Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Tarjimayi hoi namunasi
Ilova
T A RJIM A YI HOL
Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda 
Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug'ildim. Otam - Salimov 
Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universitetida o‘qituvchi, onam - Rahimova Gulnora Azimovna 
122-bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
1987-yildan 1997-yilgacha Toshkent shahridagi 1-o‘rta mak- 
tabda o‘qidim. 1997-yilda Toshkent texnika universitetining quri- 
lish fakultetiga o‘qishga kirdim. 1998 - 2000-yillarda armiya 
safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettirdim 
va 2004-yilda shu universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, 
quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Yo‘llanma bi­
lan Toshkentdagi 166-qurilish trestining 94-mexanizatsiyalash- 
gan ko‘chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis 
lavozimida, 2009-yildan buyon bosh muhandis lavozimida ish- 
layapman.
2011-yilda rejadagi topshiriqlami muvaffaqiyatli bajarganim 
va erishilgan natijalar uchun Respublika Qurilish vazirligining 
faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qamashaman, jumladan, 
166-qurilish tresti kasaba qo‘mitasining a’zosiman.
2001-yildan XDP a’zosiman.
Uylanganman. Xotinim Rasulova Muhabbat, 1982-yil- 
da tug‘ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. 
0 ‘g‘lim - Salimov Nodir, 1996-yilda tug‘ilgan, 0 ‘zMU talabasi.
308


Tarjimai hoi
Qizim - Salimova Lola, 2001-yilda tuglilgan, 261-maktabda 
o‘qiydi.
Mening turaijoyim: 100210, Toshkent shahri, Shota Rustaveli 
ko‘chasi 5-uy 27-xonadon. Tel.: 71 272-28-61.
(imzo)
K. Salimov
2020-yil 15-yanvar
309


Ma lumot-axborot hujjatlari
TILXAT
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror 
narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qim matba­
ho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat).
2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, fa­
miliyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruv­
chi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi (zarurat 
b o ‘lganda muassasa nomi);
d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va 
ulaming miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi);
e) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina
apparatlar va sh.k. bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning 
soni tilxatda raqamlar bilan к о ‘rsatiladi, qavs ichida esa 
so‘zlar bilan ham berilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatda- 
gi yozuvlami o ‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, 
bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
1-3-ilovalarda tilxat namunalari berildi.
310


Tilxat

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin