Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Hujjat turlari va xususiyatlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

39


Hujjat turlari va xususiyatlari
Rozilik belgisini qo‘yuvchi shaxslarda hujjat matni yuza- 
sidan e ’tiroz b o‘lgan taqdirda, bu rekvizitga «Rozi emasman», 
«E ’tirozim bor», «7-bandiga qo‘shilmayman», «M ulohazalar 
ilova qilindi» kabi iboralar qo‘shilishi mumkin.
Hujjatning tashkilot ichidagi kelishuvini belgilashda 
(roziligini olishda) quyidagi ketma-ketlikka rioya etiladi:
- hujjatni tuzuvchi shaxs;
- hujjat tuzilgan tarkibiy bo‘linma rahbari;
- tashkilot ichidagi boshqa manfaatdor b o iin m alar m an­
sabdor shaxsi;
- jam oat tashkilotlari (zaruriyatga qarab);
- moliya yoki hisobxona xizmati rahbari;
- tashkilotning mazkur y o ‘nalish faoliyatiga rahbarlik qi- 
luvchi o ‘rinbosari;
- tashkilot yuriskonsulti, huquqshunosi yoki huquqiy xiz­
mat rahbari;
Tegishli hujjat bilan tanishtirish ham «rozilik belgisi» bi­
lan rasmiylashtiriladi.
Rozilik yoki tanishish belgisi «imzo» rekviziti ostiga 
q o ‘yiladi. Agar jo ‘natilayotgan hujjat bo‘lsa, «Rozilik belgi­
si» tashkilotda qoladigan hujjat nusxasiga, boshqa hujjatlarda 
esa birinchi nusxasiga qo‘yiladi.
«M uhr». 
M uhim hujjatlar (pul m ablag‘lari va moddiy 
boyliklam ing sarflanishini qayd qiluvchi mansabdor shaxs­
lar, shuningdek, huquqiy hujjatlar - ishonchnomalar, shart- 
nomalar, buyurtmanomalar, kafolat xatlari va boshqalarda 
nazarda tutilgan javobgar shaxslar imzolari) haqiqiyligini 
tasdiqlash uchun muhr qo‘yiladi. Muhr gerbli (davlat ger- 
bi tasviri tushirilgan) va oddiy b o ‘ladi. Tijorat tuzilm alarida 
oddiy yumaloq muhrdan foydalaniladi.
M uhr bosilganda, uning izi hujjatni im zolovchi shaxs
lavozimi nomining bir qismini qoplab turishi kerak.
4 0



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin