Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Tilxat namunalari 
I-ilova
TILXAT
Men, 0 ‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 
Xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy 
cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Er­
kin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umu­
miy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh 
yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.
(imzo)
B. Olimov 
____________________________________ 2018-yil 21-fevral
2-ilova
TILXAT
Men, Toshkent savdo markazi Xo‘jalik mollari bo‘limining 
mudiri Anvar Mamatovich Sobirov, fuqaro Rahim Karimovich Ra- 
himovdan bahosi 3122000 (uch million bir yuz yigirma ikki ming) 
so‘m bolgan «Biryusa-б» markali sovutkichni boshqa markali 
sovutkichga almashtirib berish uchun qabul qilib old;in.
(imzo)
A. Sobirov 
________ 2018-yil 20-may
3-ilova
TILXAT
Men, Boysun tumanidagi «Fayz Ramz» fermer xo‘jaligi rah­
bari Karim Salimovich Rahimov, fermer xo‘jaligi g‘aznachisi Dil- 
bar Salimovadan xo‘jalik a’zolarining iyun oyiga tegishli 7164500 
(yetti million bir yuz oltmish to‘rt ming besh yuz) so‘m miqdorida- 
gi ish haqini tarqatish uchun oldim.
(imzo)
K. Rahimov 
____________________________________ 2019-yil 16-sentyabr
B a’zan tilxatda guvohlar ismi, otaismi, familiyalari ham 
ko*rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o ‘z imzolari bilan 
hujjatni tasdiqlashlari kerak.
311


Ma 'lumot-axborot hujjatlari
TU SH U N T IR ISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning 
ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rah- 
bariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) y o ‘llanuvchi 
hujjatdir.
Yuqoridagi ta ’rifdan k o‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi 
m a’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xusu- 
siyatga ega. Keyingi holatda, y a’ni tushuntirish xati yuqori 
tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat 
(rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida b o ‘lib, mazkur 
hujjatni umuman yoki uning b a’zi o ‘rinlarini qisman izohlab, 
tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, 
muassasada bo‘lib o ‘tgan voqea-hodisaga, rahbam ing b a ’zi 
xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlaming bajarilmay qoli- 
shiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tu­
shuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara- 
may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rah­
bar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, 
asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer x o‘jaligi a’zosi, ta- 
laba) tomonidan, ba’zan b o‘linmalar rahbarlari tomonidan 
muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayoni­
da xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan b a’zi xatti-harakat- 
lar (masalan, ish yoki o ‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja 
yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoi- 
dalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ulaming sabablari 
izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan 
imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yozi-
312


Tushuntirish xati
ladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar) 
shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim 
haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli inti- 
zomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, 
qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o ‘tashi mumkin.
Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan 
iborat boMadi:
1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs­
ning to ‘liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning 
to‘liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar 
nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida 
rasmiylashtiriladi va ulaming to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida 
aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodim­
ning to ‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) 
b o ‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, otaismining bosh 
harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish 
xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining 
joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining 
muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qarat- 
qich kelishigida rasmiylashtirilgani m a’qul.
4-9-ilovalarda shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlari- 
ga bir necha namunalar berildi. Muassasa nomidan yoziladi­
gan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi 
sababli ularga oid namunalar berilmadi.
313


Ma lumot-axborot hujjatlari

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin