H ujjatlar ijrosini nazorat qilish
0 ‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mu
him vazifalarini hal etish muayyan darajada qabul qilingan
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublika
si Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarining barcha dav
lat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o ‘z vaqtida va
samarali bajarilishini tashkil etishning aniq yo‘lga qo‘yilgan
tizimi bilan belgilanadi. Ushbu talabni hisobga olib, 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g ‘risida» 1999-yil 12-yan-
vardagi 12-sonli Qarori qabul qilingan. 0 ‘tgan davr mobayni-
da masalaning dolzarbligini va qabul qilingan hujjatlar ijrosini
tashkil etishning shakl va metodlari doimiy ravishda takomil-
lashtirib borildi va uning monitoringi kuchaytirildi. 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-oktyabrdagi PQ-
3962-sonli «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini
yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Qarori
qabul qilindi. Bu borada Hukumatning metodik tavsiyalari
ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining ish yuritish bo‘yicha
namunaviy yo‘riqnomasiga ko‘ra ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan bar
cha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat
qilishga quyidagilar kiradi:
1. Hujjatni nazoratga olish.
2. Hujjatning ijrochiga o ‘z vaqtida yetib borishini tek-
shirish.
3. Ijroning borishini tekshirish va yo‘naltirib turish.
4. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni umumlashtirish va
hisobga olish.
Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maqsad hujjat
ijrosini o ‘z vaqtida va sifatli ta ’minlashdir. Nazoratni rahbar-
lar, devonxona xodimlari, m as’ul ijrochilar olib boradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, far-
moyishlari va topshiriqlari, shuningdek, 0 ‘zbekiston Res-
451
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
publikasi Vazirlar M ahkamasining qarorlari va farmoyishlari
bajarilishini nazorat qilish Vazirlar M ahkamasining 1999-yil
12-yanvardagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoi-
dalarga muvofiq amalga oshiriladi. Unda bunday hujjatlami
nazorat qilishning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, agar boshqa muddat
belgilanmagan bo ‘lsa, hujjat j o ‘natilgan kundan boshlab 10
kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak. Shu tarzda hujjat
lar ij rosining muayyan huquqiy muddati davlat hokimiyati va
boshqaruvining oliy organlari, shuningdek, boshqaruvning
markaziy va tarmoq organlari hujjatlari bilan belgilanadi.
Ijroning yakka tartibdagi muddatini esa tashkilot rahbari bel-
gilaydi.
Ijro etish muddatlari hujjat imzolangan (tasdiqlangan)
sanadan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi. Ijro etish-
ning oxirgi sanasi hujjat matnida yoki rahbar rezolyutsiyasida
ko‘rsatiladi.
Hujjatlaming ijro etilishini to ‘xtatib qo‘yish, shuningdek,
ulami bekor qilish yoki o ‘zgartirish huquqiga faqat hujjatni
tuzgan yuqori tashkilot va davlat nazorat organlari egadirlar.
Ijrochining uzrli sababi bilan hujjatning bajarish muddatini
o‘zgartirishga to ‘g ‘ri kelsa, undan bu haqda bildirishnoma
olingach, rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Ijro muddati
ni boshqa kunga ko‘chirish rahbaming yangi rezolyutsiyasida
ifodalanadi va undan nazorat qog‘ozchasiga o ‘tkaziladi.
Ijroning nazoratini tashkil qilish uchun ro ‘yxatga olish-na-
zorat varaqchasidan foydalaniladi. Bu varaqcha, yuqorida
ta’kidlanganidek, hujjat ro ‘yxatga o ‘tkazilayotgan paytda tu
ziladi.
R o‘yxatga olish-nazorat varaqchasi qismlari hujjat qayer-
dan tushganiga qarab farqlanadi. 5-ilovaning 1-a, 1-b shakl-
larida (458-, 459-betlar) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, farmoyishlari, topshiriqlarining bayonnomalari,
topshiriqlari (yozma va og‘zaki), 0 ‘zbekiston Respublikasi
452
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Prezidenti Kotibiyati va Davlat maslahatchilarining topshiriq-
larini; 6-ilovaning 2-a, 2-b shakllarida (460-, 461-betlar) esa
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror-
lari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati
bayonnomalari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o ‘rin-
bosarlarining topshiriqlari, tashkilot kollegial organlarining
buyruqlari, qarorlarini ro‘yxatga olish-nazorat varaqchasi
k o ‘rsatildi. Shakllardan ko‘rinib turibdiki, nazorat qilinadi-
gan hujjatlar varaqchalari (nazorat varaqchasi) hujjatlami ijro
etish muddatlari, ijro etuvchilar, hujjatlar gumhlari bo‘yicha
turkumlanadi.
Ijroning borishini tekshirish barcha bosqichlarda muddati
tugaguncha quyidagi tartibda amalga oshiriladi: keyingi yillar
topshiriqlari - yiliga kamida bir marta; joriy yilning keyingi
oylari topshiriqlari - har oyda kamida bir marta; joriy oy va-
zifalari - har o ‘n kunda va muddati tugagunga qadar besh kun
aw al.
Devonxona faqat ijroni amalga oshirishning rasmiy mud-
datini kutib o ‘tirmay, ogohlantirish nazoratini ham olib boradi,
y a’ni faqat ijro muddati yaqinlashganini eslatibgina qolmaydi,
balki ijro holatiga aniqlik kiritadi, belgilangan muddat buzi-
lishining sababini ochib beradi va buni bartaraf etish chorasini
ko‘radi.
Hujjat vazifalar, topshiriqlar, so‘rovlar bajarilgandan
so‘ng, natijalari manfaatdor muassasalarga va shaxslarga
xabar qilingandan keyin yoki ijro hujjatlari tasdiqlangandan
keyin ijro etilgan deb hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi.
Ijro natijalari ro ‘yxatga olish-nazorat varaqchalarida belgila-
nadi.
Nazorat xizmati (guruhi) tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlar-
ning bajarilishi bilan bog‘liq ishlaming ahvolini doimo tahlil
qiladi, tegishli rahbarlami ular tomonidan ta’sirchan choralar
ko‘rish uchun ijro intizomining ahvoli to‘g ‘risida muntazam
ravishda xabardor qiladi, keyingi oyda ijro etilishi lozim
453
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
bo'lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, uning appa-
rati nazoratidagi topshiriqlari, Vazirlar M ahkamasining qaror
lari va farmoyishlari ro ‘yxatini har oyning 25-kunida taqdim
etadi, hujjatlami nazoratdan chiqarish to ‘g ‘risidagi takliflar-
ning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta ’minlaydi. 7-ilovada ijro in-
tizomi holati haqidagi axborotning namunaviy shakli berildi.
1-ilova
Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan
hujjatlarning
TAXMINIY R O ‘YXATI
1.
Ma’lumot uchun yuborilgan xatlaming nusxalari.
2.
Telegrammalar, xizmat safarlari, mehnat ta’tillariga ruxsat
berish to‘g‘risidagi xatlar.
3.
Majlislar, kengashlar, kun tartiblari to‘g‘risidagi xabarlar.
4.
Jadvallar, talabnomalar, taqsimnomalar.
5.
0 ‘quv rejalari, dasturlari (nusxalari).
6.
Reklama bildirishlari, plakatlar, kengashlar,
konferensiyalar dasturlari va shu kabilar.
7.
Tabrik xatlari va taklifnomalar.
8.
Hisobxona hujjatlari.
9.
Bosma nashrlar (kitoblar, jumallar, byulletenlar).
10. Oylik, choraklik, yarim yillik hisobotlar.
11. Statistik hisobot shakllari.
Dostları ilə paylaş: |