi u. Otam bolmasangiz ham,
meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon bir
kishimsiz, yani manaviy otam.
Barakalla, oglim! dedi Hasanali. Javobingiz oz
oylaganimchadir. Endi sizdan shuni ham sorayin: xojasiga
sodiq bir qul, sizning tabiringizcha, manaviy bir padar,
44
oz ogliga yomonlik soginarmi, bu togrida javob beringiz-
chi?
Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:
Sozingizga tushunolmadim, ota! dedi. Shundog
bolsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolgiz mengagina
emas bizning oilamizga otalik mavqeyida turib, yaxshilikdan
boshqani soginmay kelasiz.
A. Qodiriy, «Otkan kunlar»dan
2. Husayin Voiz Koshifiy nutqlarining tasirchanligi, jozi-
badorligi haqida uning ogli Fahriddin Ali Safiy «Latoyifut
tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida
ahli majlisga Mavlono Sayid Giyosiddin degan mashhur soz
ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga Abdurahmon Jomiy ham
tashrif buyurgan ekan. Sayid Giyosiddin kirib kelishi bilan
Jomiy undan sorabdi:
Nechuk kechikdingiz, mavlono Giyosiddin?
Meni mazur tuting, ustod, debdi Giyosiddin,
kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq
sozlayotgan ekan, shunga mahliyo bolib qolibman.
Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har
qanday kishini jalb qila olgan.
Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro oz sherlarini
xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bolganida, bu ishga Koshifiyni
munosib korganlar.
Masalan, Alisher Navoiy ozining Jomiyga bagishlangan
marsiyasini oqib eshittirishni Husayn Voizga topshirganligi bu
fikrning isbotidir.
«Yuristning nutq madaniyati»dan.
36- topshiriq. Gazeta va jurnaldan talim yoki madaniyat mavzusi-
dagi maqolani oqing, til xususiyatiga kora boshqa nutq uslubidan
farqlanishini izohlang.
Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi
munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
45
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va
jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. Idoraviy-mamuriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq
va farmoyishlar, turli ish qogozlari (ariza, tavsiyanoma,
tilxat, malumotnoma kabi).
3.Diðlomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bi-
tim, memorandum va boshqalar.
29- mashq. Gaplarni oqing, uslubiy xatolarini tuzatib, daftarin-
gizga kochiring.
1. Ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash va boshqa xomashyo-
larning sarf-xarajat narxlari oshganligi bilan shahar yolovchi
tashish transportida yangi yolkira haqlari belgilandi. 2. Yaqin
kelganimda «Xush kelibsiz!» degan yozuv uzoqdan kozga
tashlandi. 3. Eng avvalo, dalalar tola, nihollar soglom bolishi
kerak. 4. Mahalla kochalarida piyodalar yurish xavfsizligi oyligi
otkazildi. 5. Naqqosh kuzning saxiy moyqalamida bahra olgan
gozalar qulogida oltin baldoqlar selkillab turibdi. 6. Jamoa
raisi bosh agronom bilan oz xonasida uchrashdi.
37- topshiriq. «Darslik tilining uslubi» mavzusida ijodiy bayon yozing.
Unda oz taklif va istaklaringizni bildirishga harakat qiling.
Savol va topshiriqlar:
1. Notiqlikning qanday turlarini bilasiz? Misollar bilan izohlang.
2. Sozlashuv uslubining leksik va fonetik xususiyatlarini aytib bering.
3. Nima uchun badiiy uslubning til vositalaridan foydalanish
imkoniyatlari keng?
4. Rasmiy-idoraviy uslubning asosiy belgilarini sharhlang.
46
♦ Matn turlari
♦ Dialogik matn
♦ Tavsifiy matn
♦ Matnni qisqartirish yollari
♦ Matnni kengaytirish yollari
♦ Matnga xos sozni tanlash
♦ Matn tuzish
38- topshiriq. Matn namunalarini oqib, mazmuni va tuzilishiga
kora farqlanishini tushuntiring.
Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, dedi Navoiyga
Badiuzzamon. Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning asho-
ringiz va Jomiy hazratlarining asarlari mutolaasidan konglimiz
safoga toldi.
Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, dedi Na-
voiy qiziqib. Ammo yolgiz ashor oqimoq kifoya qilmas.
Tarix! Tarixni kozdan kechirmadingizmi?
Kongil ashorga koproq moyil boldi. Fursat bolsa, ta-
rixni ham boshlagumdur, javob berdi Badiuzzamon.
Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan kop yuborgan
edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham
hamma vaqt tarix oqimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun
masuliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz
sizlarning tadbir va harakatingizga bogliqdir. Shuning uchun
siz tarix oynasiga qarab turmogingiz kerak...
Oybek, «Navoiy»dan.
MATN TURLARI VA TARKIBI
47
II. «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini qolimga olib qaray-
man. «Buyuk» sozini oqiganimda yetmish yetti yillik gubor-
larim tarqab ketgandek boldi. Korgan jabr-u jafolar tumandek
goyib boldi.
Jez konlari tagida mis kukunlarini yutib, opkasi zanglab
olamdan otgan, jasadlari zanglagan tuproqqa qoyilgan yurt-
doshlarim haqqi, Sibirning qahraton sovuqlarida muzlab qolgan,
umrini ormonlarda poyoniga yetkazgan beqiyos dono ustoz-
larimiz haqqi, senga tazim qilaman, Ozbekistonim!
Shu ogir yollardan meni omon qaytargan sening mehring,
sening issiq bagring, mening etiqodim, Tangrining beadad
mehridir.
S. Ahmad, «Yoqotganlarim va topganlarim»dan.
Malum voqelik haqida tasavvur (malumot) beradi-
gan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil top-
gan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn ogzaki yoki yozma nutqqa xos bolishidan qatiy
nazar, ikki xil korinishda boladi: dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli-
cha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi ortasidagi dialogik nutq savol-javob,
buyruq-javob, xabar-etiroz kabi mazmunlarda bolib,
fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki mu-
nozarani ifodalaydi. Kop kishilik dialoglarda suhbat
mavzusi savol-javobdan iborat bolmay, ortaga tash-
langan savol, taklif, davat biror xabar, dalillar bilan
xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida soroq olmoshlari, muomala
odobiga oid soz va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish
sozlar keng qollanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan,
sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir
tarkibli turlari, toliqsiz gaplar, soz-gaplar faol ishla-
tiladi.
Dialogik matn sozlashuv uslubi va badiiy uslubga
xosdir.
48
39- topshiriq. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan
Xisrav bilan Farhod ortasidagi munozarani rollarga bolib oqing.
Bu dialogni shakllantirgan lisoniy vositalarni aniqlab, daftaringizga
kochiring.
30- mashq. Dialogda ajratib korsatilgan sozlarning uslubiy mano
va vazifalarini aniqlang. Gaplarni tuzilishiga kora gu-
ruhlab yozing.
Siz... qochqoqsiz, dedi.
Siz...
Men?
Siz quvloqsiz.
Ajab qilaman, dedi Kumush va shapalogi bilan eri-
ning yuziga sekingina urib qoydi.
Bu yoqqa ham...
U yoqqa Zaynab ursin.
Zaynabning... urishga haqqi yoq.
Kumushning kozida haligacha korulmagan bir shodlik
oynadi:
Togri aytasizmi?
Togri aytaman!
Mana bolmasa, dedi Kumush. Otabekning ikkinchi
yuzini ham silagandek qilib qoydi. Yana kulimsirashib,
termulishib qoldilar...
Biravning gamida kuyib qaridim, dedi Kumush.
Bekor aytasiz... Meni aytsangiz togri.
Siznimi? dedi Kumush.
A. Qodiriy, «Otkan kunlar»dan.
40- topshiriq. a) matnni oqib, dialogdan qanday farqlanishini
ayting. Sifatlovchilarning mano va vazifasini izohlang.
... Tabirimiz qopol tushmasa bu gozal qiz och rano gulining
tusida yoki oq sariq tusda yaratilgan edi. Azoda oskan tuklarga
ham haligi tusning tasiri boladir. Ranoning sochi gungurt-
qora, yani quyoshsiz joylarda qora korinsa ham quyoshda bir
oz sargish bolib korinar edi. Shunga oxshash Ranoning
49
kozida ham buning asari koruladir: mudavvarga moyilroq jodu
kozi kishiga qattiq qaraganda qoraliqdan boshqacha yana bir
turluk nur sochar erdi. Kiðraklari ostida nafis bir surma doirasi
bor edi.
Qoshi tutash kabi korinsa ham kondalang yotqan ikki
qilich orasini nafis bir quyulib kotarilish ajratib turar edi.
Burni hech bir munaqqidga berishmaslik mutanosib, har
zamon uyalish tabassumiga hozir turgan nafis irinlarining
yuqorigi qismida sezilar-sezilmas tuklar kokargan edi. Yuzi
choziq ham emas, oy kulcha ham deb bolmas, kishiga kulib
qaraganda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil
bolar, goyo bizga chin rano guli ochilgan holatda korinar
edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ranoning orqa,
ongini tutib yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning ortasi,
dondiq barmoqlarining jimjilogida xina gullari, har holda bu
qiz yolgiz Qoqonninggina emas, umuman, Fargonaning
kuylarga qoshulib maxtaladirgan gozallaridan edi.
A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon»dan.
b) savollarga javob bering:
1. Matn qanday nutqiy vazifani bajarishga qaratilgan?
2. Matndagi uyushiq va ajratilgan gap bolaklari nimaga xiz-
mat qilgan?
3. Matnda qanday tasviriy vositalar qollangan?
4. Nima uchun matnda belgi-xususiyatni ifodalovchi sozlar
koproq?
5. Matnda modal sozlar qanday maqsadda qollangan deb
oylaysiz?
Tavsifiy (monologik) matn sozlovchi yoki yozuvchi
tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs
tasviri, tavsifi yoxud xabar, malumot bayonidir. Maqo-
la, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Malum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-
mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki
dalillar bilan tariflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsi-
fiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bun-
4 Mahmudov N.
50
day matnda belgi-xususiyat ifodalovchi sozlar, atama-
lar, modal sozlar, felning funksional shakllari, ravish-
lar faol qollanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bolaklar, ajratilgan
gap bolaklari, atov gaplar, qoshma gap korinishlaridan
ham keng foydalaniladi.
Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shu-
ningdek, badiiy uslubga xosdir.
41- topshiriq. Ozingiz bilim olayotgan fan yonalishini yoki yoq-
tirgan mutaxassisligingizni tariflab matn yarating. Unda asoslar,
dalillar keltirishni unutmang.
31- mashq. Matn parchalarini oqing, asosiy mazrnunni ifodalovchi
gaplarni daftaringizning ong tomoniga, yordamchi,
qoshimcha mazmun bildiruvchi gaplarni chap tomoniga
yozing va ozaro qiyoslang.
I. Gazal nihoyat tasirli. Ayniqsa, uch-tort bolaning ovozi
juda yoqimli, ohangdor. Hammamiz jim tinglaymiz. Men sel
bolib, erib ketaman. Fuzuliyning sherlarini sevaman. Sherlari
nafis. Ozim gul va mahbub haqida gozal sherlarni bilaman.
Opam orgatgan. (Oybek, «Bolalik»dan).
II. Beixtiyor ozining ana shunday saodatli onlari, Humo-
yun tugilganda qalbini toldirgan iftixor tuygulari yodiga tushdi.
Ogli Qobul arkida tavallud topgan edi. Viloyat yoq, viloyat
umidvorligi yoq, navkar parokanda, sargardon sargayib,
Samarqand qamalida ochlikdan it etini, eshak etini yegan mis-
kinlar bilan dahshatli uqubatlar chekib, Toshkanda va Andi-
jonda mislsiz mashaqqat va xorliklar tortib, nihoyat, Qobulda
bir muddat qonim va osoyish topgan kunlari edi, shikasta
konglini quvonchga toldirib, Humoyun dunyoga keldi. (Xayrid-
din Sultonov, «Nuqta»dan).
32- mashq. Gaplarni oqing, uyushiq va ajratilgan bolakli kiritma-
larni qavs ichida qoldirib kochiring. Kochirma gaplarni
ozlashtirma gapga aylantirib yozing. Asliyati bilan siz
ozgartirgan gaplar ortasidagi farqni izohlang.
51
1. Har birimiz oz maktabimiz, sinfimizni esladik. 2. Bogning
turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, orik, jiyda va hokazo
anchagina. (O.) 3. Bir vaqtlar siz ham, Temir Akbarovich,
xato qilishdan qorqmaslik kerak, deb gapirar edingiz (P.Q.).
4. Navbat oziga kelganda, ayvondan turib, mahdum baqirdi:
Rano, akangning qoliga suv quy! (A.Qod.) 5. Togrisini ayt-
sam, ustozimning nomlarini eshitganimda, konglim ancha
taskin topdi. 6. Aftidan, u bizni kormadi, shekilli (M.Ism.).
7. Ota kasbi ham qondan otadi shekilli, derdi Abdulla aka.
Otam temirchi edilar (S.Ahm.).
Matnni qisqartirish quyidagi yollar bilan amalga oshi-
riladi:
matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata
olish;
gaplardagi uyushiq va ajratilgan bolaklarni, kiritma
va ilova qurilmalarni qisqartirish;
birikmalarni manodosh sozlarga, sodda yoyiq
gaplarni yigiq gaplarga, qoshma gaplarni sodda
gaplarga, kochirma gaplarni ozlashtirma gaplarga
aylantirish;
matnning qoshimcha fikr ifodalovchi gaplarini,
sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
birikmali sifatdosh, oxshatish va boshqa tasviriy
ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
42- topshiriq. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda
qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullarni qollaganingizni
sharhlang.
Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud:
shunday ekan, faqat oz prinsiðimni himoya qilaman deb, bir
kun borib kopchilikni dogda qoldirmaylik tagin?!
Axir, mavjud nazariyalar qoliðiga tushmaydigan faktlar,
ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu nomalum
faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi
yonalishlariga yol ochib berish mumkin-ku? Fan tarixida bun-
52
day misollar tolib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida,
hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men nasihatgoylik
Dostları ilə paylaş: |