Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

(imzo)
K. Allamjonov
159


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
III. M A’L U M O T -A X B O R O T H U JJA T L A R I
M a5lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tash­
kil qiladi, ular ish yuritish jarayonida, ayniqsa, ko‘p ishlatila- 
di. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma
dalolatnoma, ishonchnoma, maTumotnoma, tavsifnoma, tav- 
siyanoma, taklifnoma, tarjimayi hoi, tushuntirish xati, e ’lon, 
hisobot kabi hujjatlami o ‘z ichiga oladi.
ARIZA
M uayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga 
biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan 
rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va 
keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o ‘quvchisi va talaba, 
menejer va fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor 
shaxs - jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. 
Ariza yozuvchilaming yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayot- 
gan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar il- 
miy-tadqiqot muassasasi direktoriga, maktab direktoriga, oliy 
o ‘quv yurti rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyati- 
ga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini 
к о ‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday 
boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o ‘zining umu­
miy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi 
asosida tuziladi.
Arizaning zaruriy qismlari:
1. 
Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxs­
ning nomi.
160


Ariza
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va 
familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb 
topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harf- 
lari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o ‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari 
barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, 
xodim o ‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga 
ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi m a’lumot zarur 
bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o ‘zi ishlaydigan bo‘lim va 
lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar 
uchun ilovalaming ham hojati bo‘lmaydi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan zaruriy qismlaming odatdagi joy- 
lashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi.
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va 
qisqa jum lalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin