Hujjat turlari va xususiyatlari
Hujjat kollegial organ bilan kelishilishi lozim boMgan hol-
larda «kelishuv ustxati»da hujjat nomi bosh kelishikda ko‘rsa-
tilib, sana va tartib raqami qo‘yiladi. Masalan:
KELISHILDI
« 0 ‘zbekturizm» milliy kompaniyasi mehnat jamoasi
kengashi yig‘ilishi bayonnomasi. 2019-yil ll-fevral. 3-son.
Agar hujjat kelishuvi boshqa
hujjat vositasida amalga
oshirilsa, «Kelishuv ustxati»da o ‘sha hujjatning turi,
muallifi
(tashkilot nomi), sanasi, shartli raqami ko‘rsatiladi. Masalan:
KELISHILDI
« 0 ‘zstandart» agentligi xati. 2 0 19-yil 15-mart. 7/05-09-son
Hujjat Ioyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimcha-
lar alohida varaqda bayon qilinadi va bu haqda loyihada te-
gishli belgi qo‘yiladi. Ustxat belgisi
hujjatlaming tashkilotda
qoldirilayotgan nusxalariga - old tomoniga, «imzo» rekviziti
ostiga qo‘yiladi.
«Rozilik belgisi (viza)» hujjatning
ichki kelishuvini
ifodalaydi. «Viza» so‘zi aslida lotin tilida «ko‘rilgan», «qa-
rab chiqiigan» m a’nosini berib, amaliyotda biron-bir hujjatni
tayyorlagan shaxsning bu hujjatga m as’ulligini
tasdiqlovchi
imzosini, shuningdek, mansabdor shaxsning
muayyan hujjat-
dagi fikrga (iltimos yoki talabga) roziligini anglatadi. Shu
o ‘rinda pasportdagi chet elga chiqishga mxsat berilganligini
bildiradigan belgi ham ko‘chma m a’noda «viza» deb atalishi-
ni eslatib o ‘tish mumkin. «Rozilik belgisi», y a’ni «viza»da
shaxsiy imzo,
uning yoyilmasi, sanasi, zarur holatlarda - ro
zilik bildirayotgan shaxsning lavozimi qo‘yiladi. Masalan:
Yuriskonsult
(imzo)
M. Begmatov
2019.16.05
Dostları ilə paylaş: