Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

qo‘yilmaydi.
36


Hujjat turlari va xususiyatlari
Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar 
hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalar kollegial or- 
ganning rahbari va kotibi tomonidan imzolanishi tavsiya etila- 
di. Kollegial organlarda yakkaboshchilik tartibi asosida qabul 
qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi.
Hujjatlar (dalolatnomalar, moliya hujjatlari va sh.k.) maz- 
muni uchun bir necha shaxslar javobgar bo‘lgan taqdirda, ikki 
yoki undan ortiq imzolar qo‘yiladi.
Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyor- 
lagan shaxslar lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi 
taqsimlangan vazifalari ko‘rsatiladi. Masalan:
Komissiya raisi
(imzo)'>(imzo)_V._Mahmudov_Komissiya_a’zolari__(imzolar)'>(imzo)
V. Mahmudov
Komissiya a’zolari
(imzolar)
A. Hakimov
R. Abrorov
B. Nabiyev
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzo- 
langanda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga mu* 
vofiq ustma-ust navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:
Institut direktori
(imzo)
Z. Hoshimov
Bosh hisobchi
(imzo)
V. Sobirov
Hujjat lavozimlari teng bir necha shaxslar tomonidan 
imzolanganda, ulaming imzolari egallab turgan lavozimlariga 
muvofiq ketma-ket navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:
0 ‘zbekiston Respublikasi
Alisher Navoiy nomidagi
Moliya vaziri
0 ‘zbekiston milliy
kutubxonasi direktori
0. Nasriddinxo‘jayev
U. Teshaboyeva
(imzo)
(imzo)
Elektron hujjat aylanishi jarayonida elektron raqamli im- 
zolardan elektron hujjatlami tasdiqlashda foydalanilmoqda.
37


Hujjat turlari va xususiyatlari
Elektron raqamli imzo elektron hujjat axborotini elektron 
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o ‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli 
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborot- 
da xatolik y o‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq 
kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo turidir. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elek­
tron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilin­
gan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o ‘ziga m a’lum b o ‘lgan 
va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun 
m o‘ljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Elektron 
hujjatdagi elektron raqamli imzo o ‘z shartlarga rioya etilgan 
taqdirda qog‘oz hujjatga q o‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil 
ahamiyatga ega bo‘ladi.‘
@ . «K elishuv ustxati». Kelishish hujjat loyihasini dast- 
labki ko‘rib chiqish va baholash usulidir. Kelishish tashkilot 
ichida ham (turli tarkibiy bo ‘linmalar va mansabdor shaxslar 
bilan), uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masala- 
larga o ‘z vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo‘lgan 
b o ‘ysunuvchi va b o‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga 
oshirilishi mumkin.
Hujjat loyihasini ichki kelishish imzolovchining shaxsiy 
imzosi va imzolash sanasini o ‘z ichiga olgan viza bilan ras- 
miylashtiriladi. Zarur b o‘lgan hollarda imzolovchining lavozi- 
mi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzosini ismi va otaismining 
bosh harflari, familiyasi bilan ko‘rsatib yozish shart.
Masalan:
KELISHILDI
0 ‘zR Moliya vazirligi reja bo‘limi boshlig‘i 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin